Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet16/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Sovuq urishi
Belgilari:
Birinchi darajali sovuq urishida terining sezuvchanligi yo‘qolib, uning rangi oqaradi. Isigandan so‘ng bu joy bir oz shishib achishadi. Ikkinchi darajali sovuq urishida isitilgandan so‘ng qonga to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Uchinchi darajali sovuq urishida terining barcha qatlamlari o‘ladi. To‘rtinchi darajali sovuq urishida barcha to‘qimalar shu jumladan suyak to‘qimalari o‘ladi. Ba’zan butun bir a’zo (oyoq, qo‘l) ishdan chiqadi.
Sovuq urishida birinchi yordam
Jabrlanuvchini issiq joyga o‘tkazing;
issiq ko‘rpa bilan o‘rab badanini asta-sekin uqalashni boshlang. Bunda harakatlaringiz chetdan markazga yurak tomonga yo‘nalsin;
imkoni bo‘lsa jabrlanuvchini iliq suvli (+17oS) vannaga solib suvni asta-sekin +37, +38oS.gacha olib boring. Bu vaqt davomida badanni chetdan markazga qaratib uqalang;
jarblanuvchini issiq choy yoki spirtli ichimlik ichiring;
sovuq urgan joylarni — to‘qimalarni spirt (aroq) bilan artib qalin paxta qatlami qo‘yib bog‘lab qo‘ying.
Sovuq urgan jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishda quyidagilardan ehtiyot bo‘ling:
qor ishqalash yo‘li bilan badanni isitishga harakat qilish;
pufakchalar paydo bo‘lgan joylarni uqalash;
o‘lgan to‘qimalarga dori qo‘yish.
Elektr tokidan zararlanish va yashin urishi
Elektr tokidan zararlanish va yashin urishi bir necha darajasi farqlanadi:
1-daraja — hushdan ketmagan holda muskullarning qisqarishi;
2-daraja — muskullarning qisqarishi va hushdan ketish;
3-daraja — hushdan ketgan holda nafas olishning hamda yurak faoliyatining buzilishi;
4-daraja — klinik o‘lim.
Elektr tokidan zararlanish va yashin urishida birinchi yordam:
Elektr tokidan zaralanishda birinchi yordam jabrlanuvchini elektr tokidan ozod qilishdan boshlanadi. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
elektr tokini o‘chiring. Buning iloji bo‘lmasa jabrlanuvchini elektr simidan ozod qilish uchun qo‘lingizga rezina qo‘lqop kiying. Buning ham iloji bo‘lmasa quruq yog‘ochdan foydalaning yoki qo‘lingizni quruq kiyim (sharf, kiyim engi) bilan o‘rab oling;
jabrlanuvchini elektr tokidan ozod qilishda har doim bir qo‘l bilan ishlang. Shunda elektr toki mavjud bo‘lgan jabrlanuvchi tanasi va elektr simlariga o‘ralashib qolmaysiz;
atrofdagi metal buyumlar va jabrlanuvchining ochiq joylariga ochiq qo‘l bilan tegib ketmang;
jabrlanuvchi elektr simini qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa uning qo‘llarini ochishga haraat qilmang. Chunki buning uddasidan chiqa olmaysiz. Bunday hollarda elektr simini biror narsa (bolta) yordamida uzing. Buning iloji bo‘lmasa jabrlanuvchining tanasini erdan uzish chorasini ko‘ring. Buning uchun jabrlanuvchining tagiga taxta yoki quruq kiyim tiqing;
jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa sun’iy nafas berishga kirishing, qo‘shimcha ravishda yuragi ham urmayotgan bo‘lsa yurak-o‘pka reanimasiyasini o‘tkazing;
kuygan joylarga quruq bog‘lam qo‘ying;
jabrlanuvchini nam erga yoki balchiqqa ko‘mmang. Bu hech qanday samara bermaydi.



Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling