[-]
Download 141.93 Kb.
|
DIQQAT
xonadan yorug‗ xonaga o‗tishi bilan yoki qattiq tovush eshitilishi bilan kuzatiladi.
Hayotining uchinchi oyidan boshlab esa, bola o‗z hayoti bilan bog‗liq bo‗lgan ob‘ektlarga faol qiziqa boshlaydi va diqqati ularga yo‗naltiriladi. Bola hayotining beshinchi va ettinchi oyida predmetlarga uzoq vaqt diqqatini qarata oladi va ularni ushlab, paypaslaydi va og‗ziga solib ularni o‗rganishga intiladi. Ayniqsa, yorqin va aniq predmetlarga qiziqish oratadi. Bu holat ixtiyorsiz diqqatni etarlicha rivojlanganligini anglatadi. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi inson umrining birinchi yilini oxiri va ikkinchi yilning boshlarida shakllana boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi va shakllanishi bola tarbiyasi bilan bog‗liq. Bolani o‗rab turgan muhit uni nima qilishga emas, nimani qanday qilishga o‗rgatadi. N.F.Dobrininning fikricha, tarbiya natijasida bola o‗rgatilgan vazifalarni ongli ravishda bajarishga intiladi. Bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlanishida o‗yinning o‗rni beqiyosdir. Bola o‗yin jarayonida o‗z xatti-harakatlarini koordinatsiyalashga va ma‘lum bir qonun qoidalarga buysundirishga intiladi. Ixtiyoriy diqqat bilan hamkorlikda ixtiyorsiz diqqat ham shakllanadi. Bolaning o‗z hayoti davomida predmtlar va hodisalar bilan tanishib borishi natijasida uning diqqati ko‗lami ham ortib boradi va qiziqishlar doirasi kengayadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning diqqatida ixtiyoriy diqqatning beqaror bo‗lishi bilan harakterlanadi. Bola tashqi qo‗zg‗atuvchilarga tez beriladi. Uning diqqati haddan tashqari emotsional — bolada o‗z xissiyotlarini boshqarish ko‗nikmasi yaxshi rivojlanmagan. SHu bilan birga ixtiyorsiz diqqat etarlicha barqaror, uzoq muddatli va konsentratsiyalashgan. Bolada irodaviy xarakatlarni rivojlantirish orqali uning ixtiyoriy diqqati shakllana boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning shakllanishiga maktab ham o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Maktabdagi o‗quv topashiriqlari boladagi ixtiyoriy diqqatni rivojlanishiga olib keladi. Bola bir soat o‗quv mashg‗ulotida o‗tirish orqali u o‗z xulq-at Download 141.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling