Ta’lim prinsiplari maqomi. Har bir prinsipning o’z o’rni bor. Ularning birontasini boshqasi bilan almashtirish mumkin bo’lmaganidek, birini ikkinchisi o’rnida qo’llash ham mumkin emas. SHu bilan birga, ta’lim prinsiplaridan biri ikkinchisi uchun o’lchov sanaladi. Masalan, ilmiylik prinsipini ta’limning turli bo’g’inlarida – boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus maktablarda amalga oshirish uchun tushunarlilik prinsipiga rioya qilinadi. Tushunarlilik prinsipi, bir tomondan, o’quvtarbiya ishlarini ta’lim darajalariga qarab astasekin murakkablashtirib va qiyinlashtirib borishni taqoza etsa, ikkinchi tomondan,
o’quvchilarning o’z imkoniyatlari – faollik, onglilik kabi qator omillarni hisobga
olishni talab etadi. Xuddi shunday, sistemalilik izchillikka, mustaqillik faolikka,
ko’rgazmalilik onglilikka olib keladi.
3. Didaktik tamoyillar turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |