12. Bugun tayyorlangan ovqatni ikkinchi kunga qoldirib yemang. Bunday taomlar sovutgichlarda
saqlanishidan qat‟iy nazar ko„pgina kasalliklar uyg„otuvchi mikrob va bakteriyalarning ko„payishi uchun
yaxshigina muhit bo„lib xizmat qiladi. Ko„pincha vaqt yetishmasligidan yoki boshqa sabablarga ko„ra ushbu
holatga yo„l qo„yiladi, ayniqsa yosh bolalar bir kun oldin tayyorlangan ovqat iste‟mol qilishdan ko„proq
zararlanadi. Qolgan ovqat qaynatilib yeyilganida ham mikroblar va bakteriyalar faoliyati tufayli hosil bo„lgan
toksinlar zaharlanishga olib keladi. Bunday ovqat ko„pincha jig„ildon qaynashiga sabab bo„ladi. Ota-
bobolarimiz bugun pishirilgan ovqatni ertaga qoldirishni, ularga kechasi jin tegadi, deb xush ko„rishmagan. Bu
ko„rib o„tganimizdek ma‟lum asosga ega bo„lgan urf-odatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |