VIII. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA YURITILISHI LOZIM
BO‘LGAN HUJJATLAR
Kundalik daftar tutiladi va unda:
1. Davlatimiz ramzlari;
2. Maktab tarixi va rahbar-xodimlar haqidagi ma’lumotlar;
3. SHaxsiy ish reja;
4. Kunda bajariladigan ishlar qaydnomasi - kundalik;
5. Dars tahlili (namunali kamida 10 ta);
6. Kalendar mavzu reja;
7. Reja-konspekt (sinov darsi kamida 3-5 ta);
8. Sinov darsi bayonnomasi (sinov darsi kamida 3-5 ta);
9. Tarbiyaviy ishlar rejasi;
10. Tarbiyaviy tadbir reja-konspekti (kamida 2 ta);
11. Tarbiyaviy tadbir bayonnomasi (kamida 1 ta);
12. Ota-onalar bilan hamkorlik (har bir o‘quvchi ota-onasi bilan suhbat qayt
etiladi va imzolanadi);
13. Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma;
14. Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma;
15. Bir nafar passiv o‘zlashtiradigan o‘quvchiga pedagogik-psixologik
tavsifnoma;
16. Ko‘rgazmali qurol (videorolik, albom, maket, modul, plakat yoki rasm
kamida 2 ta);
17. Maktab rahbariyati tomonidan berilgan tavsifnoma (maktab muhri bilan
tasdiqlangan);
18. Amaliyotchi-talabaning amaliyot bo‘yicha hisoboti (maktab muhri bilan
tasdiqlangan).
SHuningdek, hisobot bilan birga maktab rahbariyatidan bitiruv malakaviy ishiga
tashqi taqriz olinadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |