8.10. Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Jizzax shahar ___-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi __- sinf o‘quvchisi
____________________ ga pedagogik-psixologik
TAVSIFNOMA
__- sinf o‘quvchisi _______________________ sifda faol o‘quvchilardan biri
bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat
besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida mamematika, fizika, ximiya, biologiya
fanlariga juda qiziqadi va “YOsh matematik” to‘garagining faol a’zosi. 2015-2016
o‘quv yilida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida matematika fani bo‘yicha fahrli ikkinchi
o‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan.
_______________________ maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol
ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga
olib sinfda __- sinfdan buyon sinfkom bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq,
sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf
o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok
etishlariga harakat qiladi.
_______________________ ning faolligini hisobga olib maktab ma’muriyati
va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Fahriy yorliq”lar va og‘zaki
raxmatnomalar olishga erishgan.
Men ham kelajakda _______________________ ning jamiyatimiz uchun o‘z
o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.
_____________ ___________________ ________
imzo F.I.SH. sana
Do'stlaringiz bilan baham: |