Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
332
“Allohummag‘firliy varhamniy vahdiniy varzuqniy va’finiy” (Allohim, meni kechir, menga 
rahm qil, hidoyat et, meni rizqlantir, menga ofiyat ber), deb ayt”, dedilar.  A’robiy  
boshqa   qo‘li bilan yana beshtani sanadi, so‘ng  jo‘nab ketdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) 
shunda: “A’robiy agar aytganlariga vafo qilsa, qo‘llarini yaxshilikka to‘ldirdi”, dedilar.  
 
Faqih aytadilar: “Qur’ondan yetarlisini o‘rgating”, degan so‘zi, Qur’ondan namozda 
o‘qiladigan miqdordagisini bilishni istaganidir. Albatta, har bir kishi shu miqdorda bilishi 
lozim. Agar keragini bilqsa va o‘sha kalimalardan istifoda qilsa, Qur’on o‘qigan kishining 
fazilatini topishiga umid qilinadi. 
 
876. Usmon ibn Abu Os aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) oldimga kelganlarida menda 
qattiq og‘riq bor edi, o‘lar holatda edim.  Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘ng qo‘ling bilan yetti 
marta “A’uzu bi’izzatillahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uhaziru” (Allohning  izzati 
va qudrati  bilan menga yetgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman va 
saqlanaman),  deb  og‘riq yeringni sila”, dedilar. Men shunday qildim. Alloh taolo og‘riqni 
ketkazdi“. 
 
Ato (r.a.) aytadilar: “Kim o‘n ikki rak’at namozni xayoli chalg‘imasdan  o‘qisa va  uning 
oxirida  Fotiha surasini bilan Oyatul kursiyni yetti martadan o‘qisa va  “La-a ilaha 
illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd va huva ‘ala kulli shay`in 
qodir”, deb o‘n marta aytsa va sajda qilib, “Allohumma, inniy as`aluka bima’aqidil ‘izzi 
men ‘arishka va muntahar rohmati min kitabika va bismikal a’zomi va jaddikal a’la  va 
kalimatikat tammat”, deb aytsa, so‘ngra duo qilsa,  mustajob bo‘ladi”. 
 
877. Maymuna binti Sa’d aytadilar (u ayol Payg‘ambarimizga xodima edi): “Payg‘ambar 
(s.a.v.) Salmon namozidan keyin duo qilayotganlarida o‘tib qoldilar. Shunda u zot 
(s.a.v.) aytdilar: “Ey Salmon, sening Allohga hojating bormi?” “Ha, ey Rasululloh, bor”, 
dedilar Salmon. “Rabbingga duo qilishdan oldin sano ayt, Alloh o‘zini sifatlagandek 
sifatla, tasbeh, tahmid va tahlil ayt”, dedilar Nabiy. Salmon: “Sanoni qanday aytaman, 
ey Rasululloh?” deb so‘radilar. “Fotiha surasini o‘qi. Chunki u Alloh taologa sanodir”. 
Salmon: “Qanday qilib Uni sifatlayman?” deb so‘radilar so‘ng.  “Ixlos surasini uch marta 
o‘qi. Chunki u Allohning sifati va u bilan o‘zini sifatlagan”, deb javob qildilar Nabiy 
(s.a.v.). Solmon keyin: “Qanday qilib tasbeh aytaman?” dedilar. Nabiy aytdilar: 
“Subhonallohi valhamdu lillahi va la-a ilaha illallohu  vallohu akbar”, deb ayt, so‘ngra 
hojatingni so‘ra“. 
 
 Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kim namozidan  keyin: “Astag‘firullohal ‘aziym 
allaziy la-a ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi”, deb uch marta aytsa, Alloh 
taolo uning gunohalarini dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechiradi”. 
 
Faqih aytadilar: “Istig‘for qalbdagi pushaymonlik bilan birga bo‘lishi kerak”. 
 
Hasan ibn Ali (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) aytadilar: “Kim yigirmata oyat o‘qisa, 
shaytonning yomonligidan, zolim sultondan, dushman o‘g‘ridan, yirtqich maxluqning 
zarar berishidan saqlanishiga men  kafilman”. 
 
U oyatlar Oyatul kursiy va A’rof surasining 54 – 56-oyatlari, Soffat surasining avvalgi o‘n 
oyati, Ar-rohman surasining 33 – 35-oyatlari, Hashr surasining oxiridagi uch oyatdir. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
333
878. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Aslam qabilasidan bir kishi 
Payg‘ambarga (s.a.v.): “Bu kecha men uxlay olmadim”, dedi. “Nima uchun?” deb 
so‘radilar.  “Meni chayon chaqib oldi”. Unga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Uxlayotgan 
vaqtingda “A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq”, deb aytganingda, agar 
Alloh hohlasa, senga hech narsa zarar bermas edi”. 
 
879. Said ibn Musayyab aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) juma kuni Maozni yo‘qotib 
qo‘ydilar. Juma namozini o‘qib bo‘lgach, Maoz kirib keldilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: 
“Nima uchun  namozda  ko‘rinmading?” deb so‘radilar. Maoz javob berdi: “Ey Rasululloh, 
falonchi yahudiydan qarz olgan edim. Namozga chiqsam, u meni ushlab olishidan  
qo‘rqdim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Maoz, senga bir duo o‘rgataymi, u bilan duo qilsang, 
senda qancha qarzing bo‘lsa ham, Alloh taolo undan qutqaradi”, dedilar. Maoz: “Mayli, 
ayting”, dedilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: Oli Imron, 26 – 27-oyatlarini o‘qiganingdan 
so‘ng, ”Ya rohmanad dunyo val oxiroti va rohiymahuma, tu`ti minhuma man tasha`u va 
tamna’y minhuma man tasha`u farhamniy rohmatan tug‘niyniy biha ‘ar rohmati man 
sivak”, deb ayt. 
 
Aytishlaricha, bu duoni asir kishi o‘qisa, Alloh taolo uni asirlikdan ozod qilar ekan. 
 
880. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim tong 
otgan paytda “Allohumma lakal hamd la-a ilaha illa anta, anta robbiy xolaqtaniy va ana 
‘abduka amantu bika muxlisol laka diyniy. Asbahtu ‘ala ahdika va va’dika mastato’tu va 
atubi ilayka min sayyii ‘amaliy vastag‘firuka lizunubiy. Innahu la-a yag‘firuz zunuba illa 
anta”, desa, agar shu kuni  o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Agar bu duoni kechasi aytsa 
va kechasi o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi.  Faqat bunda “asbahtu” ning o‘rniga 
“amsaytu” deydi. 
 
881. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kimki tong ottirib, uch marta “bismillahillaziy la-a 
yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la-a fis sama`i va huvas sami’ul ‘alim”, degan 
duoni o‘qisa, unga kechgacha hech qanday balo yetmaydi. Agar kech bo‘lganda aytsa, 
ertalabgacha hech qanday balo kelmaydi.  
 
Aytishlaricha, bu hadisning roviylaridan biri Abbonga shol kasali tekkan edi. (Alloh o‘zi 
asrasin.) Shunda unga: “Bizga aytgan gapingiz qani?” deyishdi.  Abbon: “Allohga 
qasamki, yolg‘on gapirmadim, menga ham yolg‘on gapirishmagan, lekin Alloh meni shu 
balo bilan imtihon qilishni xohlagan ekan, o‘sha duoni esimdan chiqartirib yubordi”, 
dedilar. 
 
882. Nofi’ Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) 
huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Rosululloh, men kambag‘allashib qoldim”, dedi. 
“Farishtalarning salovoti, xaloyiqning tasbehi aytiladigan va ular rizqlanadigan paytda 
qaerda eding?” dedilar. “U qaysi payt?” deb so‘radi. “Subhonallohi va bihamdih, 
subhonallohil ‘aziym, astag‘firulloha”, deb subh  kirishidan bomdod namozini 
o‘qiguningcha yuz marta aytsang, senga dunyo xokisor holda keladi”, dedilar. 
 
883. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uxlamoqchi bo‘lsalar, ikki 
kaftlarini bir qilib, so‘ng ikkalasiga “Qul huvallohu ahad” va ikki  “Qul a’uzu”ni  o‘qib, 
puflab, so‘ng ikki qo‘llarini yuzlariga, boshlariga va boshqa joylariga surtar edilar”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
334
Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: “Bir kishi o‘tib ketayotib, uxlab 
yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri  sherigiga: “Borib bu 
odamning  qalbini buz”, dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga  kelib, darhol orqasiga 
qaytdi va shunday dedi: “U bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz”. So‘ng 
ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: “To‘g‘ri aytding”, 
dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib,  shaytonlar bilan 
bo‘lgan ishni aytdi va “Uxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?” deb so‘radi. U: 
 
“Albatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda 
yaratib, so‘ngra arshiga  o‘rnashdi”, jumlasidan 
 
“Zero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir”gacha (A’rof, 54 – 
56) o‘qiganini aytdi. 
 
 Abu Majlaz aytadilar: “Kim zolim amirdan qo‘rqsa, “roziytu billahi robban va bil islami 
diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman”,  desa, 
unga Alloh najot beradi. 
 
884. Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Xolid ibn Valid: “Ey Allohning 
elchisi, men tushimdan qo‘rqyapman”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “A’uzi 
bikalimatillahit tammati min ‘azabihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish 
shayatiyni  va a’uzu bika robbi an yahzurun, deb ayt”. 
 
885. Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Maozning (r.a.) qo‘llaridan ushlab aytdilar: “Senga  
vasiyat qilamanki, har namozingdan keyin ushbu: “Allohuma a’inni ‘ala tilavati zikrika va 
shukrika va husni ‘ibadatika” duosini o‘qishni tark qilma. 
 
886. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uyqudan uyg‘onsalar: 
“Alhamdu lillahillaziy  ahyaniy ba’da  ma amataniy va ilayhin nushur”, deb aytar edilar“. 
 
887. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Agar birortangiz 
yomon tush ko‘rib, undan qo‘rqsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va uning 
yomonligidan uch marta  Allohdan panoh tilasin. Shunda  u zarar bermaydi”. 
 
888. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey  
Allohning elchisi, duolarning qaysisi afzal?” deb so‘radi.  “Rabbingdan avfni, dunyo va 
oxirat salomatligini so‘rashing afzal”, dedilar. So‘ng uchinchi kun kelib,  yana shunday 
deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar avf,  dunyo va oxiratda salomatlik berilsa, 
albatta, najot topasan”, dedilar“. 
 
889. Rivoyat qilishlaricha, Ibn Mas’ud (r.a.)  safarga chiqishni xohlasalar, ulovlariga 
minib, so‘ng: “Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila 
robbina  lamunqolibun. Allohumma, antas sohibu fis safar, val xolifatu fil ahl.  
Allohumma, atvi lanal arzo va havvin ‘alaynas safar. Allohumma, inna na’uzu bika min 
vu’asais safar val huru  ba’dal kur va kaabatil munqolibi va suil manzar fil ahli va mali 
val valad“, deb aytar edilar. 
 
890. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: “Ahlingiz bilan turmush qurayotganingizda   unga ikki 
rak’at namoz o‘qishni buyuring, so‘ng uning boshini ushlab, ey Parvardigor,  menga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
335
ahlimni barkotli qil. Ahlimga meni barakotli qil va mendan uni rizqlantir va undan meni 
rizqlantir. Bizlarning oramizga yaxshilikni jam qil”, deb ayting”.  
 
Ja’far ibn Muhammad (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa bilan balolanib, to‘rt narsadan 
g‘aflatda qolgan kishiga hayronman: 
G‘am bilan balolanib, 
 
“Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men 
(o‘z jonimga) jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim”, degan oyatni o‘qimaganidan 
ajablanaman, chunki Alloh taolo: 
 
“Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz 
mo‘minlarga shunday najot berurmiz (Anbiyo, 87 – 88-oyatlar), deb aytgan;  
yomon narsadan qo‘rqib, menga Allohning o‘zi kifoya qiladi va u qanday yaxshi vakildir, 
deb aytmaganiga hayron bo‘laman, chunki Alloh taolo: 
 
“Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan 
qaytdilar. Ular Allohning roziligini istaydilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat 
sohibidir” (Oli Imron, 174-oyat), deb aytgan; 
 
odamlarning hiyla makridan qo‘rqsa-da, 
“Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib 
turguvchidir”, degan oyatni o‘qimaganiga hayronman, chunki Alloh taolo aytadi: 
 
“Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan 
saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi” (G‘ofir, 44 – 45); 
jannatga rag‘bat qilaturib, 
 
“Alloh xohlagan narsagina (bo‘lur), bor kuch-quvvat yolg‘iz Alloh bilandir”, 
oyatini o‘qimaganga ajablanaman, holbuki, Alloh taolo aytadi: 
 
“Shoyadki, Parvardigorim menga sening bog‘ingdan yaxshiroq (bir bog‘) ato 
etar” (Kahf, 39 – 40-oyatlar)“. 
 
891. Qatoda aytadilar: “Bizlarga zikr qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir 
kishi: “Ey Parvardigor, meni oxiratda azoblaydigan bo‘lsang, uni shu dunyoda bera qol”, 
deb aytardi. So‘ng u kishi kasal bo‘ldi. Holdan toyib, erta-indin o‘ladigandek bo‘lib qoldi. 
Payg‘ambarga (s.a.v.) u haqda xabar berishdi. U zot kelib uning boshini ko‘tardilar. U 
hushsiz edi. So‘ngra aytishdi: “Ey Rosulylloh, bu odam shu-shu duoni o‘qirdi”. 
Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Ey odam farzandi, sen Alloh taoloning azobini 
ko‘tarishga qodir emassan, shuning uchun  “Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham 
yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan asra”, deb ayt”. U kishi shunday duo qildi va 
sog‘ayib ketdi”. 
 
Zikr qilinishicha, Utba G‘ulom vafot etganida bir kishi uni tushida ko‘rib: “Rabbing seni 
nima qildi?” deb  so‘rabdi. “O‘qib yurgan duolarim sababli Alloh meni kechirdi. U devorda 
yozilgan”, debdi Utba. Kishi uyg‘onib devorga qarasa, uning xati bilan yozilgan duoni 
ko‘ribdi: “Ey Parvardigor, ey namozxonlarning hidoyatchisi, ey gunohkorlarga rahm 
qilguchi, ey gunohkorlarning gunohini kechiruvchi! Bu katta xatardan bandangga va 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
336
hamma musulmonlarga rahm et. Bizlarni rizqlanganlarning yaxshilaridan qil. 
Payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlardan bo‘lgan bandalaring bilan birga ayla. 
Ana o‘shalar chiroyli rafiqlardir. Birohmatika ya arhamar rohimiyn”. 
 
Aytishlaricha, kim ushbu besh kalima bilan har namozning orqasidan duo qilsa, evaz 
oluvchilardan deb yoziladi: “Allohummaslih ummata Muhammad, Allohummarham 
ummata Muhammad. Allohumma farrij ‘an ummati Muhammad. Allohummag‘fir 
liummati Muhammad va lijami’i man amana bika”. 
 
892. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar. “Hajjoj ibn Yusuf u zotga g‘azab 
qilib: “Agar   Abdulmalik  ibn Marvonning  yozgani bo‘lmaganda seni shunday-shunday  
qilardim”, dedi. Anas aytdilar: “Bunday qilishga qodir bo‘lmaysan”. Hajjoj: “Menga kim  
mone’ bo‘ladi”, deb so‘radi. Anas: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga o‘rgatgan duo,  uni har 
kuni  ertalab va kechqurun o‘qiyman”, dedilar. Hajjoj aytdi: “Uni menga  o‘rgat”. Anas 
ibn Molik (r.a.) bosh tortdilar. U majburlamoqchi bo‘ldi. U zot baribir aytmadi”. Abbon 
aytadi: “Bu duoni  Anas kasal bo‘lganlarida so‘radim”. U zot  aytdilarki: “Uch marta 
bismillahi ‘ala nafsiy va diniy, bismillahi ‘ala ahliy va maliy va valadiy. Bismillahi ‘ala kulli 
ma a’toniy robbiy, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la-a ushriku bihi shay`an, Alloh, Alloh, 
Allohu robbiy la ushriku bihi  shay`an. Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va 
a’azzu ajallu mimma axofu va uhaziru. Allohumma inniy a’uzi bika min sharri nafsiy va 
min sharri kulli shaytonir rojiym va min sharri kulli jabbarin ‘aniyd, ‘azza  jaruka va jalla 
sanauka va la-a ilaha g‘ayruka”. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar: 
 
“Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda ayting: Menga Allohning o‘zi yetarlidir! 
Hech  qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordir! (Men uning)  o‘ziga  suyandim. 
U zot ulug‘ arsh sohibidir”  (Tavba, 129-oyat). 
 
_________________ 
 
Duo va tasbehlar bobi hadislari 
 
875-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan. 
876-hadis. Sahih. Molik, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
877 (a)-hadis. Sanadida noaniqlik bor. 
877 (b)-hadis. Zaif. Ibn Sano rivoyat qilgan. 
878-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 
879-hadis. Zaif. Haysamiy rivoyat qilgan. 
880-hadis. Zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
881-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
882-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’a”ga qarang. 
883-hadis. Muttafaqun alaqh. 
884-hadis. Sahih. Molik, Nasaiy rivoyat qilgan. 
885-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
886-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
887-hadis. Muttafaqun alayh. 
888-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
889-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
890-hadis. Sahih. Ibn Abu Shiyba, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
891-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 
892-hadis. Zaif. 
 
 
 
SAKSON BIRINCHI BOB 
MULOYIMLIK TO‘G‘RISIDA 
 
893. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar.  Oyisha (r.a.) aytdilar: “Bir 
necha yahudiylar Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kirishga ruxsat so‘radi. Payg‘ambar 
(s.a.v.) ruxsat berganlaridan keyin ular:  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
 
“Assomu alayka” (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ), deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Va 
alaykum” dedilar. Oyisha onamiz (r.a.) shunda: “Sizlarga o‘lim va la’nat bo‘lsin”, dedilar. 
Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Oyisha, Alloh taolo har bir ishda  muloyimlikni yaxshi ko‘radi” 
dedilar. Oyisha onamiz: “ Axir ular nima deyishganini eshitmadingizmi?” deb aytdilar. 
Nabiy (s.a.v.): “Va alaykum” (Ya’ni sizlarga ham) dedim-ku”, dedilar. 
 
894. Oyisha onamizga (r.a.) Payg‘amar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, kimga hilmdan 
nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim hilm nasibasidan 
mahrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan mahrum bo‘libdi”. 
 
895. Said ibn Musayyabdan (r.a.)rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Aqlning 
boshi Allohga  bo‘lgan iymondan keyin odamlar bilan murosai madora qilish va ularga 
muhabbatli bo‘lishdir. Kishi kengash maslahatdan halok bo‘lmaydi. Kishi o‘zining fikri 
bilan kifoyalansa, baxtli bo‘lolmaydi. Agar Alloh  bandaning halok bo‘lishini xohlasa, 
avvalo uning fikri buziladi. Albatta, dunyoda yaxshilik ahllari bo‘lganlar oxiratda ham 
yaxshilik egalaridir. Dunyodagi yomon ish egalari bo‘lganlar, oxiratda ham yomonlik 
egalaridir”. 
 
896. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar.  Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo 
rafiqdir (ya’ni, muloyimdir) va rafiqlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan  narsa 
muloyimlik bilan olinadi. 
 
897. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar Alloh taolo uy ahliga yaxshilikni xohlasa, 
ularga yumshoqlikni kirgizadi. Agar yumshoqlik xulq bo‘lsa, odamlar undan yaxshiroq 
xulqni ko‘rmaydilar. Agar bema’nilik xulq bo‘lsa, odamlar undan yomonrq xulqni 
ko‘rmaydilar». 
 
898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men bir katta  tuyaning ustida edim. Tezroq yursin 
deb uni ura boshladim”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Ey Oyisha,  yumshoq  bo‘l, chunki 
qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni  ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom 
bo‘ladi”, dedilar.  
 
899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Ushbu: 
“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa” oyati  tushganida, Payg‘ambar 
(s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini 
bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, 
ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari 
uchun jam qilishga  buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. 
Bilol  Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar 
uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar 
Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik 
qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): “Orqadagilarni ham sig‘diringlar”, dedilar. U zot (s.a.v.) 
yig‘lab turardilar. So‘ng: “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, dedilar va Allohga 
hamdu   sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan  o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. 
Keyin aytdilar: “Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al-
xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir. 
 
 Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar 
deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan 
hukmlarida nima halol  va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan 
saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini 
harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan 
oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”. 
 
Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”, 
dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq, 
xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan 
saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. 
Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? 
Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring 
borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham 
yediringlar va  kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga 
buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht,  qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, 
kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning 
hokimidir.  Xotinlaringiz xususida  ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. 
Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum 
etadi.... Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob 
beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi 
u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat 
qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon 
qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi 
chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, 
olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi 
otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni 
yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab  qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim 
menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga 
yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! 
Kim zakotni ado etmasa, uning uchun  namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz 
bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar! Kim  yo‘lga  qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj 
qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy  bo‘libmi, o‘lsin. Faqat 
bir  kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u 
uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun  shafoatim yo‘q va 
havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi? 
 
Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir 
kundir. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling