Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


II-BOB. MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana07.11.2021
Hajmi0.51 Mb.
#171426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

II-BOB. MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH 

ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH 

YO‘LLARI 

 

2.1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining 



samaradorligini baholash usullari 

 

Ish  bilan  bandlik  xizmati  o‘zining  asosiy  mijozlari  bilan  ishini  shunday 

tashkil qiladiki, bunda ish beruvchi  mehnat bozorining holatiga qarab ishchi kuchi 

talabining  kelajakdagi  o‘zgarishi  bo‘yicha  oldindan  o‘z  strategiyasini  ishlab 

chiqishi va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa, 

kasbiy    malakalarini  o‘sishiga  ichki  talabni  rivojlantirish  va  mehnat  bozoridagi 

raqobat kurashiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi. 

Biz  ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatining  samaradorligini  baholash  uchun 

optimal  usullardan  foydalanishga  harakat  qilamiz.  Bu  bilan  bog‘liqlikda  biz 

oldimizga  quyidagi masalalarni qo‘yamiz: 

1.  Ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatining  samaradorligini  baholash  uchun 

tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish; 

2.  Hududiy  ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatining  samaradorligini 

baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish; 

3.  Ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatining  samaradorligini  baholash 

usullarini  takomillashtirish  bo‘yicha  tatqiqotlar  o‘tkazish  va  tavsiyalar  ishlab 

chiqish. 

Mehnat  sohasida  ish  bilan  bandlik  xizmati  har  qanday  davlat  tashkiloti 

singari  ierarxiyali  (pog‘onali)  tuzilmalarga  ega,  shuning  uchun  uning  faoliyatini  

baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori 

darajada – respublika miqyosida; o‘rta darajada – hudud (viloyat) miqyosida; quyi 

darajada – joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida. 




20 

 

Ko‘pchilik  MDH  davlatlarida  yaqin  vaqtlargacha,  Mehnat  va  aholini 



ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik xizmati 

organlari  faoliyatlarining  samarali  yoki  samarasiz  ekanligi  quyidagi  ikkita 

ko‘rsatkich  bilan  baholangan:  birinchisi  –  aholini  ish  bilan  ta’minlash 

jamg‘armasiga  yig‘ilgan  sug‘urta  ajratmalari  va  bu  mablag‘larning  ishsizlarga 

nafaqa  to‘lovlari  uchun  etarliligi;  ikkinchisi-  ishsizlik  darajasi,  mehnat  organlari 

ro‘yxatidan  o‘tgan  jami  ishsizlar  sonini  jami  iqtisodiy  faol  aholiga  nisbati.  Bu 

ko‘rsatkichlar  va  natijalar  ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatini  samarali  yoki 

samarasiz ekanligini baholash uchun etarli hisoblangan. 

 Respublikamiz  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi 

tavsiyasiga  muvofiq,  hududiy  ish  bilan  bandlik  xizmati  organlari  faoliyatlarining 

samaradorligini hisoblash metodikasini qarab chiqamiz. 

Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy 

ish  bilan  bandlik  xizmati  organlarining  faoliyatlarini  takomillashtirish  hamda 

mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik 

xizmati  organlari  faoliyatining  samaradorligini  baholash  bo‘yicha  ko‘rsatkichlar 

tizimini kengaytirish zarur. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Aholi  bandligini  oshirish  hamda 

me

hnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  hilish  organlari  faoliyatini  takomillashtirish 



chora-tadbirlari  to‘

g‘risida"  2007  yil  6  apreldagi  PQ-616-son  qaroriga  muvofiq 

ishlab chi

qilgan hamda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan 

a

holi  sonini  mintaqalar  bo‘yicha  hisoblab  chiqish  va  shu  asosda  mehnat 



resurslarining tegishli balansini ishlab chi

qish tartibini belgilaydi. 

 Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  tomonidan  ish  bilan 

bandlik  xizmati  organlari  faoliyatining  samaradorligini  baholash  uch  qismga 

bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik 

darajasini  baholash.  2)  Ish  topish  maqsadida  murojaat  qilgan  fuqarolarni  ishga 

joylashtirishga  ko‘maklashish  bo‘yicha  ish  bilan  bandlik  xizmati  faoliyatining 

samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash. 




21 

 

Hududiy  ish  bilan  bandlik  xizmati  organlari  faoliyatining  samaradorligini 



baholash  bo‘yicha  yuqorida  keltirilgan  ko‘rsatkichlar  ish  bilan  bandlik  xizmati 

organlari    rivojlanishining  turli  bosqichlarida  kengayib  bormoqda  va  maqsaddan 

kelib chiqqan holda hamda faoliyat yo‘nalishlaridan bog‘liq ravishda o‘zgarmoqda. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyati ish bilan bandlik xizmati 

faoliyatining  natijalarini  respublikamizning  boshqa  hududiy  ish  bilan  bandlik 

xizmati  organlari  faoliyatlari  bilan  har  tomonlama  baholash  bo‘yicha 

solishtirishning  aniq  mezoni  ishlab  chiqilmagan.  SHu  sababli,  viloyatlar  ish  bilan 

bandlik  xizmati  organlari  faoliyatlarining  natijalarini  har  tomonlama  o‘zaro 

solishtirish  mumkin  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar  tizimining  dasturiy  ta’minotini  ishlab 

chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak. 

Biz  o‘ylaymizki,  ishga  joylashtirishga  ko‘maklashish  masalasi  ish 

beruvchilar  va  ishsizlar  o‘rtasida  murosaviy  munosabatlarni  shakllantirishni 

nazarda  tutadi.  Murosaga  kelishni  bunday  baholash  mezoni  ish  beruvchilar  va 

ishsizlar  talabini  qondirish  imkoniyatlari  hisoblanadi.  SHunday  ekan,  ish  bilan 

bandlik  xizmati  ishining  samaradorligini  baholash  uchun  ish  beruvchilar  va 

ishsizlar talabini qondirilish darajasini aniqlash zarur. 

Biz  mehnat  bozori  konyukturasi  nuqtai  nazaridan  quyidagi  ko‘rsatkichlarni 

ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi 

kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga qo‘shishni taklif etamiz: 

1.  Mehnat  bozori  segmentidagi  talab  va  taklifning  nomuvofiqligi  darajasi 

(D

n

). 



(%)

;

%



100


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling