Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Ushbu bob yuzasidan xulosa qilar ekanmiz, mazkur bobda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.
Mazkur holatni hisobga olgan holda ushbu bobda rus olimi V.M.Rusalov tomonidan ishlab chiqilgan “Individuallikning rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasini (OFDSI)” mahalliy muhitga moslashtirish qanday ijobiy natijalar berishi mumkinligi xususida to‘xtalib o’tilgan. Shuningdek yuqorida V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi qayta ishlash uchun ko‘rsatma va metodikaning shkalalari tavsifi ham bayon etilgan. Bundan tashqari ushbu bobda individuallikka daxldor yana bir qator Y.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish”so‘rovnomasi hamda Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi haqida ham batafsil ma’lumotlar keltirib o’tdik. O’ylaymizki ushbu metodikalar mahalliy muhitha to`la ravishda moslashtirilgandan so’ng mutahassislar uchun shaxs individualligini o`rganuvchi eng oson va qulay metodikalar sifatida amaliyotga tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |