Blackcurse
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish tarixiy zarurat ekanligi. Milliy ta’lim muammolari. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi”
5 I. FO’U umumiy masalalari. 1-ma’ruza. Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat ekanligi Reja: Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish tarixiy zarurat ekanligi. Milliy ta’lim muammolari. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” (KTMD). “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari. Ta’limning uzluksizligi. Islohotlarni amalga oshirish bosqichlari. Tayanch iboralar. Barkamol avlod, ta’lim, tarbiya, sistema, DTM, uzluksiz ta’lim, o’rta umum ta’lim, oliy ta’lim, DTS, lisey, kollej, bakalavr, magistr, aspirantura, doktarantura, sertifikat, akkreditasiya, monitoring, in- ternet. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga kirishdik. Har qanday jamiyatning kelajagi nafaqat yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan belgilanadi. Yuksak ma’naviyat va madaniyatga esa mukammal ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum bir muddat mobaynidagi faoliyati natijasida erishilishi o’z-o’zidan ayon. Xo’sh, shu nuqtai-nazardan olganda istiqloldan oldingi ta’lim tarbiya tizimi to’g’risida nimalarni aytish mumkin? Birinchidan, bizga sho’rolar davridan meros bo’lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimi zamona talabiga javob bera olmay qoldi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin va undan keyingi dastlabki yillarda ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonida olib borilgan o’zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim tizimining muammolarini yechishga qodir emas edi. Uchinchidan, ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qoldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi, o’qituvchilar malakasining pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pastligi, 11 yillik majburiy ta’limning ilmiy asoslanmaganligi, 9-sinfni bitirayotgan yoshlarning 55%-i 10- 22%-i, hunar-texnika yoki maxsus o’quv yurtlarda o’qishni davom ettirsa, qolganlari ko’chada qolayotganligi. 11-sinfni bitirayotgan yoshlarning ko’pchiligi hyech qanday malaka va kasb-hunar egallamayotganligi kabilar edi. Ahvol juda achinarli bo’lib ayniqsa, viloyat va tumanlardagi hunar-texnika bilim yurtlarida o’quv texnika bazasining nochorligi, o’qitish sifatining pastligi va zamona talabiga javob bermasligi aniq bo’lib qolgandi. Oliy ta’lim tizimi islohoti. Birinchidan, Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamona talabiga javob bera oladilarmi? Ta’lim tizimidagi eskicha o’quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar, zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanmaganlik mutaxassislar sifatiga hamon salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bu sohada to’plangan kamchiliklar: 1. Oliy o’quv yurtini bitirayotgan yoshlarimiz qanday talablarga javob berishini aniqlab olish. 6 2. Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni tanlab olishning obyektiv adolatli tizimi va tartibini o’rnatish hamada yetarli ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish. 3. Oliy ta’lim o’quv yurtlarida necha xil mutaxassislik bo’yicha ta’lim berish lozimligini aniqlash. 4. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun zamonaviy ta’lim va tarbiya bazasini yaratish. O’quv yurtlari rahbarlari, o’qituvchi-professorlarning ish haqini muvofiqlashtirish. 5. O’quv dasturi va programmalarni zamonaviy talablar darajasiga moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish. Oliy ta’lim tizimi islohotida oliy ta’lim muassasalarining chet el oliy o’quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash, chet ellardan professor o’qituvchilarni ishga taklif etish. Chet ellarda yoshlarning o’qishini ta’minlash, o’qituvchi va kafedra mudirlarini chet elga xizmat safarlarini (malaka oshirishni) uyushtirish ko’zda tutiladi. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan muammolar: - Uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish. - Davlat ta’lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish. - Ixtisoslik, malaka darajasiga ko’ra mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash. - Ta’lim tizimini isloh qilish, o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash. - Kasb tanlash bo’yicha davlat va ijtimoiy muassasalarning faoliyatini takomillashtirish. - O’quvchilarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. - Ta’lim muassasalarini moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish. - Chet el sarmoyalarini jalb etish. - Oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish, o’z-o’zini boshqarish usullarini joriy etish. - Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishda kafil bo’lmog’i zarur. Uzluksiz ta’lim tizimi maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’limni o’z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich ta’lim. 1- 4 sinflarni o’z ichiga oladi. O’qish 6 yoki 7 yoshdan boshlanadi. Umumiy ta’lim. 5-9 sinflar doirasida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya beriladi. Umumiy ta’lim barcha uchun majburiy bo’lib, yoshlarga bilim asoslarini chuqur o’rgatish, ular dunyoqarishini shakllantirish va kengaytirishga asos bo’ladi. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi o’qish muddati 3 yildan kam bo’lmagan akademik va kasb-hunar liseylari va kollejlarda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim. 18 – 19 yoshdan boshlanib, to’rt yildan kam bo’lmagan muddatda davom etadi. Oliy ta’lim bakalavriat va magistraturaga bo’linadi. 7 Bakalavriat. Yo’nalishlarning biri bo’lib bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. Unda o’qish muddati 4 yil davom etib, oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. Magistratura. Aniq mutaxassislik bo’yicha oliy kasbiy ta’lim bo’lib, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadi. Undagi tahsil kvalifikasion davlat attestasiyasi va magistrlik dissertasiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetadi. Aspirantura. Magistrlik negizida 3 yil davom etadi va muayyan mutaxassislik bo’yicha oliy kvalifikasiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Doktorantura. Fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi va dissertasiya himoya qilish bilan yakunlanadi. Yakunga ko’ra, tanlangan mutaxassislik bo’yicha “Fan doktori” ilmiy darajasi beriladi. Bulardan tashqari, yangi tizimga qo’shimcha kasbiy ta’lim-qayta tayyorlash va malaka oshirish kiradi. Shunday qilib, 12 yillik umumiy va o’rta maxsus ta’lim berish davlat tomonidan kafolatlanadi va u bozor iqtisodi sharoitida ijtimoiy himoyalanadi. O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni 34 moddadan iborat bo’lib ta’lim tizimining barcha sohalarini huquqiy asosi hisoblanadi. Masalan: 3-modda: Umumiy o’rta, shunindek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi. 4-modda. Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar berilgan. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan o’tgan ta’lim muassasalarida eksternet tartibida attestasiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. 6-modda. Ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi. Ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi akkreditasiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan mahrum etilishi mumkin. 7-modda. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim. Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari tomonidan ularga madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 19-modda. Ta’lim to’g’risidagi hujjatlar. 8 Akkreditasiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risida hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Oliy ma’lumotli diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Ta’lim bosqichidagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos bo’yicha ishlash huquqini beradi. 20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish. (Ushbu qonun 1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida tasdiqlangan). Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling