Yangi mavzuni bayon etish.
1. O’quvchilar e’tiborini darslikning 27, 28-betlaridagi mavzuga qaratish.
Rasmga qarab og’zaki masala tuzdirib, yechish.
Yaylovda 2 ta ot bor edi, uning yoniga yana 3 ta ot kelib qo’shilsa, hamma otlar nechta bo’ladi?
Demak, 2 + 3 = 5 ta ot bo’ladi. Agar 3 ta otga 2 ta ot kelib qo’shilsa ham 5 ta ot hosil bo’lar ekan.
2-misolda esa guldagi misollarni bajaramiz.
1 bilan 1 ning yig’indisi 2 bo’ladi; 4 bilan 1 ning yig’indisi 5 bo’ladi; 3 bilan 1 ning yig’indisi 4 bo’ladi; 2 bilan 1 ning yig’indisi 3 bo’ladi deb tushuntiramiz.
3. 3-misolni og’zaki bajarish.
Bu misollar quyidagicha ta’riflanadi:
a) 1 bilan 2 ning yig’indisi 3 bo’ladi; 3 bilan 2 ning yig’indisi 5; 2 bilan 2 ning yig’indisi 4 bo’ladi;
b) 4 bilan 2 ning ayirmasi 2; 5 bilan 2 ning ayirmasi 3; 3 bilan 2 ning ayirmasi 1 ga teng ekan.
4-misolni og’zaki bajaramiz.
4
4 + 1 = 5 1 + 4 = 5 3 + 2 = 5 2 + 3 = 5
hosil qilish uchun 2 bilan 2 ning yig’indisi, 3 bilan 1 ning yig’indisi deb olish mumkin. Demak, bo’sh kataklarning o’rniga son qo’yib bajarish kerakligi tushuntiriladi.
Xulosa. 4 bilan 1 ning yig’indisi ham 5; 3 bilan 2 ning yig’indisi ham 5; 2 bilan 3 ning yig’indisi ham 5 ekanligi tushuntiriladi.
Daftar bilan ishlash.
«Matematika daftari»ning 19-betidagi topshiriqni bajarish.
Darsni yakunlash.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Uyga vazifa. 1 dan 5 gacha bo’lgan sonlarni yozib kelish.
O’quvchilar 4-misolni bajarishida fikrlashga to’g’ri keladi. Bu xildagi misollar qancha ko’proq yechilsa ularning fikrlash qobiliyatlari o’saveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |