Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-nazariy hamda metodologik asoslarini
belgilashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma`naviy
qadriyatlar, milliy an`analar va tarixiy xotiraning mohiyati, milliy madaniyatni
takomillashtirish va ma`naviy komillikka erishish haqidagi asarlaridagi nazariy
qarashlariga suyandik.
Ertaklarning tasnifi va badiiyatini o’rganishda fol’klorshunoslikda erishilgan
ilmiy-nazariy yutuqlarga asoslandik. O‘zbek folklorshunosligining yetuk vakillari
G‘.Jahongirov, O.Safarov, T.G‘oziboev, M.Murodov, Z.Husainova, K.Imomov,
T.Mirzayev, M.Jo’rayev, B.Sarimsoqov, M.Afzalov, G‘.Jalolov va boshqalarning
ishlari mazkur tadqiqot uchun nazariy asos vazifasini o‘tadi.
Bolalar folklori namunalari ertaklarni o‘rganishda ilmiy bilishning kuzatish,
taqqoslash, tahlil etish, umumlashtirish, tarixiylik kabi tadqiqot usullaridan
foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |