O‘shbu dissertatsiyada keltirilgan kuzatuv ishlar Qarshi shahri aholisining
turli guruhlarida – bog‘cha tarbiyalanuvchi bolalari, maktab o‘quvchilari, katta
bog‘chadagi tarbiyachilar va ota-onalarga tushuntirildi. Ularga bajarilishi kerak
8
bo‘lgan ishlar tartibi va bu ishlarni oqilona tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari
tushuntirildi. Anketa tarqatish bilan bir qatorda olib borayotgan tadqiqot ishlarning
bog‘chadagi bolalarning salomatligini saqlash xususidagi foydasi haqida ham
tushuntirish ishlari olib borildi. Tekshiriluvchilarning haftalik iste’mol taomlari
o‘rganib (bog‘chada va uyda) chiqilib, bir hafta davomida anketalar to‘lg‘azib
borildi. Bunda tarbiyachilar va ona-otalar yordam berib turishdi.
Tekshiruv ishlari 2013 yil fevral oyi oxiri va mart oyining dastlabki kunlarida
olib borildi. Har bir tekshirilgan guruhda 30 kishi (bola), shundan 15 ta ayol (qiz)
va 15 ta erkak (o‘g‘il) ishtirok etdi.
Ishda tekshiriluvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, kunlik iste’mol
taomlarining energetik qiymati va undagi oqsillar miqdori aniqlandi. Olingan
natijalar statistik qayta ishlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: