8.Ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlar. Zarralarning tebranishi to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga nisbatan qanday yo`nalganligiga qarab to`lqinlar ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlarga ajratiladi. Ko`ndalang to`lqinlarda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga perpendikuljar yo`nalishda tebranadi. Shnur bo`ylab tarqalayotgan to`lqin ko`ndalang to`lqin bo`ladi. Bo`ylama to`lqinda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalish bo`yicha tebranadi. Bo`ylama to`lqinni katta diametrli uzun yumshoq prujina yordamida kuzatish qulay. Prujinaning erkin uchiga kaft bilan urib qo`yilsa, prujinaning siqilishini prujina bo`ylab tarqalishini kuzatish mumkin. Prujina uchiga ketma–ket bir necha marta urib, uning prujina bo`ylab ketma–ket tarqaluvchi siqilish va chuzilishlardan iborat to`lqinlarni yuzaga keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |