INSON HAYOTIDA TIBBIYOTNING KIRIB KELISHI.
Jamiyatda tibbiyotning paydo bo’lishi to’g’risida 2 xil nazariya mavjud:
1. Diniy mistik nazariya.
2. Ilmiy materialistik nazariya.
Diniy mistik nazariya asoschilari dastlab din peshvolari tibbiyot ibodatxonalarda kelib chiqqan va muolajalar koxinlar va roxiblar tomonidan ko’rsatilgan degan fikrni ilgari so’rganlar. Ibtidoiy ajdodlarimiz har xil kasalliklarga chalingan va uzlarini davolashga harakat qilganlar, bu paytlarda koxinlar va roxiblar yo’q edi. Binobarin, tibbiyotning kelib chiqishi din bilan bog’liq emas. Dalillar shuni ko’rsatadiki, din paydo bo’lmasdan ancha ilgari tibbiyot vujudga kelgan. Qadimda ibodatxonalarda davolash xonalari mavjud bo’lib, ularda koxinlar va roxiblar bemorlarni davolab parvarish qilganlar, lekin bu bilan tibbiyot ibodatxonalarda paydo bo’lgan degani emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |