Gulchehra shamsiddinova, narzullo qodirov, gulsara ahmedova molekular biologiya
Download 43.35 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IRSIYATNING MOLEKULAR ASOSLARI ORGANIZMNING IRSIYLANISH XUSUSIYATLARIDA MUHIM AHAMIYAT KASB ETUVCHI BIOMOLEKULALAR
- Nuklein kislota
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULCHEHRA SHAMSIDDINOVA, NARZULLO QODIROV, GULSARA AHMEDOVA MOLEKULAR BIOLOGIYA VA GENETIKAGA OID MASALALAR TO‘PLAMI Oliy o‘quv yurtlari, tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylar, tibbiyot kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun uslubiy qo‘llanma Toshkent
«Yangi asr avlodi» 2011
5 I BO‘LIM IRSIYATNING MOLEKULAR ASOSLARI ORGANIZMNING IRSIYLANISH XUSUSIYATLARIDA MUHIM AHAMIYAT KASB ETUVCHI BIOMOLEKULALAR Har qanday tirik organizm kimyoviy moddalardan tuzilgan. Ularni umumlashtiruvchi jihatlardan biri ularning o‘xshash kimyoviy elementlardan tuzilganligidir. Tirik organizmlar hujayrasining 20-30 %ini organik moddalar tashkil qilib, ular asosan oqsil, nuklein kislota, uglevod va lipidlar ko‘rinishida hujayrada uchraydi. Hujayrada uchrovchi bu biomolekulalarning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Masalan, oqsil hujayradagi barcha biokimyoviy reaksiyalarni: himoya, qurilish va boshqa ko‘plab muhim vazifalarni bajarsa, nuklein kislotalar hujayrada kechadigan barcha jarayonlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularda oqsil biosentezi jarayoni maxsus kodlar bilan ifodalangan bo‘ladi. Nuklein kislota yordamida organizmning avlodlar almashinuvidagi irsiy bardavomligi ta’minlanadi.
Oqsil, uglevod va nuklein kislota biopolimerlar hisoblanib, monomerlardan tashkil topgan bo‘ladi. Nuklein kislotalarning monomeri nukleotidlar, oqsilning monomeri esa aminokislotalar hisoblanadi. Hujayrada tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi asosan 2 xil nuklein kislota dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK) uchraydi. Ular yuqorida ta’kidlan- ganidek, mononukleotidlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir nukleotid azot asosi (adenin, guanin, sitozin, timin, uratsil), monosaxarid (dezoksiriboza yoki riboza) va fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Har bir nukleotidning molekular massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). Nukleotidlar orasidagi masofa (bir zanjirda) 0,34 nm yoki 3,4 A ga teng. RNK da nukleotidlar bitta zanjir hosil qilib joylashganligi uchun, asosan, unda vodorod bog‘lar uchramaydi (i-RNK), DNK ning ikki zanjiri orasida vodorod bog‘lari mavjud bo‘lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A=T (2 ta vodorod bog‘) hamda GS (3 ta vodorod 6 bog‘) o‘rtasida uchraydi. Nuklein kislotalarning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ularda boshqa biomolekulalarda uchramaydigan jihat – o‘zini-o‘zi hosil qilish, ya’ni ikki hissa ortish jarayoni kuzatiladi. DNK dagi bu jarayon replikatsiya yoki reduplikatsiya deb ataladi. A =
T = A S G G S A = T T = A S G A = T G S A = T S G T = A 1. DNK qo‘sh zanjiri T = A = = T = A A = T = = A = T G S G S S G S G T = A = = T = A A = T = = A = T G S G S T = A = = T = A S G S G T = A = = T = A G S G S A = T = = A = T 2. Replikatsiya jarayoni. Qo‘sh zanjirlar asosida fermentlar yordamida yangi DNK zanjirining sintezlanishi A = T A T = A U S G S G S G A = T A T = A U S G S A = T A G S G A = T A S G S T = A U 3. Transkripsiya jarayoni. DNKning bir zanjiri asosida komplementar tarzda RNK (i-RNK) sintezi 4. Translatsiya jarayoni. i-RNKdagi nukleotidlar yordamida aminokislotalar sintezi. Universal genetik kod jadvali yordamida kodonlarga mos aminokislotalarning sintezlanishi. A U
Me t G G A } As p U S A } Glu
G A S } Thr
U MUNDARIJA KIRISH ...................................................................................................................... 3 I BO‘LIM. IRSIYATNING MOLEKULAR ASOSLARI ORGANIZMNING IRSIYLANISH XUSUSIYATLARIDA MUHIM AHAMIYAT K ASB ETUVCHI BIOMOLEKULALAR ............................... 5 Nuklein kislota ........................................................................................................... 5 Nuklein kislotalar va irsiyatning molekular asoslariga doir masalalar va topshiriqlar ........................................................................................................... 7 II BO‘LIM. GENETIKA ASOSLARI BA’ZI BIR GENOTIPLI ORGANIZMLARNING NOMLANISHI ............ 15 Nomlashga doir topshiriqlar ................................................................................... 15 Gametalar olish tartibi ............................................................................................. 16 Gameta olishga doir masalalar va topshiriqlar ....................................................... 18 Monoduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar ................................ 19 To‘la dominantlik. Monoduragay irsiylanishga doir masalalar va topshiriqlar .... 21 Monoduragay chatishtirishda to‘liqsiz dominant holatda irsiylanuvchi belgilarga doir masalalar va topshiriqlar ............................................................................ 27 Kodominantlik. Qon guruhlarining irsiylanishiga doir masalalar va topshiriqlar .................................................................................................... 3 3 Diduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar ...................................... 3 4 POLIDURAGAY CHATISHTIRISH ................................................................... 47 Poliduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar .................................... 48 JINSGA BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISH ................................................... 50 Jinsga birikkan holda irsiylanishga doir masalalar va topshiriqlar ........................ 52 BIRIKKAN HOLDA NASLDAN NASLGA O‘TISH ......................................... 61 Birikkan holda nasldan naslga o‘tishga doir masalalar va topshiriqlar ................. 6 3 ALLEL BO‘LMAGAN GENLARNING O‘ZARO TA’SIRLARI ....................... 68 NOALLEL GENLARNING KOMPLEMENTAR TA’SIRI ................................ 69 Komplementarga doir masalalar va topshiriqlar .................................................... 69 NOALLEL GENLARNING EPISTATIK TA’SIRI ............................................. 75 Epistazga doir masalalar va topshiriqlar ................................................................. 77 NOALLEL GENLARNING POLIMER TA’SIRI ................................................ 8 3 Polimeriyaga doir masalalar va topshiriqlar ............................................................ 8 3 GENLARNING KO‘P TOMONLAMA TA’SIRI. PLEYOTROPIYA ................ 87 Pleyotropiyaga doir masalalar va topshiriqlar ........................................................ 88 MASALALARNING YECHILISH USULLARI ................................................. 92 Nuklein kislotalar va irsiyatning molekular asoslariga doir masalalar ................... 92 TO‘LA DOMINANTLIK ....................................................................................... 95 Monoduragay irsiylanishga doir masalalar va topshiriqlar .................................... 95 Monoduragay chatishtirishda to‘liqsiz dominant holatda irsiylanuvchi belgilarga doir masalalar va topshiriqlar ............................................................................ 99 KODOMINANTLIK ............................................................................................ 101 DIDURAGAY CHATISHTIRISHGA DOIR MASALALAR ........................... 102 Poliduragay chatishtirishga doir masalalar ........................................................... 108 Jinsga birikkan holda irsiylanishga doir masalalar ............................................... 110 Birikkan holda nasldan naslga o‘tishga doir masalalar ........................................ 116 ALLEL BO‘LMAGAN GENLARNING O‘ZARO TA’SIRLARI ..................... 123 Komplementarga doir masalalar ........................................................................... 123 NOALLEL GENLARNING EPISTATIK TA’SIRI ........................................... 128 NOALLEL GENLARNING POLIMER TA’SIRI .............................................. 1 3 3 GENLARNING PLEYOTROP TA’SIRI ............................................................. 136 QISQACHA IZOHLI LUG‘AT ............................................................................ 139 JAVOBLAR ........................................................................................................... 147 ILOVA .................................................................................................................... 152 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................. 154 Download 43.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling