Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Yuqorida keltirib o‘tilan
fikrlar ilmiy ish mavzusining g‘oyat dolzarbligidan dalolat berib, bolalar folklor
namunalarini to‘plash, nazariy ham amaliy jihatdan tahlil va tadqiq etishdek
muhim vazifani belgilaydi. Malakaviy ishning maqsadi ham ana shulardan kelib
chiqadi. Ushbu tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
ertaklarning folklor asari sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
hayotiy voqelikning o‘zbek xalq ertaklarida aks ettirilishini tadqiq qilish;
ertaklarning yuzaga kelishi, manbalari va rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatib
berish;
ertaklarni tasnif qilish va har bir tipga mansub ertaklarning spetsifik
belgilarini oydinlashtirish;
ertaklarning syujet tizimi va motivlar tarkibini o‘rganish;
hayotiy obrazlarning o‘zbek xalq ertaklaridagi talqinini tahlil qilish.
ertak namunalarini tahlil etib jamiyatda komil insonni tarbiyalashdagi
o‘rnini ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |