Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik
Madaniy-obida va yodgorliklar bebaho qadriyat
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031
Madaniy-obida va yodgorliklar bebaho qadriyat. Har qaysi xalq yoki
millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Kishlik jamiyati taraqqiyoti jarayonida insoniyat tomonidan Mirs exromlari , Tojmaxal, Perudagi gigant xaykallari, Turkiyadagi yer osti shaharlari, Efel minorasi singari yuzlab ulkan inshoatlar, noyob me’moriy muxandislik jihatlari bilan har qanday kishini xayratga soladi.
O’zbekiston - bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o’zining ko’rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ular xalqimizning o’tmishini o’zida mujassam etgan milliy qadriyatlarimiz namunasi, xalqimizning bebaxo mulkidir. Yurtimizdagi yuzlab ko’xna va betakror obidalar asrlar davomida jahon axlini lol etib kelmoqda.
Mir Arab madrasasi, masjidi kalon, Mag’oki Attor masjidi, Toqi Zarg’aron, Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon, Karmanadagi Xazrati Qosimshayx xonaqoxi, Timi Kalon, Modarixon madrasasi, Oyposhsha Oydin madrasasi, Fatxulla qushbegi madrasasi, Fayzabod xonaqoxi, Do’stum madrasasi, Abdullaxon madrasasi fikrimizning dalilidir. 23
XIX asrning 40 yillarida Buxoroda 38 ta karvonsroy bo’lib, ularda musofir savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi–amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.
Buxoro ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 ta masjid va 83 ta hovuz mavjud bo’lgan.
Ichan qa’la bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorliklardir. U “Ming gumbaz shahri” nomi bilan mashhurdir. Ichan Qa’la Xiva shahrining ichki qa’la (Shahriston) qismidir. Ichan qa’la Dishan qa’ladan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to’rtta darvoza orqali kiriladi. Xorazm o’lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari – madrasa, masjid, saroy va minoralar ichan qa’ala joylashgan.
Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan Sharif shahar Buxoro o’zining me’moriy obidalari bilan dunyoga mashhurdir. Minorai Kalon, Shahriston, Ismoil Samoniy maqbarasi, chor minor va boshqa ko’plab me’moriy obidalar ajdodlarimizdan qolgan bebaho durdonalardir. Buxorolik ustalarning aql zakovati bilan buxoroda bunyod etilgan me’moriy obidalarning har biri o’ziga xos sir- sinoatga ega. Ularning barchasida insonlarni oliyjanob fazilatlar sohibi bo’lishga undash va da’vati ustovorlik qiladi.
Mustaqillik yillarida bunyod etilgan “Kuhan va boqiy Buxoro” me’moriy obidasi o’zida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirgan. Mazkur monument o’zida: oilaning muqaddas va mustahkaligi; ezgu ishlar-farzand tarbiyasi, uy qurish va bog’ bunyod etishning ulug’langanligi; muqaddas avliyo va pirlar ruxlarining qo’llab-quvvatlashiga erishmoq, bu maqsadda faqat xayrli va savobli ishlar qilmoqlik; ajdodlar ugitlariga amal qilishga da’vat qilinganlik; ko’p ming yillik tarixiy madaniyatning farzand tarbiyasiga muntazam va ijodiy ta’sirining ko’rsatilganligi; ilm-fan, ma’naviyt taraqqiyotiga va yurt ravnaqiga munosib xissa qo’shganlarni qadrlash; yurtimizni buguni va kelajagiga ishon ruhining chuqur ifodalanganligi; O’zbekistonni dunyo tan olgan yurt sifatida e’zozlash, uning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotiga munosib ulush qo’shish yo’lida fidokorona mehnat qilishga da’vat; Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo’lida kurashga tayyor bo’lish; O’zidan ozod va obod Vatan, farovon xayot qoldirish yo’lidagi kurashda faollik ko’rsatish g’oyasi; o’z shahri, Vatanini sevish va undan faxrlanish g’oyasi; 24
Fidokorlik va tashabbuskorlik ko’rsatishga, xalqparvar va fidoyi inson bo’lish kabi mantiqan teran va da’vatkor g’oyalar mavjudligi “Kuxna va boqiy Buxoro” monumentining faxr va iftixor maskaniga aylantirishiga imkon yaratmoqda.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling