Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati


Download 77.19 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi77.19 Kb.
#1589884
1   2   3
Bog'liq
KIM 4

Natural ko’rinishida baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo’lgan ehtiyojni aniqlash imkonini beradi.

Qiymat ko’rinishida baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizasiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy fondlarni baholash

  • Boshlang’ich qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
  • Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi.
  • Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir.

Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fo’r) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:

  • Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
  • Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
  • Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
  • T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo’luvchi o’rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
  • T2 –ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o’rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).

Download 77.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling