Fayllarni qayta nomlash.
Fayllarni qayta nomlash uchun ren (Rename) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
ren [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi yangi fayl nomi
Buyruqdagi birinchi faylning nomi qayta nomlanayotgan faylning nomini, ikkinchisi esa yangi faylning nomini bildiradi.
Diskovod va yo‘l qaysi katalogda fayllar qayta nomlanayotganini ko‘rsatadi. Agar diskovod yoki yo‘l tushib qolgan bo‘lsa, unda joriy diskovod va joriy katalog nazarda tutiladi.
Fayllarning nomlarida * va ?simvollarini ham ishlatish mumkin.
Berilgan katalog va buyruqdagi faylning birinchi nomida berilgan andozaga to‘g‘ri keluvchi hamma fayllar qayta nomlanadi. Agar * va ?simvollari buyruqdagi faylning ikkinchi nomida bo‘lsa, unda fayllarning nomlarining simvollari tegishli porsiyalarda o‘zgarmaydi.
Misollar:
Ren xxx.doc.xxx.txt - joriy katalogdagi simvollari xxx.doc faylini qayta nomlaydi.
Faylning yangi nomi - xxx.txt
Ren a:\*.doc x.txt - A: diskovodidagi barcha doc kengaytmali hamma fayllarini qayta nomlanadi va fayllar kengaytirilgan txt ga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |