Mening bir ish kunim


Download 16.41 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi16.41 Kb.
#1122579
Bog'liq
Tadjibaev Alisher


Tadjibaev Alisher
Mening bir ish kunim

Men Tadjibaev Alisher. Men Markaziy Osiyodagi eng yirik qora metallurgiya kombinati – “O’zmetkombinat’ AJ da bosh energetic bo’lib ishlab kelayabman. Men 2005-yil Toshkent davlat texnika universitetining energetika fakultetini tomomlaganimdan keyin ish faoliyatimni shu kombinatda elektrota’minlovchi sifatida boshlaganman. Ushbu kombinatda mening otam va bobomlar ham ishlashgan. Men bundan juda ham faxirlanaman.


Ishimo’zimga yoqadi. Taxminan soat 07:30 larda ishimni kombinat sexlarini aylanishdan boshlayman, odamlar bilan suhbatlashaman, o’zimning kelajakda qiladigan ishlarimni rejalashtiraman. Xonamga kelganimdan keyin dispetcherlik xizmatidan kechasi bo’lib o’tagan vaziyat haqida ma’lumot olaman. Ushbu ma’lumotlarga tayanib o’z qo’l ostimdagi odamlarga tegishli topshiriqlar beraman. Bir kunda yig’ilgan imzo qo’yishga yoki ko’rib chiqishga olib kelingan hujjatlarni ko’rib chiqishga kirishaman. Har xil turdagi hujjatlar bo’ladi, biri ariza bilan chiqadi, boshqa ishga o’taman deb, biri yordam so’rab chiqadi. Qo’ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman. Hullatlarni ko’rib chiqgandan so’ng o’zimning to’g’ridan-to’g’ri boshliqimtenik direktor yoniga boraman. Ular bilan kechagi kunda bo’lgan ishlar to’g’risida mulohaza qilamiz va bugungi kun ish rejasini ko’rib chiqamiz. Ko’rib chiqilgan reja asosida topshiriqlar beramiz va uni bajarishni nazoratga olamiz.
Soat 15:00 da menga qarashli bo’lagan sexlarni boshliqlarini va o’z o’rin bosarlarim bilan yig’ilish o’tkazaman. O’tgan yig’ilishda qo’yilgan vazifalar bajarilishi bo’yicha hisobat berishadi, o’zlarini muammoli savollarini yechish yo’llarini maslahatlashishadi. Yig’ilish bo’yicha bayonat tuzilib o’rinbosarlarim o’z yo’nalishlari bo’yicha nazorat qilishadi.
Haftaning har kunida menda jadval bo’yicha ishlab chiqarish sexlarini energetika uskunalarining ishlashini nazorat bo’yicha kun belgilagan jadvaldagi kunga to’g’ri kelgan sexga boraman. Sex boshliqlari va ishchi hodimlari bilan sex ishlashi bo’yicha muzokaralar o’tkazamiz va ularni qiynab kelayotgan savollarni yechishga harakat qilamiz. Savollarni yechish bizning qo’limizdan kelmagan taqdirda o’zimizdan yuqori lavozimdagi boshliqlarga ushbu savollar bilan murojaat qilaman va yechimini hal qilishgacha olib boraman. Kun oxirida taxminan soat 18:30 yoki 19:00 larda o’z xonamga kelib, o’tkazgan kunim bo’yicha tahlil qilaman va ertangi kun uchun reja tuzaman.
Download 16.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling