Microsoft Excel ba’zan Microsoft Office Excel
Download 174.08 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMicrosoft Excel - Vikipediya
Izoh: 1.0 versiyasi
Apple mahsulotlari bilan chalkashlikdan yiroqda boʻlish uchun ishlatilmagan. Izoh: Excel 6.0 mavjud emas, negaki Windows 95 versiyasi Word 7 bilan yetkazilgan. Izoh: 13.0 versiyasi triskaidekafobiya (13 sonidan qoʻrqish kasalligi) tufayli qoldirilib ketilgan. Excel 2010 oʻzining ichki 14.0 versiyasiga ega. Macintosh uchun versiyalar 1985 — Excel 1.0 1988 — Excel 1.5 1989 — Excel 2.2 1990 — Excel 3.0 1992 — Excel 4.0 1993 — Excel 5.0 1998 — 8.0 (Office '98)Excel 2000 — Excel 9.0 (Office 2001) 2001 — Excel 10.0 (Office V. X) 2004 — Excel 11.0 (Office 2004) 2008 — Excel 12.0 (Office 2008) 2011 — Excel 14.0 (Office 2011) 2015 — Excel 15.0 (Office 2016) OS/2 uchun versiyalar 1989 — Excel 2.2 1990 — Excel 2.3 1991 — Excel 3.0 Excel oʻzining 7.0 versiyasiga qadar 16 384 (2 14 ) satr (qator)dan iborat edi. 8.0-11.0 versiyalarida esa bu son 65 536 (2 16 ) qator va 256 ustun (2 8 )ga yetdi. 12.0 va 14.0 versiyalar 1 048 576 (2 20 ) qator va 16 384 ta (2 14 ) ustunga ega. Microsoft Excel 2003-yilga qadar asosiy format sifatida oʻzining ikkilik fayl formati (BIFF)dan foydalanardi. Excel 2007 Microsoft Office Open XML dan oʻzining asosiy formati sifatida foydalanadi. Bundan tashqari, Microsoft Excel CSV, DBF, SYLK, DIF va boshqa formatlarni oʻqishi mumkin. Office Open XML Microsoft Office 2007 koʻplab yangi fayl formatlarni taniydi. Ular Office Open XML (OOXML)ning tarkibiy qismi hisoblarnadi. Excel 2007 yangi formatlari Format Kengaytmasi Eslatma Excel ish kitobi .xlsx Excel 2007ning standart ish kitobi formati. Makroslardan holi. XML-hujjatlarning siqilgan ZIP-arxividir. Makrosli Excel ish kitobi .xlsm Makroslarni qoʻllay olishi bilan farqlanadi Ikkilik Excel ish kitobi .xlsb Makroslarni qoʻllay oluvchi va ma’lumotlarni ikkilik formatda saqlovchi Excel ish kitobi. Hujjatlarni XMLga nisbatan tez ochadi. Makrosli Excel andazasi .xltm Ishchi kitoblar uchun andaza sifatida yaratilgan va makroslarni qoʻllay oladi. Eski. xlt formatini oʻrniga. Ustqurma Excel .xlam Excelga qoʻshimcha funksional imkoniyatlar va vositalar qoʻshish uchun moʻljallangan. Eksport va jadvallarni ko'chirish API bir qator boshqa dasturlarda Excel jadvallarini ochish imkonini beradi. U ActiveX yoki Adobe Flash Player kabi plaginlar yordamida Excel hujjatlarini veb-sahifalarda ochish imkonini ham beradi.Excel universal elektron qurilma unda ishlash har tomonlama qulay Excelning imkoniyatlari sirasiga yana VBA asosida kod yozish ham kiradi. Bu kod jadval muharriridan boshqa maxsus muharrir yordamida yoziladi. Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini oʻz ichiga oladi: hujjat ochish uchun maxfiy soʻz [2] hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy soʻz [3] sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz [4] VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi. Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida "ochish uchun maxfiy so'z" 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam boʻlmasligini koʻrsatadi. Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani "ochish uchun maxfiy so'z" himoya turi oʻrnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar ta’minlay oladi. MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma’lumotlar jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlangʻich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlangʻich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli; sonli ifodalar; formulalar. Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar boʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. EXCELning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval xisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4 Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan: Правĸа boʻlimidagi "Заполнить" va "Очистить" boʻlimlari kataklarning belgilangan yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Удалить лист boʻlimi belgilangan varaqni oʻchiradi. Переместить \ сĸопировать лист Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalarni bajaradi. Вид boʻlimining Строĸа формул boʻlimi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha. Вставĸа boʻlimi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun moʻljallangan boʻlib, ularning mazmuni quyidagicha: 1. Ячейĸи – jadvalga yangi katak qoʻshish; 2. Строĸи – jadvalga yangi satr qoʻshish; 3. Столбцы – varaqqa yangi ustunlar qoʻshish; 4. Лист – ishchi kitobga yangi varaq qoʻshish; 5. Диаграмма- diagrammalar tashkil etish; 6. Разрыв страницы – sahifani ajratish; 7. Фунĸция – funksiyalarni tanlash; 8. Имя – ishchi kitobga nom berish; 9. Примечание – izohlar hosil qilish; 10. Рисуноĸ - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish; 11. Карта – xaritalar hosil qilish. Формат boʻlimi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Boʻlim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yoʻqotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Стиль bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma’lumotlarning berilishi va tuldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va oʻlchamini belgilash mumkin. Сервис boʻlimi Office muhitidagi amaliy dasturlarnikiga oʻxshash. Данные boʻlimi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga moʻljallangan: 1. Сортировĸа – qiymatlarni tartiblash; 2. Фильтр – biror belgi yoki shart boʻyicha saralash; 3. Форма.. – biror shaklda tartiblash; 4. Итоги.. – yakuniy natijalarni aniqlash; 5. Проверĸа.. – ma’lumotlarni tekshirish; 6. Теĸст по столбцам.. – matnni ustunlarga boʻlish; 7. Консолидация.. – qiymatlarni birlashtirish; 8. Группа и струĸтура – yangi tizimlar olish; 9. Свободная таблица. – natijaviy jadvallar tuzish; 10. Внешние данные – tashki ma’lumotlar kiritish. Оĸно - ishchi oynani tartiblash. Справĸа - yoʻriqnoma va ma’luomot olish. Excel 2007 va 2010 versiyalarida ishchi menyu boʻlimlari umumlashtirilgan va tartibga keltirilgan hamda "Главная" (Asosiy), "Вставĸа" (Qoʻshish), "Разметĸа страницы" (Sahifani tahrirlash) , "Формулы" (Formulalar), "Данные" (Ma’lumotlar), "Рецензирование" (Taqriz), "Вид" (Koʻrinish) boʻlimlaridan iborat. Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan ma’lumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin. Excelda ma’lumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga boʻlinadi: gistogramma; — sohali; grafikli; — xalqali; doiraviy; — sirtli; nuqtali; — birjaviy va hokazo. Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma- ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni yuklash. 2) Mavzuni kiritish. 3) Ustunlar kengligini tanlash. 4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish. 5) Yacheykalarni ma’lumotlar bilan toʻldirish 6) Toʻldirish ustunining formulasini berish. 7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil qilish. 8) Ma’lumotlarni saralash. Excel dasturi ham ba’zi bir funksiyalari sabab koʻplab tanqidlarga uchragan. Misol uchun, statik aniqlik jihatidan Excelni tanqid qilishgan. Sana bilan bog'liq muammolar Excelning 2007 versiyasiga qadar va oʻzida ham 1900-yil kabisa yil deb xato hisoblanib kelingan. Xato Lotus 1-2-3 da paydo boʻlgan va majburan Excelga targʻib qilingan. Exceldagi tasvirlarning xatoligi 2007-yilning 22-sentabrida muayyan holatlarda Excel 2007 notoʻg'ri natijalarni koʻrsatishi toʻg'risida xabar paydo boʻldi. Bu matematik hisob jitob bilan bogʻliq boʻlib, bu haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin. Muammo 2007-yil 9-oktabr sanasida maxsus patch ishlab chiqarilishi bilan hal qilindi. Bu xato Microsoft Excel 2016 da kuzatilmaydi. Microsoft Excel (Windows) Microsoft Excel Muallif Microsoft Corporation Ishlab chiqaruvchi Microsoft tashkil topdi: 1988-yil Eng so‘nggi versiyasi 15.0.4693.1000; 2015- yil mart / 2015 -yil Operatsion sistema Microsoft Windows , macOS , iOS , Android , Windows Mobile Status jadval muharriri Litsenziya EULA Microsoft Excel (Mac OS X) Fayl:Excel 2008 mac os x.jpg Microsoft Excel 2008 Muallif Microsoft Corporation Ishlab chiqaruvchi Microsoft tashkil topdi: 1985-yil 30-sentabr Eng so‘nggi versiyasi 14.1.0 Build 110310 (2011) / 2011 -yil Operatsion sistema Microsoft Windows , macOS , iOS , Android , Windows Mobile Status jadval muharriri Litsenziya EULA Tarixi … Versiyalar … … … … Fayl formatlari … … … Dasturlash … Microsoft Excelning maxfiy so'zli himoyasi … Excelning asosiy elementlari … Excel ishchi menyusi bo'limlari … Excelda diagrammalar … Tanqid … … … Shuningdek qarang Manbalar Adabiyot Tashqi havolalar 19/10/22, 09:51 Стр. 1 из 1 Download 174.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling