Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
4 mavjud edi. Oltmish to‘qqizinchi yilning kuz oylarida radioda ishlash havasi bilan O’lmas akaga uchrashdim. Matbuotda uch-to‘rt yil ishlaganim, besh-o‘n hikoya e’lon qilganim bilan O’lmas aka oldida men hech kim emasdim. Kelajakda qo‘limdan biron ish kelish-kelmasligi ham aniq emasdi. Shunga qaramay, O’lmas aka xuddi o‘z tengqurlari bilan gaplashganday suhbatlashdilar. Gaplashganda ham bozordagi narx-navolar emas, adabiyot muammolari bo‘yicha fikr yuritdilar. Adabiyotga, xususan ayrim asarlarga bo‘lgan munosabatim bilan qizikdilar. Savollar meni sinash maqsadida berilmagan edi. Gap maromi xuddi ikki ijodkor do‘stning suhbati kabi edi. Bundan men bir oz hijolat ham bo‘lardim. O’lmas aka hijolatimni sezib, yanada samimiyroq, yanada soddaroq tarzda gaplashmoqqa urinardilar. Bir mahal kutilmaganda: — Hozirgi zamon romani qanday bo‘lishi kerak? — deb so‘rab qoldilar. Hozir, yoshim ellik beshga yetib, hali ham roman yozmaganligim inobatga olinsa, u damda mazkur savolga tayinli javob bermog‘imning naqadar mushkul bo‘lganini tasavvur etmoq mumkin. O’shanda O’lmas akaning o‘zlari meni bu qiyin ahvoldan qutqarib, yangicha romanga munosabatlarini bildirdilar: — Hozir yostikday-yostikday «semiz» kitoblar yozish vaqti emas, bunaqa kitoblarni o‘qishga hozirgilarning toqati yetishmaydi. Endi kitobxonga ixcham, mag‘zi to‘q romanlar kerak. Tez o‘qishsin, ammo ko‘pgina ma’no durlarini terishsin... O’lmas akaning o‘shanda «Odam bo‘lish qiyin» deb nomlangan birinchi romanlarini yozayotganlarini keyinroq bildim. Suhbatdan bir necha oy o‘tgach, harbiy xizmatga chaqirildim. Xizmatimning adog‘iga yaqin do‘stim Abdujalil Zokirovdan bir kitob oldim. Qarasam, O’lmas akaning yangi kitoblari. O’zlari aytganday ixcham, o‘zlari aytganday, bosh ko‘tarmasdan bir zarbda o‘qib chiqiladigan asar, mag‘zi to‘q asar. Askar yigitlar kitobni qo‘lma-qo‘l o‘qishdi. Asar qahramonlarining taqdiri ularni befarq qoldirmadi. Ayniqsa Gulchehraning takdiri sevgi yoshidagi askar yigitlarning dilini poralab yuborgan edi. O’shanda O’lmas aka roman yozishlari bilan ikki tomonlama sinovga duch kelgan edilar: birinchisi — o‘ttiz besh yoshga kirgan adib o‘sha davr qarichi bilan o‘lchalganida «yosh yozuvchi» deb hisoblanardi. «Yosh yozuvchi»ning esa roman yozishi ko‘pchilikka g‘alati tuyulardi. U damda yosh yozuvchilarning «romanchilik dovonini» oshib o‘tmoqlari oson emasdi. Chunki roman yozgan adib endi yetuk ijodkorlar safiga o‘tardi. Ikkinchisi — «yosh yozuvchi» yozgan romanning hajmi kichik. Boshqalarniki kabi «semiz» emas. Boshqalar kabi sinalgan yo‘ldan yurmagan. Romandagi bayon uslubining o‘zicha ravonligi, qahramonlar ruhiyatining atroflicha tahlil etilganligi, hayot falsafasining teran aks ettirilishi har ikki sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlagan. O’lmas Umarbekovni zamonaviy o‘zbek detektiv adabiyotining asoschilaridan biri, deb atash ham o‘rinli. O’lmas akaning Qo‘qon teatri sahnasida qo‘yilgan birinchi sahna asarlari — «Sud», «Yoz yomg‘iri» qissalari zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. Bu ham yozuvchining faqat yangilikka intilib ijod qilganiga bir dalil bo‘la oladi. O’lmas aka faqat ijodda emas, xizmatda ham rang-baranglikka intilar edilar. Radioda to hozirgacha davom etib kelayotgan «Tabassum», «Dugonalar», «Gulshan» kabi radiojurnallarning paydo bo‘lishida u kishining ham xizmatlari bor. O’lmas aka radioda ishlaganlarida tahririyat adabiyot darsxonasiga o‘xshab ketardi. Yozuvchilar, aktyorlar ko‘p kelishardi, studiyada ishlari bitgach, darrov izlariga qaytmay, tahririyat xonasida gurung qilishardi. Biron eshittirish tayyorlash lozim bo‘lganida u kishi boshliq sifatida biror xodimni huzurlariga chaqirtirib «falon ishni qiling», deb buyurmasdilar. Balki o‘zlari muharrirlar huzuriga chiqib, gurunglashib o‘tirib «shunday eshittirish qilsak qanday bo‘larkin? deb vazifa yuklanayotgan odamga qarab ko‘yardilar. Buyruk taklif tarzida berilibgina qolmay, maslahat, yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatilardi. «O’zbekfilm»ni boshqargan paytlarida o‘zbek kinosiga milliy ruh berishga ancha urindilar. Yozuvchilarni o‘zbek tilida stsenariy yozishga jalb etish maqsadida maxsus «stsenariy studiyasi» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling