Mundarija O’quv materiallar
Ilova 4. Topshiriq va savollar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA akademik yozuv 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
- 7-dars Mavzu
- Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashgulotalr tartibi
- 8-dars Mavzu
- 9-dars Mavzu
- Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ilova 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ilova 2.
Ilova 4. Topshiriq va savollar. Mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so'ngra ( ^ ulami rasmiy yoki shaxsiy munosabatni itbdalashiga ko‘ra gumhlang, ular o'rtasidagi farqni izohlang. 0‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, begilangan jadvalga muvofiq, ko'nglini ko‘- tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, «Kamolot» yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin. Mashq. Gaplarda tushirib qoldirgan so‘z va qo'shimchalami o'rniga qo‘yib ko‘chiring. Ushbu matnning oldingi matndan qanday farqlanishini tushuntiring. Toshkent sharqshunoslik akademik litseyi 2- bosqich talabasi Ahror Rahmonov... shaxsiy a’zolik... ochishingiz... so‘raymiz. A. Rahmonov 51 o‘qishni bitirgan taqdirda, hisob bo‘limiga kutubxona ma’lumotnoma... topshirma... unga shahodatnoma bermas... kafolat bera... . Ushbu majburiyat bajaril... holat... A. Rahmonov... dan kutubxonaga qaytarilmagan adabiyotlar... barcha moddiy javobgar... o‘z zimmamizga... ola... . Topshiriq. Klaster usulidan foydalanib rasmiy-ish uslubiga xos bo’lgan xususiyatlarni tushuntiring. Mashq. Quyidagi so’z, atama va so’z birikmalarining qaysi uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo’lgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing Mehnat shartnomasi, axborot xati, modellashtirish, taklif etiladi, iltimos qilaman, so’rab ko’ramiz, dalil bo’la oladi, avtomatlashtirish, electron qurilma, biznes va boshqaruv, ko’chmas mulk, ko’rib chqilsin, zimmasiga yukaltilsin, chiziqli dasturlash. Mashq. Quyidagi so’z birikmalari ishtirokidagi gaplar tuzing. Ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajrating. Iltimos qilmoq, talab etilmoq, o’qishga kirmoq, vazifadan ozod etilmoq, aytilganlarni inobatga olgan holda, salom yetkazmoq, jadvalga muvofiq, ko’ngilni ko’tarmoq, amalga oshirmoq, aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, vaqt topolmaslik, dasturlovchi bo’lib ishlamoq, ro’yxatga olinmoq, hushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida. 7-dars Mavzu: Ish yuritish terminlarining lug‘ati. Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjatchilikda keng uchraydigan terminlar bilan tanishtirish. Darsning vazifalari: Kutilayotgan natijalar: 52 1. Ish yuritish atamalari bilan tanishtirish. 2. Ish yuritish terminlaridan foydalanishni o’rgatish. 1. Talabalar ish yuritish tili ko'p uchraydigan so'zlarni o'rganadilar. 2. Ish yuritishda turli terminlardan foydalanish bilimiga ega bo'ladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism (30 daq) 1. hujjatchilik terminlariga misol berishlarini so'raydi. 2. Talabalarga ish yuritish keng qo’llaniladigan hujjatlar beriladi va ulardan atamalarni topish so’raladi. 1. Talabalar javob berishadi.(Ilova 1) 2. Talabalar juft bo'lib topshiriqni bajarishadi. (Ilova 2) 3. Mustahkamlash (20 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 3) 3. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 53 7. Ish yuritish terminlarining lug‘ati. Ilova 1. HUJJATCHILIK TERMINLARI Ilova 2. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridanolingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunosiikning bo‘limidir. Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir. Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. lug‘atlar ikki turli boladi: 1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar; 2) filologik (lingvistik) lug‘atlar. Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi. Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik 54 lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy- iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi. Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda. Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi. 1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «0‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi. Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.) 55 Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi. Ilova 3. Savol va topshiriqlar: 1. So`z va atama bir-biridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 2. Ma’lum bir lug`aviy birlik ham so`z, ham atama bo`lishi mumkinmi? 3. Iboralardan atama sifatida foydalanish mumkinmi? 4. Atama yaratishda qaysi manbalar ichki, ya’ni asosiy manba hisoblanadi? 5. Atama tanlashda tashqi manba deyilganda nima tushuniladi? 6. Yangi atamalar yaratish, tanlash va qo`llashda qanday umumiy qoidalarga tayaniladi? 7. O`z mutaxassisligingizga oid qo`shimchalar qo`shish, birikmalar hosil qilish, tarjima qilish orqali yasalgan va boshqa tillardan to`g`ridan -to`g`ri o`zlashtirish orqali qo`llanayotgan atamalarga misollar keltiring. 8. Mutaxassisligingizga oid qanday atamalarning qo`llanishida kamchilik bor deb hisoblaysiz? 9. Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid qanday atamalarni nutqimizga, tilimizga singmayapti deb hisoblaysiz? 10. Kundalik matbuot sahifalaridan tilimizga singib ketmagan, g`aliz qo`llanayotgan so`z va atamalarga misollar toping. 8-dars Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari. Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjat turlari bilan tanishtirish. Darsning vazifalari: 1. Hujjat turlari bilan tanishtirish. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar hujjat turlari bilan 56 2. Ularning o’ziga hos hususiyatlari haqida ma’lumot berish. tanishadilar. 2. Ularning o’ziga hos hususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism ( 30 daq) 1. Talabalardan ko'p ishlatiladigan hujjatlar ro'yhatini tuzib chiqishlarini so'raydi. 2. Ushbu hujjatlarni ma'lum bir jihatlariga e'tibor bergan holda turlarga ajratishni so'raydi. 3. Hujjat turlarini jadval asosida tushuntirib beradi. 1. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi. 2. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi. 3. Talabalar tinglab o'zlari yaratgan turlar bilan solishtirishadi va savollar berishadi. (ilova 1) 3. Mustahkamlash (20 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 2) 3. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 57 8. Hujjat turlari va xususiyatlari Ilova 1. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlar ham hilma-hil va mikdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo'lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo'yiladigan ko'pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga hos lisoniy hususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gan ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko'ra tasnif qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo’lmasa-da, har qalay, ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an'anaga ko'ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo tuzilish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir. Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o'z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o'z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o'ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo'lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). 58 Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo'lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo'ladi. Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq, bir- biriga o'xshash va ko'p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o'z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya'ni o'zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o'zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko'pincha «yozmoq» emas, balki «to'ldirmoq» so'zi ishlatiladi. Shu o'rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish - ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo'llardan biridir. Chunki bu tadbir hujjat matnlarini bir xil qilish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma'lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko'plab hujjatlarni kiritish mumkin. Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat xujjatlari tayyorlanishiga ko'ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo'lsa, shahsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning hizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo'ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.). Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko'ra hujjatlar quyidagacha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko'chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya'ni tayyorlovchining qo'lyozma yoki kompyuterda ko'chirilgan dastlabki nusxasidir. 59 Bu nusxa tuzatilib, qayta ko'chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nushasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko'chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda o'ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo'yiladi. Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nushalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini - hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to'rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to'liq aks ettiradi, masalan, fotonushani yoki kompyuterda chiqarilgan nusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to'la ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan bevosita asliga muvofiq kelmaydi, ya'ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o'rniga «muhr» deb, imzo o'rniga «imzo» deb, gerb o'rniga «gerb» deb yozib qo'yiladi va h.k. Ba'zan muayyan hujjatga emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko'chirma olinadi (masalan, bayonnomadan ko'chirma, buyruqdan ko'chirma va h.k.). Nusxa va ko'chirmalar, albatta, notarius, kadrlar bo'limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina, huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asl nusxa yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil HUQUQIY kuchga egadir. Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqega ko'ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma'lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. Ilova 2. 1- topshiriq. Berilgan matnlaming hujjatning qaysi turiga kirishini aniqlang, ular o ‘rtasidagi farqlarni izohlang. 60 I. Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli otidan — sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. 0 ‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni esga olish mening uchun o ‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz uniting-u nutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman... Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham k o ‘ch ad an haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o ‘zim bilar edim... 3 hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim. A. Qodiriy, «O'tkan kunlar»dan II. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Akmal Islomovga (SA seriyadagi 0612408 raqamli pasportga ega) «ChoMpon yulduzi» mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasidan 2002- yil oktabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman. III. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. 0 ‘sha vaqtda bolalarini boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam q o iid a chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo‘llari cho‘qqa aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan... Zulfiya, 1965- yil 61 9-dars Mavzu: Ma’lumot-axborot hujjatlari. Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjat turlari ustida ishlash. Darsning vazifalari: 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan tanishtirish. 2. Tashkiliy hujjatlar bilan tanishtirish. 3. Hujjatlar bilan ishlash. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar ma’lumot-axborot hujjatlari bilan tanishadilar. 2. Tashkiliy hujjatlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. 3. Ma'lum hujjatlarni yozishni o'rganadilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism ( 25 daq) 1. Talabalardan turli hujjat turlari ro'yhatini berib ularni 2 turga ajratishni so'raydi. 2. Ma’lumot-axborot hujjatlari va tashkiliy hujjatlar haqida ma’lumot beradi. 1. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi. (ilova 1) 2. Talabalar tinglab savollar berishadi. (ilova 2) 3. Mustahkamlash (25 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 3) 62 4. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 9. Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ilova 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ilova 2. Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar) 2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish). 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). 4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlarga bo‘linadi. Bojxona organlarida xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi. Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir 63 tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi. Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling