Mundarija
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
iborolarning nutqdagi orni
II bob yuzasidan qisqa xulosalar
hаr bir tilning frаzеоlоgik qаtlаmi o`shа til egаsi bo`lmish хаlqning urf-оdаtlаri-yu, turmushini, dunyoqаrаshini аks ettirаdi. Bundаn tаshqаri, оbrаzli, mаzmundоr, tа’sirchаn vа bo`yoqdоr ibоrаlаr nutqimiz ko`rki, tilimizning bоyligidir. Frаzеоlоgizmlаr lеksik birliklаr kаbi istе’mоl dоirаsi nuqtаi nаzаridаn hаm tаsnif qilinаdi, ya’ni umumistе’mоldаgi ibоrаlаr vа qo`llаnishi chеgаrаlаngаn ibоrаlаr fаrqlаnаdi. Umumistе’mоldаgi ibоrаlаrgа shungа qаrаmаy, hоldаn tоymоq, ro`yobgа chiqmоq kаbilаr kirsа, qo`llаnilishi kеng bo`lmаgаn ibоrаlаr ilmiyligi (imkоniyatlаr dоirаsi, nаzаr tаshlаmоq, оg’riqli nuqtаlаr), bаdiiyligi (sаbr kоsаsi to`lmоq, ko`ngli оchiq), diаlеktаlligi (hаlаk bo`lmоq – оvоrа bo`lmоq), eskirgаnligi (аlifni kаltаk dеmоq, dumi хurjundа) bilаn хаrаktеrlаnаdi. Bundаy хususiyatlаr hаr bir tildаgi frаzеоlоgik birliklаr uchun хоsdir. Bugungi kundа tilshunоsligimiz оldidа frаzеоlоgik ibоrаlаrdаgi dаrаjаlаnish, gipоnimiya, iеrаrхоnimiya kаbi sеmаntik munоsаbаtlаrni o`rgаnish vа tаdqiq etish аsоsiy vаzifаlаrdаn biri bo`lib qоlmоqdа.
54
XULOSA
Til tafakkur gulshanining darvozalarini ochib beradigan, aqliy tafakkurga chorlaydigan muqaddas va mo`tabar ne`matdir.Tilga e`tibor va e`tirom esa inson zotining o`zligiga, muhtaramligiga ishoradir. O`zbek tilidagi mantiqiy mushohada, betakror go`zallik uning har bir lisoniy vositasida o`z aksini topgan. O`zbek gapirsa, qochib qol, o`zbek qopib emas, topib gapiradi,o`ynab gapirsa ham o`ylab gapiradi, deganlarda bir haqiqat bor. Zero, o`zbek tilidagi lisoniy birliklar borliqdagi voqelikni ifodalab, ong faoliyati, undagi saralash, umumlashtirish va tasniflash jarayoni bilan uzviy bog`liq. Tarixiy taraqqiyot, xalqning maishiy turmush tarzi hamda madaniy rivojlanish bevosita tilimizda o`z aksini topgan. O`zbek adabiy tilida narsa-hodisalarning nomini ifodalanishida ham ongdagi saralash jarayoniga amal qilinadi. Masalan, bir yillik o`simlik nomini ifodalovchi kungaboqar so`zining eng muhim birlamchi belgisi saralangan, kun-quyosh bilan aloqadorligi (yahni hamisha oftob tomonga harab harakatlanishi) nazarda tutilgan.So`z va tushunchaning mushtarak jihatlari til taraqqiyotining keyingi jarayonlarida ham kuzatiladi. Tilshunoslikdagi polisemiya( ko`p ma`nolilik) hodisasi ayni ongning borliqdagi voqelikni umumlashtirish( integrallash) ehtiyoji mavjudligi bilan izohlanadi. 55
Masalan, «Devoni lug`atit turk» asarida «bola» so`zi faqat hayvon va jonzotlarning bolalari ma`nosida qo`llanilishi tahkidlansa, hozirda bu so`zning ma`nosi kengaygan, ya`ni inson va jonzotlarning bolalari ham tushuniladi yoki buning aksi bo`lgan ma`no torayish hodisasi narsa-predmetning yo`qolib borishi, unga ehtiyojning kamayishi bilan sodir bo`ladi. Turkiy tillarda so`zlar ham ot, ham fe`l vazifasini bajargan, tilshunos E.Umarov ta`kidlashicha, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida osmoq so`zi – og`zi doirasimon idishlarni osib qo`yadigan chambaraksimon uy-ro`zg`or buyumini ifodalagan, hozirda esa bu so`z ma`nosida torayish ro`y bergan. O`zbek tilshunosligida shaxs faoliyati bilan bog`liq iboralar xalqning etnik xususiyati, dini va madaniyati, ijtimoiy qarashlari natijasida paydo bo`ladi. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, o`zbek nutqida shaxsni tavsiflab ifodalash maqsadida turli ma`noli va turli shaklli iboralardan foydalanish ko`plab uchraydi. Shaxsga ijobiy yoki salbiy baho berish xalqimiz madaniyati, qadriyatlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni quyidagi turlarga ajratishni tavsiya etaman: 1. Xarakter-xususiyat bilan bog`liq iboralar: bag`ri keng, bahosi yo`q, qo`li
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling