O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
fonetik sath birliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi asos
- 2.1.3. Fonema ottenkalari I.
II. Korrelyatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyaning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib toptan sistema (mikrosistema). Masalan, o‗zbek tili undoshlari "labial-til oldi" farqlanish belgisi asosida (p-t) + (b-d) + (t-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-l) + (v-r) korrelyatsiyasiga, "labial-til orqa" farqlanish belgisi asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-t) korrelyatsiyasiga, "til oldi - til orqa" farqlanish belgisi asosida (t-k) + (t-q) +
(d-g) + (s-x) + (z-g) + (n-ng) korrelyatsiyasiga, "portlovchi-sirg‗aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t- sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‗) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelyatsiyasiga uyushadi (korrelyatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi). Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlanadigan) belgi korrelyatsiyada integral (birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelyatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlanish belgisi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch- dj) + (x-g‗) oppozitsiyalarining barchasini bir korrelyatsiyaga birlashtirmoqda, demak, integral belgi vazifasini bajarmoqda, ayni paytda (p-b) oppozitsiyasidagi integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelyatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f- v (sirg‗aluvchi) kabi.
bor. Shulardan biri professor N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko‗ra tasnif qiladi: Birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o‗rtasidagi munosabatga ko‗ra belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Bir o‗lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii odnomernыe). Bunda bir oppozitsiya a‘zolariga xos bo‗lgan belgilar yig‗indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a‘zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b) dagi "lab-lab, 44
portlovchi" belgilari yig‗indisi (t-d) da yo‗q, (t-d) dagi "til oldi, portlovchi" belgilari yig‗indisi (k-g) da yo‗q, (k-g) dagi "til orqa - portlovchi" belgilari yig‗indisi (s-z) da yo‗q, (s-z) dagi "til oldi-dental, sirg‗aluvchi" belgilari yig‗indisi (sh-j) da yo‗q, (sh-j) dagi "til oldi-tanglay, sirg‗aluvchi" belgilari yig‗indisi (ch-dj) da yo‗q. Shuning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a‘zo uchramaydi. Bu xususiyat "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan korrelyatsiya tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos. Bir o‗lchovli oppozitsiyalar ba‘zan "bilateral oppozitsiyalar" deb ham nomlanadi. 1
oppozitsiya a‘zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga kirgan fonemaga ham xos bo‗ladi. Masalan, (b-d) oppozitsiyasi a‘zolaridagi "portlovchi, jarangli" lik belgilari (d-g) oppozitsiyasidagi (g) fonemasida ham bor (b-d-g kabi), (p-t) oppozitsiyasi a‘zolaridagi "portlovchi, jarangsiz" lik belgilari esa (t-k) oppozitsiyasi tarkibidagi (k) undoshida ham mavjud (p-t-k kabi). 3. Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a‘zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi barcha oppozitsiyalarga xos bo‗ladi. Masalan: (p-b) dagi "jarangsiz-jarangli" lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelyatsiya a‘zolarining barchasida bor: (p-b), (t-d), (k-g), (s-z), (sh-j), (ch-dj), (f-v), (x-g‗) kabi. 4. Yakkalangan oppozitsiya (oppozitsiya izolirovannaya). Bunday oppozitsiya a‘zolari o‗rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan: o‗zbek tilidagi (l-r) oppozitsiyasiga xos "yon sonant" va "titroq sonant" farqlanish belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo‗q. 2
asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a‘zolaridan birida bor bo‗lgan belgi shu
oppozitsiyaning ikkinchi a‘zosida bo‗lmaydi. Mas., (b-p) oppozitsiyasining birinchi a‘zosidagi "jaranglilik " belgisi shu oppozitsiyaning
1
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. М., 1966. С.282, 369.
2 Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси 29-31-бетлар.
45
ikkinchi a‘zosida yo‗q: b (jarangli) - p (jarangsiz) kabi. Bu xususiyat "portlash- sirg‗alish" differensial belgisiga asoslangan (t-s) oppozitsiyasiga ham xos: t (portlovchi) - s (sirg‗aluvchi) kabi. Demak, bunday oppozitsiya a‘zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishiga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli- jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‗aluvchi) kabi. 2. Gradual (pog‗onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, (i-e-a), (u-o‗-o) unlilarida ana shunday darajalanish bor: i (tor) - e (o‗rta keng) – a quyi keng), u (tor) - o‗ (o‗rta keng) - o (quyi keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa "tor" dan "keng" ga qarab darajalanib bormoqda. Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‗aluvchi). Bunda qorishiq (ch) dagi "portlash- sirg‗alish" belgisi uning portlovchi (t) bilan sirg‗aluvchi (sh) o‗rtasida qo‗yilishini taqozo qiladi (t-ch-sh kabi). Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab - lab) - d (til oldi-dental) - g (sayoz til orqa), p (lab-lab) - t (til oldi-dental) - k (til orqa). Bundagi gradatsiya artikulyatsiya o‗rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko‗chib borish darajasi bilan belgilanadi. 3. Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a‘zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari, yana bitta qo‗shimcha farqlanish belgisi ham mavjud bo‗ladi. 1
Masalan, o‗zbek tilidagi (i) va (u) unlilari "lablanmagan va lablangan" farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a‘zolarida qo‗shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi "lablanmagan, old qator" belgilari "lablangan, orqa qator" belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‗yiladi. 2 Bunday holat (e-o‗), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O‗zbek tili undoshlari tizimidagi (t-sh) zidlanishi ham ekvipolent oppozitsiyadir, chunki unda xam
1
Ахманова О.С. Словарь линвистических терминов. М., 1966. С. 371.
2 Журавлев В.К. Диахроническая фонология . М.: Наука, 1986. С. 78.
46
zidlanish ikki belgiga asoslanadi: t (til oldi-tish, portlovchi ) + sh (til oldi-tanglay, sirg‗aluvchi) = t-sh oppozitsiyasi kabi. Uchinchi asos oppozitsiya a‘zolarining ma‘no ajratish kuchiga va shu a‘zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko‗ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi.
o‗z farqlanish belgilarini yo‗qotmaydi. O‗zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta - taxta (so‗z boshida, unlidan oldin), ona - ota (intervokal holatda), topmoq — totmoq (so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), ip -it (so‗z oxirida), sim - shim (so‗z boshida, unlidan oldin), asir - ashir (intervokal holatda), osmoq - oshmoq (so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), tus - tush (so‗z oxirida kabi). Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har
ikkala a‘zosi jarangsiz bo‗lganda ko‗proq uchraydi. Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda "konstant oppozitsiya" deb ham nomlangan. 1
a‘zolari kuchli pozitsiyada (masalan, undoshlar so‗zning boshida, ikki unli orasida yoki unlidan oldin qo‗llanganda) o‗zlarining farqlanish belgilarini yo‗qotmaydi: bol va pol (b-p), dor va tor (d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (masalan, so‗z oxirida) esa ular neytrallashadi: (tub) dagi "b" undoshi jarangsiz "p" tarzida (tub > tup kabi), (qad) dagi "d" esa jarangsiz "t" tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi, natijada (b - p) va (d - t) ga xos "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi yo‗qolib, shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar - (b-p) dagi "lab-lab, portlovchi" lik, (d-t) dagi "til oldi-dental, portlovchi" lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o‗zaro zidlanishda bo‗lgan ikkala fonemaning bir umumiy vakili - varianti sanaladi, fonemalarning o‗zi esa variantga nisbatan arxifonema bo‗ladi: b/p yoki P arxifonemasi (tub va tup
1
370.
47
so‗zlarida), d/t yoki T arxifonemasi (qad va qat so‗zlarida), z/s yoki S arxifonemasi (tuz va tus so‗zlarida) bo‗lgani kabi. 1
bo‗lgan mustaqil birliklardir: ular so‗z va morfemalarning tovush qobig‗ini (ifoda jihatini) farqlash bilan birga, shu so‗z va morfemalarning ma‘nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo‗lib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; v) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‗yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelyatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog‗onasi (yadrosi), korrelyatsiya esa uning yuqori pog‗onasi bo‗ladi. Tilning fonologik tizimida korrelyatsiya hodisasi borligini aniqdagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bo‗lgan. U o‗zining fonetikaga doir bir risolasida "dol" "to" ga qanday munosabatda bo‗lsa, "zod" "sin" ga shunday munosabatda bo‗ladi," - degan edi. Qiyos qiling: "dol" (jarangli "d") - "to" (jarangsiz "t"), "zod" (jarangli "z") - "sin" (jarangsiz "s"). Bunda jaranglilik va jarangsizlik belgilariga asoslangan d-t, z-s oppozitsiyalarining bir korrelyatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz. 2
O‗zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‗lgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyatiga oid ayrim ma‘lumotlar Zahiriddin Boburning "Boburnoma" sida ham qayd etilgan.
Shcherba). Chunonchi "a" fonemasi old qator unlidir. Bu belgi "a" fonemasi uchun
1
Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М., Наука, 1986. С. 96-97.
2 Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси., Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 10-бет.
48
tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi "qaram" so‗zida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, "a" fonemasi "qaram" so‗zida ("q" bilan yondosh qo‗llanganda) orqa qator unli tarzida, "karam" so‗zida ("k" bilan yondosh qo‗llanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi: qaram va kərəm kabi. Bu ikki xil talaffuz "a" fonemasining so‗z tarkibidagi real ko‗rinishlari - ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulyatsion jihatdan o‗zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta "a" fonemasining vazifasini bajaradi, binobarin, bir fonemaning nutqdagi ikki vakili sanaladi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o‗rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor. Fonema ottenkalaridan birining o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi: bunga shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo‗l qo‗ymaydi. Masalan, ko‗l so‗zida faqat odd qator "ө", qo‗l so‗zida esa faqat orqa qator "o" qo‗llaniladi. Bir fonemaning turli pozitsiyadagi ko‗rinishlari - ottenkalari fonema qatorini hosil qiladi. Masalan, "u" fonemasi kul so‗zida old qator "γ" tarzida, qul so‗zida esa orqa qator "u" tarzida talaffuz etiladi, shunga ko‗ra γ, u qatorini yuzaga keltiradi. Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu tushuncha Moskva fonologiya maktabida fonema variatsiyasi nomi bilan, Praga funksional tilshunosligi maktabida esa fonema varianti nomi bilan ataladi.
ajratiladi. 1. Majburiy ottenkalar fonemaning so‗z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta‘sirida yohud ma‘lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‗zgargan ko‗rinishlaridir. Ular o‗z navbatida kombinator ottenkalar, pozitsion ottenkalar va aralash (kombinator-pozitsion) ottenkalarga bo‗linadi. a) kombinator ottenkalar so‗z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli "z" fonemasi mazkur so‗zi tarkibida jarangsiz "k" undoshi ta‘siriga uchraydi va jarangsiz "s" tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi; 49
b) pozitsion ottenkalar jarangli undosh fonemalarning so‗z oxirida kelgan, unli fonemalarning esa urg‗uli yoki urg‗usiz, ochiq yoki yopiq bo‗g‗inlarda qo‗llangan ko‗rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‗z oxirida jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi: kitob > kitop, omad >omat kabi. Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi (fonemaning so‗z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada reallashgan ko‗rinishi bo‗lganligi uchun), "i" unlisi bilan so‗zida qisqa va kuchsiz (urg‗usiz bo‗g‗inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‗lganligi uchun), o‗rik so‗zida kuchlirok (urg‗uli bo‗g‗inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‗lganligi uchun), bir so‗zida tor (to‗liq yopik bo‗g‗inda bo‗lganligi uchun), endi so‗zida esa bir oz kengaygan ko‗rinishda - ende shaklida (so‗z oxiridagi ochiq bo‗g‗inda bo‗lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‗rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli pozitsion ottenkalari xisoblanadi;
qatnashadi. Masalan, qilich so‗zi tarkibidagi birinchi "i" unlisi chuqur til orqa "q" undoshi ta‘siriga berilib, "ы" tarzida (kombinator ottenka shaklida), urg‗usiz bo‗g‗inda (kuchsiz pozitsiyada) bo‗lganligi uchun esa qisqa unli tarzida (pozitsion ottenka shaklida) talaffuz qilinadi. Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemaning allofonlari deb ham ataladi. Har bir fonema nutq oqimida o‗zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida reallashadi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik ko‗rinish hisoblanadi - fonemaning fonetik qurshovdan tashqarida (erkin holda) bo‗lgan asosiy ko‗rinishiga yaqin bo‗ladi. Odatda, fonemaning kuchli pozitsiyadagi ko‗rinishi bunga misol bo‗ladi. Masalan, daraxt so‗zi boshida yoki bodom so‗zi o‗rtasida (intervokal pozitsiyada) qo‗llangan "d" fonemasining akustik- artikulyatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‗rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha 50
ko‗rinishlar esa asosiy bo‗lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‗proq darajada qaram bo‗ladi. 2. fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar) - fonemalarning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko‗rinishlari. Chunonchi, ulfat so‗zidagi "f" shu pozitsiyaning o‗zida "p" ko‗rinishida ham qo‗llaniladi: ulfat -ulpat kabi. Bunday hodisa faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon so‗zlari talaffuzida ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, r-l, l-r almashinuvlarida fonetik qurshovning ta‘siri yo‗q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‗nikmalar ta‘sirida, ayrimlari esa jonli so‗zlashuv ko‗nikmalari bilan bog‗liq ravishda yuz beradi. Fakultativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda foydalanish hollari ham yo‗q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba‘zan
3. Individual ottenkalar kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‗liq ravishda yuz beradigan talaffuz ko‗rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari yoki nutq a‘zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‗zgarishlar). Bunday ottenkalarning lisoniy (lingvistik) qiymati yo‗q, shunga ko‗ra ular tilshunoslikda o‗rganilmaydi. III. Tilshunoslikda ottenka, variatsiya va variant atamalari uchrab turadi. Ottenka va variatsiya atamalari, aslida, bir tushunchani - bir fonemaning nutqdagi turli ko‗rinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri (ottenka atamasi) L.V. Shcherba nazariyasiga, ikkinchisi (variatsiya atamasi) esa Moskva fonologiya maktabiga xosdir. Masalan, "d" ning odam va ozod so‗zdaridagi ikki xil ko‗rinishi (jarangli "d" va jarangsiz "t") bir fonemanishg ikkita ottenkasi (L.V. Shcherba terminologiyasiga ko‗ra) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva fonologiya maktabi terminologiyasiga ko‗ra) xisoblanadi. Variant - atamasi tilshunoslikda ikki xil ma‘noda qo‗llanmoqda: Moskva fonologiya maktabi vakillari ishlarida variant ikki fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo‗‘tadillashuvidan (neytralizatsiyalanishidan) yuzaga kelgan bir xil ko‗rinishdir. Masalan, "savod" va "savat" (talaffuzda "savot" va "savat") kabi. Bunda "d" va "t" fonemalarining so‗z ichida mo‗‘tadillashuvi sodir bo‗lgan: d-t>T kabi. Bu ko‗rinish variant deb nomlanadi, u "d" va "t" 51
fonemalarining nutqdagi vakili bo‗lganligi uchun "d" va "t" larning ikkalasi giperfonema ("fonemalar guruhi") deb nomlanadi. 1
Praga tilshunosligi vakillari ishlarida variant atamasi ko‗prok ottenka (bir fonemaning ikki-uch xil ko‗rinishi) ma‘nosida qo‗llaniladi. O‗zbek tilshunosligida ham bu atama ko‗proq shu ma‘noda ishlatilmoqda. 2
IV. Tilshunoslikda fonema ottenkalari, variatsiyalari va variantlari kabi tushunchalarning kashf etilishi faqat nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham e‘tiborga loyiqdir. Bunday kashfiyot nutq va til hodisalarini, tilning moddiy va mavhum birliklarini farqlash bilan birga, fone-malar bilan ottenkalar o‗rtasidagi umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlarini anglab olish, ko‗p sonli tovushlarni ma‘lum miqdordagi fonemalarga birlashtirish, shu asosda alifbodagi harflar miqdorini ham cheklash imkonini beradi. Ayni shu jihatlarning o‗tmishda yetarli hisobga olinmaganligi uzoq yillar davomida ko‗pchilik xalqlarning adabiy til me‘yorlarini belgilashda, alifbo tarkibini shakllantirishda, imlo qoidalarini tuzishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‗lganligi tarixdan ma‘lum. O‗zbek tilshunosligi ham bundan mustasno emas.
Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o‗rganish ikki davr bilan izohlanadi: 1) «fonema» tushunchasi paydo bo‗lgunga qadar bo‗lgan davr; 2) fonologiya, ya‘ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrda fonema nazariyalarining yuzaga kelish davri.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling