O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining sog`ligini shakllantirish va
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik maktab yoshidagi oquvchilarning sogligini saqlashda harakatli oyinlarni ahamiyati
1. 2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining sog`ligini shakllantirish va
mustaxkamlashda badantarbiyaning ahamiyati. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish sog`liqni shakllantirish va mustaxkamlashning, shuningdek respublikamizda yetishib kelayotgan yosh avlodnig har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Fizkultura va sport bola va o`smirga juda ko`p fazilatlar baxsh etadi, ular jismonan baqquvvat bo`ladilar, harakat ko`nikmalari va jismoniy hususiyatlari takomilliga yetadi, organizmning zaxira kuchlari, ish qobiliyati, ko`pgina kasalliklarga qarshilik kuchini oshiradi. Biroq chidamlilik, umumiy sog`liq holati hammada bir hil emas, shuning uchun yuklama bir hil bo`lishi mumkin emas. Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari quyidagilardan iborat: 1.
sog`liqni mustaxkamlash, o`quvchilarni chiniqtirish, ularni to`g`ri jismoniy rivojiga va yuksak aqliy ish qobiliyatini saqlab turishga ko`maklashish. 18
2. jismoniy xususiyatlarni tarbiyalash (chaqqonlik, kuchlilik, tezlik, bardoshlik, qayishqoqlik) va hayotiy zarur harakat ko`nikmalarini: yurish, yugurish, sakrash, otish, tirmashib chiqish, oshib o`tish, safda yurishga tayyorgarlik, qomatni rostlaydigan, muvozanatni saqlashga doir mashqlar, harakatlar aniqligi va muvofiqligi, ritm va shuhrat sezgisi, jamoa bo`lib harakatlar qilish ko`nikmalari, va hokazo o`quvchilarni «Barkamol avlod uchun» meyoriy talablarini bajarishga tayyorlashni shakillantirish. 3. jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mahsus bilimlardan xabardor qilish va tashkiliy ko`nikmalarni, shuningdek shaxsiy va jamoat gigienasi ko`nikmalarini va madaniy xulq atvor odatlarini singdirish; shaxsan jismoniy barkamolikka yetish maqsadida mustaqil mashq qilishni bilish. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish jarayonida o`quvchilarda o`ziga va jamiyatga zarur bo`lgan iroda ko`nikmalari: maqsadga intilish, tashabbuskorlik, dovyuraklik, matonatlilik, intizomlilik, chidamlilik, shuningdek birodarlik, do`stlik va jamoa bo`lib harakat qilish sezgilari bo`lib harakat qilish sezgilari tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda turli sinflardagi o`quvchilarning sog`liq xolati, yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi. Mazkur bo`limda turli yosh davrlaridagi o`quvchilarning ushbu qo`llanmaning bundan oldingi bo`limlarida bayon qilingan xususiyatlarini nazarda tutgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishlari bo`yicha tavsiyanomalar taqdim etiladi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling