О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII –sinf o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha
- II bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berish texnologiyalari.
- Ijodiy o`yinlar
- Dars mavzusi
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsni jihozlash
- Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar
Uchinchi bosqichda tabiatdagi ilmiy-nazariy ishlarning natijalarini mustaqil umumlashtirish va o’quvchilarni ekologik bilimlarni targ’ibot qilish ishga jalb etish amalga oshiriladi. Nazariy bilimlar bilan birga o’quvchilarga kundalik turmushda sodir bo’lib turgan ekologik muammolar va tabiat muhofazasiga oid hodisalar bilan tanishtirish, o’quvchilarda tabiatga nisbatan mehr–muhabbat hislarini uyg’otish ularni atrof-muhitga zarar keltirmayotganlarga nisbatan murosasiz bo’lishi ruhida tarbiyalash kerak. Ekologik tarbiya–axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilishga, tabiatni dialеktik tushunishga yordam bеradi. O’zbekiston tabiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida barcha dars mashg’ulotlarida ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini his qilishga undaydigan usul va shakllardan foydalanish zarur. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Bunda ota-onalar ekologik savodxon bo‘lishlari kerak. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish tizimida uzluksiz ekologik ta’limni chuqur yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Geografiya fani о‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning о‘zaro aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni, ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini о‘quvchilarga izohlab berar ekan, bu holat undan о‘z fanidan tashqari boshqa fanlardan ham xabardor bо‘lishlikni talab etadi. Shu o’rinda olim N.Q. Nazarovning “Geografiya hududlar-falsafasi, geograf-hududlar ekologi” degan hikmatli so’zlarini keltirib o’tish lozim. Hududdagi ekologik muammolar asosan o’sha joydagi tabiiy geografik qonuniyatlarning buzilishi negizida ro’y beradi. Tabiiy georafiya bo’yicha ekologik ta’lim-tarbiyani uyg’un holda olib boruvchi geografia o’qituvchisi o’z 24
mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlarini chuqur bilish ekologik jarayonlarning kechishini izohlash, sabab va oqibatlarini tushuntirish, uni raqamlarda taqqoslash imkonini beradi. O’zining tug’ilib o’sgan maskani, ona vatanining geografiyasi haqida bilim olayotgan o’quvchi ekologik ta’lim-tarbiya bilan birgalikda ekologik tafakkurini o’stirish, vatanni ardoqlash, milliy iftixor g’ururi tuyg’usini shakllantirish orqali amalga oshirilganda о‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Mazkur ishonchni egallash oila-bog’cha-maktab ta’limi jarayonida amalga oshiriladi. Bunda о‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat о‘quvchilar о‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi bо‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, о‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga kо‘proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustivor masalalaridandir. О‘quvchilar maktabga borar ekanlar, о‘qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar. О‘qituvchi о‘quv faoliyati jarayonida qо‘llagan metodlar va hosil qilgan vaziyatlar, о‘quvchilarning atrof-olamni bilishlariga kо‘maklashishi muhim ahamiyatga ega. О‘quvchida hosil bо‘lgan bilish, ijod qilish, muloqotga kirishish quvonchi uning о‘quv jarayoniga bо‘lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa, о‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini kengaytirish imkonini beradi. О‘qituvchi har bir о‘quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yо‘naltirilgan о‘quv vaziyatini hosil qila olishi kerak. Muvaffaqiyat har bir о‘quvchi erisha olishi uchun qulay bо‘lgan о‘quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar о‘quv vaziyatida о‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim о‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar[4]. Agar о‘quvchiga о‘quv vaziyatida muvaffaqiyat qozanish imkoniyati berilsa u hayotda ham о‘ziga tо‘g‘ri yо‘l tanlay oladi. Shuningdek, geografiya о‘qituvchisining pedagogik mahorati asoslarini uning nazariy bilimi va malakasi tashkil qiladi. Mavjud nazariy bilim va turli xil innovatsion usullardan foydalana bilish darajasi о‘qituvchining ilmiy-pedagogik mahoratini belgilab beruvchi muhim kо‘rsatkichdir. Shunday ekan, geografiya fani 25
о‘qituvchisi ekologiyadan chuqur nazariy bilimga ega bо‘lishi, tarbiyaning samarador usullaridan habardor bо‘lishi, bu borada xalq pedagogikasining sinalgan usullaridan maqsadga muvofiq foydalana olishi lozim. Quyidagi jadvalda 7-sinf O’zbekiston tabiiy geografiya darsligida o’rin olgan ekologik mazmundagi mavzularni yoriyishda foydalaniladigan materiallar va ularning mazmuni haqidagi fikrlarni aks ettiramiz: VII –sinf o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha mazmuni. № O’quv dasturidagi mavzular O’quv dasturida mavjud
bo’lgan ekologik bilimlar Tavsiya etiladigan ekologik bilimlar 1 Yer yuzasi, geologik tuzilishi va
foydali qazilmalari Asosiy foydali
qazilma boyliklari va
ularning konlari, yer osti suvlaridan xalq
xo’jaligida foydalanish Yer yuzasi holatiga antropogen ta’sir, yer osti boyliklarini muhofaza qilish,
rekul’tivatsiya 2 O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish O’zbekistonda suvdan
foydalanishning xalq
xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi, suvlarning ifloslanishi, oldini olish chora-
tadbirlari Respublika hududida shakllanadigan hamda unga
tashqaridan keladigan suvlar miqdori va ularning nisbati, transchegaraviy suvlar muammosi, ichki
suvlarni tejash
va muhofaza qilish chora tadbirlari
26
3 O’zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni
muhofaza qilish Tabiiy
boylik tushunchasi, tabiiy resurslarning turlari, O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli
brikmalar tarkibi, katta shaxarlar havosining ifloslanishi, Surxondaryo, Orol dengizi, ichimlik suvi,
tuproq ekologik muammolari, “Qizil kitob” Resurslardan samarali foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar, atrof-muxit xolatini geografik baholash va bashoratlash bo’yicha ilk soda tushunchalar va ko’nikmalar, Orol dengizi muammosining zamonaviy yechimlari, Tursunzoda alyuminiy zavodi, Respublikada atrof-muxitni muhofaza qilish
bo’yicha
qabul qilingan ma’lumotlar va ularning mohiyati 4 O’zbekistonning tabiiy geografik o’lkalari Foydali qazilma
boyliklari, “Qizil
kitobga kiritilgan o’simlik va
hayvonlar” Tabiiy
geografik o’lkalardagi mahalliy va mintaqaviy muammolar, ularning zamonaviy yechimlari, mavjud qo’riqxonalar va
ularning asosiy
vazifalari
Mazkur materiallar O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda turli xil o’qitish usullari va vositalari yordamida singdiriladi. Ulardan qanday ta’lim 27
texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ayrim amaliy tavsiyalar keyingi bobda batafsil to’xtalamiz[15]. II bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berish texnologiyalari. 2.1 Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida ekologik ta`lim – tarbiya darsda o`rganiladigan mavzuning mazmuni e`tiborga olingan holda darsda o`quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi, debatlar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o`yinlar, taqdimot, o`z-o`zini baholash, tashrif kabilardan foydalanish, masala va mashqlar echishni yo`lga qo`yish o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog’i lozim. Dars jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: - darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo`llarini belgilash; - o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish; - kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini loyihalash, mustaqil ishlarni tashkil etish; - o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash; - natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish; - natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish. - o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o`quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`quvchilar o`rtasida hamkorlik, o`quv muloqoti, bahsi, munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi. 28
Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda didaktik o`yinli texnologiyasidan foydalanishda etakchi o`rinlarni ta`lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, kommunikativ funktsiyalar egallab, qolgan funktsiyalar ularga ilova bo`ladi. Geografiya o`qituvchisi darsda o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funktsiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy- metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik o`yinli
dars shaklida qo`llanilganda o’quvchilarning faolliklarini jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning geografik-ekologik bilim olish faoliyati, o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda o`yin faoliyati o`zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: o`yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin
rivojlantiruvchi faoliyat, ya`ni o`quvchilarning o`z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O`yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar. O`yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo`ladi. His-hayajonga yo`g’rilgan bilim, ko`nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
O`yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o`quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars jarayonini didaktik o`yinli darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi: - barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash; 29
- dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish; - o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; - bilimlarni nazorat va tahlil qilish; - o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish; Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funktsiya ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to`ldiradi va h.k. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan o`quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlarga turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma`ruzalar, “O`tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina va mushoiralar o`tkazish, O`zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish misol bo`ladi. Snuningdek, “O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari”, “O`zbekistonda qo’riqxonalar va ularni tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati”, “Allomalar nazmida ekologiya”, “Orol dardi - olam dardi” mavzulari bo`yicha ommaviy kechalar o`tkazish o’quvchilar faolligini oshiradi[11]. Jumladan, “Allomalar nazmida ekologiya” mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi reja asosida olib borilishi mumkin: O`qituvchining kirish so`zi. U o`z so`zida ulug’ allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muxammad Boburlarning boy ma`naviy meroslari, ularning geografiya faniga qo`shgan hissalarini qayd etib, o`quvchilarni ularning munosib vorislari bo`lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e`tibor berilganligi, bugungi kecha ulug’ allomalarning ekologik qarashlarini o`rganishga bag’ishlanishini ma`lum qiladi. Shundan so`ng, quyidagi mavzularda o`quvchilar tomonidan tayyorlangan ma`ruzalar tinglanadi: 1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya. 30
2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari. 3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari. 4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi. 5. Mirzo Ulug’bekning dunyo tsivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi. 6. Zahiriddin Muxammad Boburning geografiya fani rivojiga qo`shgan hissasi va ekologik qarashi[6]. Geografiya o`qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli kechani mazmunli o`tkazishi borasida, hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga tegishli sahna ko`rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to`plashi, ular asosida kecha senariysini tayyorlashi lozim. “O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari”, “O`zbekiston eng muhim tabiat go’shalari” mavzulardagi mazmunli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qo`shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani o`tkazish rejasini tuzishi va ma`ruzalar mavzusini tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog’liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari, o`quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko`rgazmasi, mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo`shgan hissalari haqida ma`ruzalar tayyorlanishiga e`tiborni qaratishi zarur. Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar geografiyani o`qitish samaradorligini oshirish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o`quv va amaliy mehnat ko`nimalarini rivojlantirish, o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik printsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi. O`qituvchi avval o`quvchilarni individual, so`ngra guruhli o`yinlarga tayyorlashi va o`tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so`ng, ommaviy o`yinlarga tayyorgarlik ko`rilishi lozim. Chunki o`quvchilar didaktik
31
o`yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o`rtasida o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam vujudga kelishi lozim. Quyida O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani bo’yicha ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda mavzular bo’yicha foydalaniladigan didaktik texnologiyalarning taxminiy ishlanmalarini ko’rib chiqamiz: -suyujetli-ro’lli o’yinlar: o`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko`nikmalarini rivojlantirish va o`zlarida mujassamlashgan bilim, ko`nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo`llash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirishda syujetli-rolli o`yinlar muhim rol o`ynaydi. Bunda o`yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba`zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg’unlashtiriladi. O’zbekiston tabiiy
geografiya kursini
o`qitishda “O’zbekiston tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi”, “O’zbekiston ichki suvlari”, “Orol dardi-olam dardi”, “ O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish” mavzularni syujetli-rolli o`yinlar tarzida o`tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan “Orol dardi-olam dardi” mavzusidagi syujetli-rolli o`yinda syujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg’unlashtiriladi. Mazkur didaktik o`yinda Orol – “ona”, Amudaryo va Sirdaryo onaning zanjirband “o`g’illari”, yomg’ir, qor, shudring onaning “qizlari” siymosini gavdalantiradi. Orol - ya`ni, “ona” o`zining o`g’illari bo`lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mujtoq, o`z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she`riy dard bilan ifoda etadi. Izmi o`zida bo`lmagan zanjirband o`g’illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga etaolmaydi. Tabiat in`om etgan yomg’ir, qor va shudring ona huzurida bo`lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar. Ona va farzand o`rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi. O`qituvchi bu didaktik o`yinni o`tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: Orol muammolariga oid ma`lumotlarni to`plashi; dars stsenariysini o`quvchilar va adabiyot o`qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi; rollar va vazifalarni o`quvchilar o`rtasida taqsimlashi; muammoni hal etish yo`llarini belgilashi lozim.
32
Ijodiy o`yinlar:-bunda o`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo`shimcha bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o`yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy o`yinlardan “O’zbekiston iqlimi”, “O’zbekiston ichki suvlari va suv boyliklari” mavzularini o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o`quvchilar teng sonli guruhlarga ajratilib, ularni shartli ravishda “Gidrologlar”, “Iqlimshunoslar”, “Ekologlar” va h.k belgilanadi. Har bir “mutaxassislar” ijodiy izlanib, go`yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib, O’zbekiston tabiiy kartasi, 7-sinf atlasi hamda ko`rgazmali qurollarga tayangan holda, o`z javoblarini asoslaydilar. Mazkur didaktik o`yinli darslarda hamma o`quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa o`quvchilarning o`z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg’otadi va har bir o`quvchi sidqidildan hamda jiddiy tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan holda bilim olishga kirishadi[16].
33
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Suv boyliklari, potentsial energiya resurslari. - Darsning borishi: - Tashkiliy qism. - O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. - Yangi mavzuni o`rganish: O`qituvchi yangi mavzuni o`rganishdan oldin o`quvchilarni teng sonli 4 ta guruhga ajratadi va ularga muayyan sohada faoliyat ko`rsatadigan “olimlar” maqomini beradi. Jumladan, I guruh olimlari “Gidrologlar” maqomini olib, mavzudagi ma’lumotlardan ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to`ldiradilar: O’zbekiston daryolari Hududiy joylashuvi va vazifasi Daryo suvlarini toza saqlash tadbirlari
II-guruh olimlari “Iqlimshunoslar” maqomiga ega bo`lib, mavzudagi O’zbekiston ko’llari, paydo bo’lishiga ko’ra turlari, vazifasi, hozirgi kundagi ekologik holati bo`yicha materiallarni o`rganib chiqib ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to`ldiradilar: Ko’llar
Hududiy joylashuvi va ahamiyati Ekologik axvoli,
toza saqlash chora-tadbirlari
III-guruh olimlari “geograflar” maqomini olib, yer osti suvlari, turlari, to’yinish manbalari to’g’risida ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi javalni to`ldiradilar: Yer osti suvlari turi Paydo bo’lishi va tarqalishi Hozirgi kundagi ekologik holati va amalga oshirilayotgan ishlar
34
IV-guruh olimlari “Ekologlar” maqomini olib mavzudagi suv boyliklari va ularni muhofaza qilish bo’yicha ma`lumotlar tayyorlaydilar. “Olimlar” o`zlariga belgilangan mavzuning tegishli qismini o`rganib bo`lganlaridan so`ng, ko`rgazmali qurollar asosida ma`ruzalarini bayon qiladilar. Guruhlar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi. O`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash darslikda berilgan topshiriqlar asosida o`tkaziladi. -Darsni yakunlash. -Uyga vazifa berish. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling