Qurilish materiallarining haqiqiy zichligini va o‘rtacha zichligini aniqlash


Download 62.05 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi62.05 Kb.
#1011322
Bog'liq
Hujjat

Qurilish materiallarining haqiqiy zichligini va o‘rtacha ZICHLIGINi aniqlash


Ismoilov Dilshod Joʻraqul o’g’li
Jizzax Politexnika instituti assistenti
Umarov D, Qoʻchqorov J, Suyarqulov N, Hayitboyev X, Oʻktamov H
“Qurilish materiallari muhandisligi”
fakulteti 802-21 guruh talabalari
Annotatsiya. Ushbu maqolada qurilish materiallarining haqiqiy zichligi va oʻrtacha zichligini aniqlashda kerak bo’lgan elektron tarozi, quritish javoni, suv va le-shatelli hajm o’lchovchi asbobining hisoblash natijalari asosida le-shatelli asbobining afzallik va kamchiliklari to’g’risida xulosa qilinadi.
Kalit so’zlari: elektron tarozi, quritish javoni, suv va le-shatelli hajm o’lchagich.
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ФАКТИЧЕСКОЙ ПЛОТНОСТИ И СРЕДНЕЙ ПЛОТНОСТИ СТРОИТЕЛЬНЫХ
Аннотация. В данной статье обобщены преимущества и недостатки электронных весов, сушилки, воды и устройства измерения объема Ле-Шателли, необходимых для определения реальной плотности и средней плотности строительных материалов.
Ключевые слова: электронные весы, сушилка, счетчик воды и объема с лешателем.
DETERMINATION OF ACTUAL DENSITY AND AVERAGE DENSITY OF BUILDING MATERIALS
Аnnotation. This article summarizes the advantages and disadvantages of the electronic scale, drying rack, water and le-chatelli volume measuring device needed to determine the real density and average density of building materials.
Key words: electronic scale, drying rack, water and volume meter with le-chatel.
Zichlik (g/sm³, kg/m³) – absolyut zich materialning hajm birligidagi massasidir. Absolyut zich materiallar juda kam bo‘lib, ularga kvars, shisha, po‘lat, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning zichligi tarozilar va hajm o‘lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq xolatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo‘yoqlar, polimerlar) zichligi piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim qurilish materiallarining zichligi (g/sm³) quyidagichadir:
Bitum……………………………………… 0,9-1,2
Suv (40S da)………………………………… 1,0
Granit ……………………………………… 2,6-2,9
Shag‘al …………………………………….. 2,7-2,9
Yog‘och ……………….………………….. 1,35-1,6
Sopol g‘isht ………………………………… 2,5-2,8
Kvars qumi …………………….…..………. 2,6-2,7
Portlandsement ……………………………. 2,9-3,1
Shisha …………………………..………….. 2,5-3,0
Po‘lat ……………………………………… 7,8-7,9
O‘rtacha zichlik—materialning tabiiy xolatdagi massasining hajmiga bo‘lgan nisbatidir. Agar material massasini m, tabiiy xolatdagi hajmini V deb belgilasak, unda
P=m/V
Ba’zi qurilish materiallarinig o‘rtacha zichligi (kg/m³) quyida keltirilgan:
Og‘ir (oddiy) beton ………………………… 2100-2600
Yengil beton ………………………..………. 1200-1800
Granit ……………………………………….. 2600
Oddiy g‘isht ……………..………………….. 1700-1900
Oyna shishasi ………………….……………. 2650
Shishaplast ………..………………………… 2000
Ko‘pik polimer (minora) ………..………….. 15-20
Qarag‘ay yog‘ochi ……………….…………. 400-600
Mineral paxta ……………………………….. 200-400
Po‘lat ………………..………………………. 7850
Haqiqiy zichlik deganda tabiiy holatdagi materialning hech qanday gʻovaklarsiz, kovaklarsiz, boʻshliqlardan holi boʻlgan holatdagi massasining hajmga nisbatiga aytiladi.
Haqiqiy zichlikni aniqlashda bizga le-shatelli hajm oʻlchagich, elektron tarozi, quritish javoni va suv kerak boʻladi. Qattiq materialning haqiqiy zichligi le-shatelli hajm o’lchagichda aniqlanadi. Bu asbob boʻyni ingichka va hajmi 120-150sm³, kolba boʻynining oʻrta
qismi yoʻgʻonlashtirilgan, shu dumaloq
qismdan yuqori va pastga ikkita chiziq
tortilgan. Kolbaning mazkur chiziqlar
orasidagi hajmi 20sm³ni tashkil qiladi.
Gʻishtning haqiqiy zichligini aniqlash uchun uni quritish javonida 110-115 C⁰ haroratda massasi oʻzgarmaydigan holatga kelguncha quritiladi. Soʻng maydalangan kukunni yaxshilab tuyib №0,20 elakdan oʻtkaziladi. Tayyor namuna tarozida 0,01 gacha aniqlikda 60 gr tortib olinadi va shu material voronka yordamida maxsus qoshiqcha orqali oz-ozdan solinadi. Toki asbobdagi suyuqlik(kerosin yoki benzin)ning sathi 20sm³ toʻgʻrisidagi chiziqqa yetguncha tashlab turiladi. Le-shatellidagi suyuqlikning eng soʻngi va dastlabki sathlari orasidagi tafovut asbobga solingan kukunning hajmini bildiradi. Kukun qoldigʻi esa tarozida tortiladi va P=m-m1/V formulasi orqali aniqlanadi.


FOYDALANGAN ADABIYOTLAR



  1. 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari.

  2. Samig`ov N.A.,Samig`ova M.S. ”Qurilish materiallari va buyumlari”. Darslik.Toshkent.”Mehnat”.2004 yil.

  3. N.A.Sag`imov “Qurilish materiallari va buyumlari”.O`quv qo`llanma

  4. Ismoilov D. Producing of the optimal ingredients of multi-component cements and research of the physical-mechanical properties. European International Journal of Multidisciplinary esearch and Management Studies. ISSN: 2750-8587.

  5. Ismoilov Dilshod Joʻraqul oʻgʻli, “Jagʻli maydalagichning elektrodvigateli quvvatini hisoblash” Science and innovation, 2022.

Download 62.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling