Rivojlanish xususiyatlari Geografik joylashishi, tabiiy sharoiti va boyliklari Aholisi va uning joylashishi


Download 24.5 Kb.
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1107329
1   2   3   4   5
Bog'liq
yapoiya

O'simliklari. Yaponiya hududining 2/qismi o'rmon va butazorlardan iborat: o'rmonlarning 1/qismi ekib o'stirish orqali yaratilgan. YOg'och zahirasi 1,9 mlrd metr (1974). Yaponiyada jami 700 tur daraxt, buta hamda 3000 tur o't o'simligi o'sadi. Yaponiya florasida endemik turlar ko'p. O'rmonlar asosan igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.

Hayvonot dunyosi. Yaponiyada sut emizuvchilarning 270, qushlarning taxminan 800, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirg'oqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 600 dan ziyod, molyuskalarning 1000 dan ortiq turi yashaydi. Faunasida endemik va relikt turlari ko'p.

Yaponiyada 10 mln. gektar yerda (mamlakat hududining 1/qismi) tabiat qo'riqlanadi. Shuning yarmini 23 ta milliy bog' va davlatga qarashli qo'riqxonalar tashkil etgan (1977 y.). 1970 yildan dengiz suv osti milliy bog'lari (1976 yilda 40 ta) mavjud bo'lgan. Yaponiya quyidagi tabiiy rayonlarga bo'lingan: Shimoliy, Shimoliy-sharqiy, Markaziy, Janubiy-g'arbiy.


Yaponiya (yaponcha Nippon Nixon) Tinch okeanidagi orollarda Sharqiy Osiyo sohili yaqinida joylashgan davlat. Hududida 4 mingga yaqin orolni qamrab olgan, shimoli-sharqdan janubi-g'arbga qariyb 3 ming km ga cho'zilgan; yaeng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku, Kyusyu. Mamlakatning asosiy orollari ulkan muhandislik inshootlari (suv osti tunellari, ko'priklar) orqali o'zaro bog'langan. Maydoni - 370 ming km. Aholisi - 123 mln. nafar. Poytaxti - Tokio. Yaponiya ma'muriy jihatdan 46 prefektura va Xokkaydo gubernatorligiga bo'lingan.

Yaponiya mo''tadil subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Qirg'oq chizig'ining umumiy uzunligi 30 ming km, chamasida. Xonsyu orolining janubiy sohili, Sikaku va Kyusyu orollarining qirg'oqlarida qo'ltiq ko'p; bu yerda murakkab qirg'oq chizig'iga ega bo'lgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan o'ralgan.



Relyefi. Yaponiya hududining 3/qismi qir va tog'lardan iborat: past tekisliklar sohil buylab ayrim-ayrim joylashgan. Xokkaydo orolidagi tizmalarning ba'zi cho'qqilari balandligi 2000 metrdan oshadi. (Asaxi cho'qqisi - 2290 metr). Xonsyu orolining shimoliy qismida 3 ta bo'ylama tog' tizmalari bo'lib, ular vodiy va soyliklar bilan bo'lingan: orolning o'rta qismidan o'tgan Fossa-Magna siniqlar zonasi (uzunligi 250 km.) bo'ylab qator vulkanlar, jumladan, Yaponiyadagi eng katta vulkan - Fudziyama (balandligi 3776 metr) qad ko'targan. Xonsyu oroli markaziy qismidagi tizmalarning cho'qqilari alp relyefi va yilning ko'p qismida qor bilan qoplanib turadi. Yaponiyada balandligi 3000 metrdan yuqori 16 ta cho'qqi bor.

Sikoku orolining eng baland joyi 1981 metr(Isidzuti cho'qqisi), Kyusyu oroliniki-1788 metr (Kudzyu vulkani).




Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling