To‘plamga kiruvchi elementlarning soniga qarab to‘plamlar chekli va cheksiz bo‘ladi. Agar to‘plamdagi elementlar soni chekli bo‘lsa, u chekli to‘plam deyiladi. Masalan } to‘plam to‘rtta elementdan tashkil topgan, u chekli to‘plamdir.
Agar to‘plamdagi elementlar soni cheksiz bo‘lsa, u cheksiz to‘p-lam deyiladi. Masalan, natural sonlar to‘plami N, butun sonlar to‘plami Z, ratsional sonlar to‘plami Q, haqiqiy sonlar to‘plami R cheksiz to‘p-lamlarga misol bo‘la oladi. Bu to‘plamlar bilan keyingi mashg‘ulotlari-mizda to‘laroq shug‘ullanamiz.
Agar uning barcha elementlari (chekli to‘plam ham) berilgan bo‘lsa yoki shu to‘plamga tegishli elementlarni topish uchun shartlar sistemasi berilgan bo‘lsa, to‘plam berilgan deb hisoblanadi, Bu shartlar sistemasi to‘plamning xarakteristik xossalari deyiladi. Masalan, kvadrati 5 dan katta bo‘lgan barcha natural sonlardan tuzilgan to‘plam ko‘rinishida yoziladi, elementlari ratsional sonlardan iborat to‘plam ko‘rinishida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |