Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi
O’quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga to’liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi:
o’qituvchilarga maktab buyrug’i bilan tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
«Eng faol o’quvchi» nominasiyasini berish;
o’quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig’iniga tashakkurnoma xati yuborish.
Jamoa a’zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo’llaniladi:
o’qituvchilarga maktab buyrug’i bilan «Hayfsan» e’lon qilish;
o’quvchining kundaligiga tanbeh yozish;
boshqa sinfga o’tkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
Yakuniy qoidalar
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir o’quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o’qituvchilarga imzo qo’ydirilgan holda yetkaziladi.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga ko’rinarli tarzda joylashtirib qo’yiladi.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir o’qituvchi va o’quvchilar to’liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |