Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO TEXNIKA FAKULTETI 401-KT(QXMT) GURUH BOYJANOV NODIRBEK ILXOMOVICHNING _5111000 Kasbiy ta’lim (5410500-Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi) (shifri va ta’lim yo`nalishi nomi) ta’lim yo`nalishi bo`yicha: bakalavr darajasini olish uchun
Mavzu: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning laborotoriya texnologik reglamentini yaratish
SAPARBAYEVA N.K.
Urganch 2015 yil
1-ilova. Bitiruv malakaviy ishining titul varag’i O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Kimyo-texnika fakulteti (fakultet nomi) “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi (kafedra nomi) «Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish (bitiruv malakaviy ish mavzusining nomi)
Bajaruvchi: BOYJANOV NODIRBEK ILXOMOVICH
Rahbar: SAPARBAYEVA NASIBA KAMILOVNA
Urganch shahri 2015-yil
2-ilova URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO-TEXNIKA FAKULTETI (fakultet nomi) “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI (kafedra nomi) BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH BO`YICHA TOPSHIRIQLAR REJASI: 1.Talaba BOYJANOV NODIRBEK ILXOMOVICHGA Universitet rektorining 20 noyabr 2014 yil 192 - T buyrug`i bilan bitiruv malakaviy ish bajarish uchun «Maxalliy xom- ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish mavzusi tasdiqlangan. 2. Kafedra majlisining qaroriga binoan Saparbayeva N.K. bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbar qilib tayinlangan. 3. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilmasi:
Kirish, tanlangan mavzu bo’yicha jaxon adabiyotlarining va patentlarning qisqacha tahlili, ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari, tajriba-tatqiqotlar qismi, tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash, tajriba tavsifi, olingan natijalar xulosasi, olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi, olingan ilmiy natijalarning ko’rsatgichlari qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar. 4. Bitiruv malakaviy ish uchun ma’lumotlar: So’ngi yillarda Respublikamizda ham bentonitli gillar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanilmoqda. Ammo ularni ishlab chiqarish hajmi va assortimenti hozirgi kunda Respublikamizda mavjud bo’lgan talabni qondirishga yetarli darajada emas. Tovar bentonitini ko’plab turlari mavjud bo’lishiga qaramasdan, hozirgi kunda asosan Respublikamizda neft va gaz sanoati ehtiyoji uchun “burg’ulash eritmasi” (буровой раствор) olishda ishlatiladigan bentonit kukuni ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizda haligacha yog’- moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun import o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonit, shuningdek neft va gaz sanoati uchun bentonitli gillar asosida tabiiy katalizatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. 5. Bitiruv malakaviy ishga: texnologik sxema kompyuter yordamida xarakatlantirilgan ilova qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jadvali № Bajarilgan ishning mazmuni Bajarish muddati 1 Malakaviy bitiruv ishi topshirig’i mavzuni va hajmini aniqlash 12.01.2015 2 Maxsus adabiyotlarni o’rganish, metodik va amaliy materiallari yig’ilishi 24.01.2015 3 Loyiha bo’yicha tajriba mazmuni, hajmi va tartibini aniqlashtirish 06.02.2015 4 Tajriba ish (o’qish)larni tashkil qilish va o’tkazish sifati 20.02.2015 5 Tajriba-tadqiqotlar qismi 12.03.2015 6 Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash 23.03.2015 7 Tajriba tavsifi 29.04.2015 8 Olingan natijalar xulosasi 07.05.2015 9 Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi 20.05.2015 10 BMI ini himoyaga tayyorlash 15.06.2015
Bitiruv malakaviy ish rahbari: Saparbayeva N.K.
Bajaruvchi talaba: Boyjanov N.I. 2015 yil «15» iyun Topshiriqlar rejasi va jadvali kafedra majlisida 2014yil tasdiqlandi (27oktabr «3»- sonli bayonnoma)
Kafedra mudiri: Matchanov Sh.K.______________ (imzo)
3-ilova BITIRUV MALAKAVIY ISH BO`YICHA RAHBARINING MULOHAZALARI Talaba: Boyjanov Nodurbek Ilxomovich Bitiruv malakaviy ish mavzusi: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish Bitiruv malakaviy ish xajmi:__________________________________________ Tushuntirish qismi:___________________________________________________ Ilovalar soni:_______________________________________________________ Mavzuning dolzarbligi: Gilsimon moddalar ichida “bentonitlar” ko’plab qimmatli xususiyatlarga egaligi va shu sababli xalq xo’jaligining ko’plab tarmoqlarida keng miqyosda ishlatilishi tufayli muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bentonitli gillar xalqaro savdoning eng muhim obektlaridan biri hisoblanadi. Bu ayrim mamlakatlarda bentonitli gillarni etishmasligi bilan emas, balki ularning sifati bilan bog’liqdir. Shunisi muhimki, bentonitli gillarni aktivlashtirish bo’yicha to’plangan ko’p yillik tajribalarga qaramasdan, ularga ishlov berish natijasida har doim ham sanoat talablariga javob beradigan mahsulot olishni iloji bo’lmaydi. Natijada ishlov berishdan keyin ham yuqori sifatga ega bo’lmagan gillardan foydalanishga majbur bo’linadi. Bentonitli gillarni ishlatilish sohasi o’zgarishi bilan, ularni sifatiga qo’yiladigan talablar ham o’zgarib boradi. Bu esa o’z navbatida yangi bentonitli gil konlarini o’zlashtirishda texnologik ilmiy-tadqiqot izlanishlarini olib borishni talab qiladi. Bitiruvchi umumkasbiy va maxsus tayyorgarligining tavsifi: Umumkasbiy fanlarni to’liq o’zlashtirgan. Kasbiga layoqatli. Oldiga qo’yilgan kimyoviy muammolarni mustaqil yecha oladi. Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: Boyjanov Nodir o’ziga topshirilgan vazifani mustaqil bajara oladi. Mavzuga oid adabiyotlarni izlab topa oladi, Internetdan mustaqil foydalanib biladi.
Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari: Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini qo’shimcha o’rganish asosida, ularni aktivlashtirishni maqbul rejimlari o’rganildi va shular asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatish mumkin bo’lgan adsorbent olishga erishildi. Bitiruv
malakaviy ishga
qo`yilgan talablarning bajarilishi darajasi:
Boyjanov Nodirning bitiruv malakaviy ishi mazmuni, dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati jihatdan, bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablarga javob beradi va u muvaffaqiyatli himoya qilinishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ish rahbari: Saparbayeva N.K.
(f.i.sh.)
2015yil « 12 » iyun
4-ilova Urganch davlat universiteti Kimyo-texnika fakulteti 5111000 Kasbiy ta’lim (5410500-Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi) ta’lim yo`nalishi bitiruvchisi Boyjanov Nodirbek Ilxomovichning Bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Malakaviy ish mavzusi: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish Malakaviy ishning hajmi___________________so`zdan iborat a) tushuntirish qismi varaqlar soni:______________sahifadan iborat b) ilovalar soni:______________________________________________ Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi. Respublikamizda haligacha yog’-moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun import o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonitli gillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida va ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: ishning «Kirish» va ilova qismi bitituv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablar asosida to’ldirilgan. Malakaviy ishda ilmiy manbalar. Fan-texnika innovatsiya yutuqlari natijalaridan foydalanilganligi.
Ishda 28 ta ilmiy manbalar, shuningdek foydalanilgan internet manbalari keltirilgan. Boyjanov Nodirbek bitiruv malakaviy ishida fan va texnikaning innovatsion yutuqlaridan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi: Olingan adsorbentni qo’shni davlatlarga eksport qilish natijasida qo’shimcha iqtisodiy samara olishga hamda mamlakatimiz qattiq valyuta zahirasini mustahkamlashga erishiladi. Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari: Mazkur loyihaning vazifasi Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularni har biri uchun mos aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish va ularni o’simlik moylarini oqlashda sinab ko’rishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar: Ishda ayrim orfografik va imloviy kamchiliklar mavjud. Boyjanov Nodirbek Ilxomovichning bitiruv malakaviy ishi hajmi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati jixatidan, bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablarga javob beradi va u muvaffaqiyatli himoya qilinishi mumkin .
Taqrizchi: ________ Urganch-Neft va gaz sanoati K.X.K (imzo)
o’qtuvchisi Saitmetova SH.R.
2015 yil «_____» _____________
5-ilova Bitiruv malakaviy ishni DAK tomonidan baholash mezonlari № Baholanadigan bo`limlar Eng yuqori ko`rsatkich ball hisobida 1 BMI ning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarning yoritilishi 10
2 Ishning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom talablariga mos xolda bajarilishi 35
3 “Xulosa” qismida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarning mavjudligi 10
4 Ishni bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili. Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan foydalanish 10 5
10 6 Ishni bajarishda grammatika qoidalariga amal qilinganligi 5 7 Himoyaga ish mazmunini bayon qila bilganligi. Savollarga berilgan javoblar darajasi 10 8
konferentsiyalarda ma’ruza (axborot) bilan ishtiroki, maqola (tezis) nashr qilinganligi 10
Eslatma: har bir kafedraning xususiyatlari e’tiborga olingan holda baholash mezonlariga o`zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq.
6-ilova Urganch davlat universiteti Kimo-texnika fakulteti yo`nalishining bitiruvchi Boyjanov Nodirbekning Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish mavzusida bajarilgan bitiruv malakaviy ishi DAK ning «____» 2015 yil «______________» dagi majlisida himoya qilinadi.
Davlat attestattsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishga quyidagi O`zlashtirish ko`rsatkichlarini belgilaydi. № Baholanadigan bo`limlar Eng yuqori ko`rsatkich ball hisobida Komissiya belgilagan foiz
1 BMI ning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarning yoritilishi 10
2 Ishning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom talablariga mos xolda bajarilishi 35
3 “Xulosa” qismida ilmiy-nazariy va amaliy
tavsiyalarning mavjudligi 10
4 Ishni bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili. Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan foydalanish 10
Ishdagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi 10
6 Ishni bajarishda grammatika qoidalariga amal qilinganligi 5
7 Himoyaga ish mazmunini bayon qila bilganligi. Savollarga berilgan javoblar darajasi 10
8 BMI mavzusi bo`yicha ilmiy-nazariy seminarlar va konferentsiyalarda ma’ruza (axborot) bilan ishtiroki, maqola (tezis) nashr qilinganligi 10
Davlat attestattsiya komissiyasi majlisining qarori: 1.
loborotoriya texnologik reglamentini yaratish
mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ish uchun _______ lik o`zlashtirish ko`rsatkichi belgilanish va «______» deb baholansin. 2._______________________________________________________________________
DAK raisi:_______________________________ A’zolari:___________________________________
7-ilova Urganch davlat universiteti Kimyo-texnika fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi Bitiruv malakaviy ish __________sonli tartib raqam bilan qayd qilindi. Bitiruv malakaviy ishni bajaruvchining ismi-sharifi Boyjanov Nodirbek Ilxomovich Bitiruv malakaviy ishning mavzusi: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish Ilmiy rahbar (maslahatchi) ning ismi-sharifi Saparbayeva N.K.
Bitiruv malakaviy ish kafedraning 2015 yil «_____»________da o`tkazilgan majlisi qaroriga muvofiq DAK majlisida himoya qildi.
Bitiruv malakaviy ishga taqrizchi qilib Urganch-neft va gaz sanoati K.X.K o’qtuvchisi Saitmetova SH.R. tayinlandi.
Kafedra mudiri: Matchanov Sh.K. Kafedraning bitiruv malakaviy ishni DAK majlisida himoya qilish bo`ycha tavsiyasiga roziman. Fakultet dekani: dots. Matnazarov A.R.
“___”__________2015 y.
BITIRUV MALAKAVIY ISH BO`YICHA TOPSHIRIQ Talaba Boyjanov Nodirbek Ilxomovich Ishning mavzusi: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish 1. «20» oktyabr 2014 yil universitet rektorining 192 - T buyrug’i bilan tasdiqlangan. 2. Ishni topshirish muddati: “___”__________2015 y. 3. Mavzu bo`yicha dastlabki ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar ro`yxati: 1. I.A. Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» 2. O’zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to’g’risida”gi qonuni 3 Гинзбург И.И. Генезис глин. Неметаллические ископаемые СССР.т, IV. Глины и каолины. М.-Л., изд-во АН СССР, 1941, с. 52-60. 4. Горбунов Н.И. Высокодисперсные минералы и методы их изучения. М., Изд-во «Наука», 1963, с. 302. 5. Кирсанов Н.В. Бентонитовые и бентонитоподобные глины Поволжья. Изв. Казан. Филиала АН СССР, серия геол., вып. 1, 1961, с. 119-141. 6. Мак–Юан Д.М.К. Монтмориллонитовые минералы. В кн. «Рентгеновские методы изучения и структура глинистых минералов». М., изд-во «Мир» 1965, с. 177-240. 7. Овчаренко Ф. Д. Гидрофилъность глины и глинистых минералов. Киев изд-во АН УССР, 1961 с. 289. 8. Надиров Н.К. Теоретические основы активации и механизма действия природных сорбентов в процессе осветления растительных масел. 1973 г. изд-во «Пищевая промышленность». 9. Под ред.В.П. Петрова. Сырьевая база бентонитов СССР и их использование в народном хозяйстве. М., «Недра», 1972г.288 с. 10. Зульфугаров З.Г. Исследование физико-химических свойств и отбеливающей способности глин месторождений Азербайджанской ССР и гумбрина. Баку, Изд-во АН АзССР. 1957.263 с. 4. Ishning maqsadi: Mazkur ishlanmaning maqsadi mahalliy xom-ashyo Navbahor koni bentonitli gili asosida asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatishga
mo’ljallangan import o’rnini bosuvchi adsorbent olish texnologiyasini yaratishdan iborat bo’lib,taklif qilinayotgan texnologiya asosida olingan adsorbent chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladi. 5. Chizma materiallar ro`yxati: Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlari difraktogrammasi, differenstial termik tahlili, bentonitlarini o’rtacha kimyoviy tahlili, Navbahor ishqoriy bentonitidan laboratoriya sharoitida termik aktivlashtirish usuli va Navbahor ishqoriy-yer bentonitidan laboratoriya sharoitida kislotali aktivlashtirish usuli asosida adsorbent olishni dastlabki texnologik sxemasi keltirilgan. 6. Maslahatchilar:__________________________________________________ Imzo, sana Bo`limlar Maslahatchi F.I.SH.
Topshiriq berdi Topshiriq qabul qildi Adabiyotlar sharhi Saparbaeva N.K. 24.01.2015 4.02.2015 Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari Saparbaeva N.K. 12.03.2015 22.03.2015 Tajriba tadqiqot qismi Saparbaeva N.K. 29.04.2015 10.05.2015 Iqtisod qism Ischanov F.A. 20.05.2013 10.06.2013
Ishga taqriz yozuvchining F.I.SH., ilmiy darajasi, unvoni: Urganch-Neft va gaz sanoati K.X.K o’qtuvchisi Saitmetova SH.R. Ilmiy rahbar: Saparbaeva N.K. BMI bajaruvchi talaba: Boyjanov N.I. Kafedra mudiri: Matchanov Sh.K.
Mavzu: Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning loborotoriya texnologik reglamentini yaratish
REJA: Kirish I. Tanlangan mavzu bo’yicha jaxon adabiyotlarining va patentlarning qisqacha tahlili 1.1. Bentonitli gillarni yog’-moy sanoatida ishlatilishi 1.2. Tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishning fizik-kimyoviy asoslari II. Ishning qisqacha mazmuni, maqsad va vazifalari III. Tajriba-tatqiqotlar qismi 3.1. Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash 3.2. Tajriba tavsifi 3.2.1 Navbahor ishqoriy bentonitini aktivlashtirish usulini yaratish 3. 2.2. Navbahor ishqoriy-yer bentonitini aktivlashtirish usulini yaratish 3.2.3.Olingan natijalar xulosasi 3.3. Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi IV. Kutilayotgan iqtisodiy ko’rsatgichlari qismi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………… I Tanlangan mavzu bo’yicha jaxon adabiyotlarining va patentlarning qisqacha tahlili……………………………………………..
1.1 Bentonitli gillarni yog’-moy sanoatida ishlatilishi………………………..
1.2 Tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishning fizik-kimyoviy asoslari………….
II Ishning qisqacha mazmuni, maqsad va vazifalari………………………...
III Tajriba-tatqiqotlar qismi…………………………………………………..
3.1 Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash……………………
3.2 Tajriba tavsifi……………………………………………………………..
3.3 Navbahor ishqoriy bentonitini aktivlashtirish usulini yaratish………………………………………..
3.3.1 Navbahor ishqoriy-yer bentonitini aktivlashtirish usulini yaratish ……… 3.3.2 Olingan natijalar xulosasi ………
3.4
Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi…………………………….
IV Kutilayotgan iqtisodiy ko’rsatgichlari qismi……………………………...
Xulosa.........................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................................................
Ilovalar........................................................................................................
KIRISH
O‘zbekistonda sanoat sohasidagi iqtisodiy islohotlar mahalliy va xorijiy sarmoyani jalb etib, ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarga asoslangan murakkab turlarini yo‘lga
qo‘yishga yo‘naltirilgan. Buning natijasida so‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’ati yiliga 7 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Korxonalar yangidan jihozlanib, import o’rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay sarmoyaviy muhit va zarur huquqiy-me’yoriy asos yaratilgan. Bu esa eksport salohiyatining jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov o’zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida ko’rsatib o’tganlaridek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish kerakligi hamda import o’rnini bosadigan, eksportga yo’naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish zarurligi, bular o’z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini ta’minlash imkonini berishi takidlab o’tilgan [1]. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni toza saqlash maqsadida chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasining “chiqindilar to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi [2]. Gilsimon moddalar ichida “bentonitlar” ko’plab qimmatli xususiyatlarga egaligi va shu sababli xalq xo’jaligining ko’plab tarmoqlarida keng miqyosda ishlatilishi tufayli muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bentonitli gillar xalqaro savdoning eng muhim obektlaridan biri hisoblanadi. Bu ayrim mamlakatlarda bentonitli gillarni etishmasligi bilan emas, balki ularning sifati bilan bog’liqdir. Har bir bentonitli gil koni, ba’zida konning har bir uchastkasi yoki plasti bir-biridan dispersligi, bog’lash qobiliyati, almashinuvchi aktivligi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanuvchi spestifik xususiyatlarga ega bo’ladi. Bunday
farqlanish gil tarkibidagi alohida komponentlarning miqdori, almashinuvchi asosni xarakteri va nisbatlari kabilar bilan bog’liqdir.
Shunisi muhimki, bentonitli gillarni aktivlashtirish bo’yicha to’plangan ko’p yillik tajribalarga qaramasdan, ularga ishlov berish natijasida har doim ham sanoat talablariga javob beradigan mahsulot olishni iloji bo’lmaydi. Natijada ishlov berishdan keyin ham yuqori sifatga ega bo’lmagan gillardan foydalanishga majbur bo’linadi. Bentonitli gillarni ishlatilish sohasi o’zgarishi bilan, ularni sifatiga qo’yiladigan talablar ham o’zgarib boradi. Bu esa o’z navbatida yangi bentonitli gil konlarini o’zlashtirishda texnologik ilmiy- tadqiqot izlanishlarini olib borishni talab qiladi. So’ngi yillarda Respublikamizda ham bentonitli gillar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanilmoqda. Ammo ularni ishlab chiqarish hajmi va assortimenti hozirgi kunda Respublikamizda mavjud bo’lgan talabni qondirishga yetarli darajada emas. Tovar bentonitini ko’plab turlari mavjud bo’lishiga qaramasdan, hozirgi kunda asosan Respublikamizda neft va gaz sanoati ehtiyoji uchun “burg’ulash eritmasi” (burovoy rastvor) olishda ishlatiladigan bentonit kukuni ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizda haligacha yog’-moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun import o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonit, shuningdek neft va gaz sanoati uchun bentonitli gillar asosida tabiiy katalizatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda Respublikamizdagi yog’-moy korxonalarida paxta va boshqa o’simlik yog’larini oqlash, rafinastiya qilish maqsadida chetdan valyuta hisobiga tashib keltiriladigan qimmatbaxo adsorbentlar ishlatilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, o’simlik moylarini oqlash maqsadida bentonitli gillarni aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish va shu asosda import o’rnini bosuvchi adsorbent olish bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Bugungi kunlarda Respublikamiz yog` moy kombinatlar uchun zarur bo‘lgan adsorbentlar asosan valyuta hisobiga chetdan keltiriladi. Demakki ushbu turdagi chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar olish borasidagi izlanishlar doimo dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu mahalliy xom ashyolar asosidagi adsorbentlar yaratishga erishish, tannarxini arzon, tayyorlash texnologiyasi sodda qilishga erishish dolzarblikni yanada oshirib yuboradi.
Shularni inobatga olgan holda men bitiruv malakaviy ishimni Maxalliy xom-ashyolar asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning laborotoriya texnologik reglamentini yaratishga qaratdim. Ishimning asosiy maqsadi qilib yaratilgan texnologiya asosida olingan adsorbent chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladigan va iqtisodiy samaradorligi yuqori va tannarxini arzon bo`lishiga erishishni oldim. Ishimning asosiy vazifasi qilib Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini qo’shimcha o’rganish, ularni aktivlashtirishni maqbul rejimlari o’rganildi va shular asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatish mumkin bo’lgan adsorbent olishga, olingan adsorbent yordamida laboratoriya va korxona sharoitida oqlangan paxta yog’i ko’rsatkichlari GOST talablariga javob berishi aniqlashni, ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gillari asosida sanoat sharoitida adsorbent olishni texnologik reglamenti yaratishni oldim. Mening ushbu bitiruv malakaviy ishim Respublikamizga juda zarur bo’lgan adsorbent olishni texnologik reglamentini yaratishga qaratilgan. Bu bitiruv malakaviy ishi ishlab chiqiarish amaliyotlari davrida olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslangan xolda bajarildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizni bayon qilishda Urganch davlat universiteti “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’zlarining foydali maslaxatlarini berganliklari uchun o’z minnatdorligimni keltirib o’taman. Bitiruv malakaviy ishim 59 bet kompyuter sahifasidan iborat bo‘lib, unda 6 ta rasm, 7 ta jadval va 28 ta adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan.
I. TANLANGAN MAVZU BO’YICHA JAXON ADABIYOTLARINING VA PATENTLARNING QISQACHA TAHLILI 1.1. Bentonitli gillarni yog’-moy sanoatida ishlatilishi Kelib chiqishidan qat’iy nazar miqdori 60-70% dan kam bo’lmagan montmorillonit guruhi minerallaridan iborat, yuqori bog’lash qobiliyatiga, adsorbsion va katalitik aktivlikka ega mayin dispersli gillarni bentonitli gillar deb atash qabul qilingan [3]. Bentonitli gillar asosini montmorillonit guruhi minerallari tashkil qiladi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra ular ishqoriy (natriyli) bentonitli gil va ishqoriy-yer (kalsiyli) bentonitli gil turlariga bo’linadi [4-7]. Bentonitning texnik xarakteristikasi. 1.Tashqi ko’rinishi ochiq-kulrang,och-sariq rangli xidsiz,mazasiz gilsimon qattiq modda. 2.Tarkibida 90% dan kam bo’lmagan mineral saqlaydi 3.Masasida 15%gacha namlik saqlaydi 4.Suvli suspensiyasida pH ko’rsatgich 6 dan kam bo’lmaydi 5.Suvda bo’kuvchanlik 70% 6.10% suvli eritmasida 05% qismi cho’kadi. 7.Tarkibidagi qum miqdori 5%gacha Yog’-moy sanoati xalq xo’jaligining bentonitli gil ishlatilishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bunda bentonitli gillar tabiiy yoki aktivlashtirilgan holda, yog’ va o’simlik moylarini kolloid xarakterga ega bo’lgan zararli qo’shimchalardan tozalash, ya’ni oqlash maqsadida qo’llaniladi.
O’simlik moylarini tabiiy sorbent jumlasiga kiruvchi bentonitli gillar bilan oqlash ularni erkin yog’ kislotalari, kolloid eruvchan moddalar, bo’yovchi pigmentlar va boshqa zararli qo’shimchalardan tozalaydi [8]. Qora paxta yog’i, soya va raps yog’larini ishqor yordamida o’simlik moylariga qo’yiladigan GOST talablariga javob beradigan darajada chuqur rafinastiyalash natijasida yo’qotish, rafinastiyalanmagan qora yog’ tarkibidagi erkin yog’ kislotalari miqdorini besh barobarigacha etadi. Yog’-moy sanoatida har bir tonna aktivlashtirilgan bentonit ishlatilishi (o’simlik moyini o’rtacha kislotaligi – 3,9% ga teng bo’lganda), yog’ning
yo’qotilishini – 941 kg ga kamaytiradi. Bundan tashqari margarin ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog’ va salomasni oqlashda 60 % yuqori navli margarin ishlab chiqarishga erishish mumkin bo’ladi. Oqlash jarayoni qo’llanilmaganda esa 1- navdan boshqa navli margarin olishning iloji bo’lmaydi [9]. Ma’lumki, Sobiq ittifoq davridan to hozirgi vaqtgacha Respublikamiz yog’-moy korxonalarida o’simlik moylarini oqlash uchun chetdan tashib keltiriladigan adsorbentlar qo’llanilib kelinmoqda. Bunday qimmatbaho adsorbentlar asosan turli xildagi bentonitli gillarni aktivlashtirish natijasida olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Respublikamizda o’simlik moylarini oqlashda yuqori samara beruvchi aktivlashtirilgan bentonit ishlab chiqarish masalasini yechish juda ham muhimdir.
1.2. Yog’-moy sanoati sorbentlariga qo’yiladigan talablar Yog’-moy sanoati tomonidan sorbentlarga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. Sorbent mumkin qadar ko’p miqdorda zararli qo’shimchalarni o’ziga adsorbstiyalashi, shu jumladan, yo’qotilishi zarur bo’lgan moddalarni tanlab adsorbsiyalashi lozim. Adsorbentni tanlovchanlik xarakteridan kelib chiqib, har bir alohida xolatda mavjud zararli qo’shimchaga nisbatan aktiv bo’lgan, muvofiq adborbent tanlanadi. 2. Sorbent yuqori aktivlikka ega bo’lishi bilan birgalikda past moy shimuvchanlikka ega bo’lishi zarur. Moyni oqlash uchun qanchalik kam miqdorda adsorbent talab qilinsa, uning aktivligi shunchalik yuqori bo’ladi. Adsorbent zararli qo’shimchalar bilan birgalikda moyning o’zini ham shimishini e’tiborga olib, iloji boricha oqlash jarayonini kam miqdordagi aktivligi yuqori sorbent yordamida olib borishga harakat qilinadi. Yuqori moy shimuvchanlikka ega (75 % dan yuqori) adsorbentlarni o’simlik moylarini adsorbsion tozalashda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun u yoki bu sorbentni sifatini tekshirishda birinchi navbatta uning moy shimuvchanligi aniqlanadi. 3. Sorbent moyga nisbatan kimyoviy indeferent bo’lishi ya’ni unda hech qanday kimyoviy o’zgarish (masalan oksidlanish) bo’lishini chaqirmasligi zarur. 4. Sorbent moyga tashqi hid va ta’mlarni bermasligi lozim. 5. Sorbent moydan osonlik bilan ajralishi zarur. Odatda bunday ajratish cho’ktirish va filtrlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Juda ham yuqori disperslikka ega changsimon
sorbentni moydan ajratish qiyinchilik tug’diradi. Shu bilan birga sorbent qanchalik maydalashishi va erkin yuzasini oshib borishi bilan uning aktivligi oshib boradi. Shuning uchun bu yerda sorbentni yuqori aktivligi bilan bir vaqtda normal filtrastiya jarayonini ta’minlovchi maqbul maydalik darajasini topish zarur bo’ladi [19]. Respublikamizni viloyatlarida joylashgan bentonitli gil tuproqlarni o’rgandik. Ushbu konlarda uch xil turdagi tabiiy alyumosilikatlar ya’ni ishqoriy va ishqoriy-er bentoniti hamda karbonatli paligorskit qazib olinmoqda. Bugungi kunda “Bentonit” MChJ korxonasi tomonidan ushbu kondagi ishqoriy bentonit kukun holiga keltirilib, neft va gaz sanoati
uchun burg’ulash eritmasi tayyorlashda ishlatilish maqsadida ishlab chiqarilmoqda. Biz ushbu ishqoriy va ishqoriy-er bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini, ulardan yog’-moy sanoatida ishlatiladigan adsorbent olish imkoniyatlarini o’rganish maqsadida tekshirdik. Buning uchun Navbahor ishqoriy va ishqoriy-er bentonitlaridan miqdor bo’yicha bir xil namunalar olindi. Olingan barcha namunalar o’rtacha namuna olish uchun yaxshilab aralashtirildi. Navbahor ishqoriy va ishqoriy-er bentonit turlari makroskopik jihatdan deyarli bir jinsli, yashilsimon rangli (qo’ng’ir-sarg’ish dog’ va linzali) gilsimon tarkibga ega qattiq jinsdir. Ayniqsa, Navbahor ishqoriy bentonitini yog’liligi va sovunsimon konsistentsiyaga egaligi ishqoriy-er bentonitinikidan yuqori turadi.
1.3. Tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishning fizik-kimyoviy asoslari Ko’plab maxalliy va horijiy olimlar tomonidan olib borilgan eksperimental ilmiy izlanishlar natijasida, bentonitli gillarni turli xil mineralogik tarkibga ega turlariga kislotalar yordamida yoki boshqa usullar bilan ishlov berishda har xil natijalar olingan. Bundan tashqari, hatto kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatlari yaqin bo’lgan, bir xil mineralogik tarkibga ega bentonitlar ham aktivlashtirish vaqtida o’zlarini har xil namoyon qiladi. Bu esa o’z navbatida har bir istiqbolli bentonit konlari uchun aktivlashtirishni maqbul rejimlarini alohida ravishda aniqlash lozimligini bildiradi [10].
Bentonitli gillarga kislotalar yordamida ishlov berishda, aktivlashtirishni maqbul sharoitlari - aktivlashtiruvchi kislota turiga, uning konstentrastiyasi va sarfiga, shuningdek ishlov berish vaqtiga bog’liq bo’ladi [10]. Shuningdek, kislotalar yordamida aktivlashtirilgan gil olishning bir qancha kamchiliklari mavjud. Bularga yuqori konstentrastiyali kislota eritmasi yordamida uzoq vaqt davomida ishlov berish, olingan adsorbentning yuqori moy shimuvchanligi, xom- ashyo va boshqa yordamchi materiallarni ko’p miqdorda yo’qotilishini keltirish mumkin [8]. Mualliflar tomonidan [10] adsorbent va katalizatorlar olish maqsadida bentonitli gillarni kislota yordamida aktivlashtirishni maqbul rejimlarini asoslash o’rganilgan bo’lib, asosiy o’zgarishlar ishlov berishni daslabki bosqichlarida sodir bo’lishi (kam ishlov berish vaqtida yoki kislotalarning yuqori bo’lmagan konstentrastiyasi va sarfida) kuzatilgan. Keskin o’zgarishlar bir soatlik ishlov berish vaqtida sodir bo’lgan. Ishlov berish davomiyligi oshishi bilan olingan adsorbentni aktivligi nisbatan oshgan. Olti soatdan ortiq vaqt ishlov berish natijasida olingan adsorbentni aktivligi o’zgarmasdan qolgan. Shuningdek, xlorid kislota o’zining spestifik xususiyatiga ko’ra sulfat kislotaga nisbatan bentonitli gil tuzilishini o’zgarishiga (kam konstentrastiya va sarfda) kuchli ta’sir ko’rsatishi kuzatilgan. Kislotalar bilan aktivlashtirish vaqtida [9] destrukturizastiya jarayoni montmorillonit zarrachalari maydalashishi bilan bentonitni dispersligini oshishiga olib keladi: a) Aktivlashtirishni birinchi bosqichida almashinuvchi kationlar Ca 2+ , Mg 2+ , Na + , K + larning yo’qotilishi va ularni almashinuvchi H + va Al
3+ ga almashishi sodir bo’ladi, qaysiki ular keyinchalik aktiv markazlar rolini o’ynaydi. b) Ikkinchi bosqichda har bir zarrachani yanada yupqa ya’ni bitta elementar paketgacha ajralishi ro’y beradi. v) Oxirgi uchinchi bosqichda esa silikat kristall paketini chetlaridagi tetraedrik pozistiyalardan kremniy va alyuminiyni, oktaedrik pozistiyadan esa temirni ajralib chiqishi natijasida kristall tuzilishni buzilishi sodir bo’ladi. Bu esa tartibsiz tuzilish xosil bo’lishiga va rentgen bazal piklarini kamayishiga olib keladi. Bunda xar bir zarracha alohida kristall paketni ichki tuzilishini saqlab qoladi. Shuni alohida takidlab o’tish kerakki, kislotalar
yordamida ishlov berish kvarst, kaolinit va boshqa qo’shimchalarga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi. Maksimal kislotalilik darajasiga va shunga bog’liq ravishda yuqori katalitik xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotni, bentonitni aktivlashtirishni yumshoq rejimida olishga erishiladi. Yuqori adsorbstion xususiyatlar esa mineral tuzilishi deyarli buzilguncha o’zgarishga uchraydigan kuchli kislotali rejimda namoyon bo’ladi. Bentonitli gillarni oqlovchilik xossalarini yaxshilash uchun o’rtacha intensivlikda ishlov berish samarali ta’sir ko’rsatadi [9].
Yuza tabiati va g’ovaksimon tuzilish xarakteri - sorbentlarni adsorbentlik qobiliyatini belgilab beradi [12]. G’ovak tuzilishni mineralning adsorbentlik qobiliyatiga ta’siri, yuza tabiati ta’siriga nisbatan ancha yuqoridir [13-16]. A.V.Kiselev [17] adsorbentlarni g’ovak tuzilishga ko’ra 4 ta asosiy tuzilish turiga klassifikastiyalagan: 1) g’ovak bo’lmagan; 2) yirik va yakka g’ovakli; 3) kichik va yakka g’ovakli; 4) aralash g’ovakli. 1-rasm. Adsorbentning mikroskopik ko’rinishi
to’ldirilgan.
Tabiiyki, adsorbstiya mexanizmi yoki o’simlik moyini adsorbstion rafinastiyalash, sorbent va sorbatning tabiati bilan bog’liq. Shu munosabat bilan o’simlik moylaridan yo’qotilishi zarur bo’lgan moddalarni fizik-kimyoviy xossalarini bilish ham juda muximdir.
Sanoat sharoitida olingan yog’ va moylar o’zlarini tarkibida har doim bir muncha miqdorda yo’ldosh moddalar ushlaydi. Bularga erkin yog’ kislotalari, fosfatidlar, sterinlar,
bo’yovchi moddalar, uglevodorodlar, yog’da eruvchan vitaminlar, gossipol va shu kabilar kiradi. Bunday moddalarni o’simlik moylaridagi miqdori 3-4% gacha etadi, ularni xayvon yog’laridagi miqdori esa bir necha barobar kam bo’ladi [8]. Keltirilgan komponentlarning ko’pchilik qismi moy va yog’ erituvchilarda yaxshi eriydi va “sovunlanmaydigan moddalar deb ataluvchi guruh tarkibiga kiradi.
Ma’lumki, tabiiy sorbentlarni o’simlik moylarini tozalashda ishlatish bo’yicha ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan [8,9]. Ko’pchilik xollarda tabiiy sorbentlar, kimyoviy aktivlashtirilgandan keyin o’simlik moylarini kerakli darajagacha oqlaganligi qayd qilingan. Ammo, ba’zi hollarda bentonitli gillar tabiiy holatida ham yuqori adsorbstion xossalariga ega bo’lganligi kuzatilgan. Masalan, [20] ishda Odessa viloyatining “Kuturgem” koni yashil gilini oqlash qobiliyati tekshirilgan va ushbu tabiiy sorbent kungaboqar va soya yog’ini aktivlashtirish olib borilmagan tabiiy holatida ham yaxshi darajada oqlaganligi qayd qilingan. Ma’lumki, sorbentni aktivlashtirish usuli uni ishlatilish sohasidan kelib chiqib tanlanadi. Masalan, ranggi qora bo’lmagan moylarni yumshoq oqlash uchun sorbentni termik aktivlashtirish yetarlidir. Ammo, xom qora yog’larni oqlash uchun ularga kuchli ta’sir ko’rsatish maqsadida sorbentni kislota yordamida aktivlashtirish zarur bo’ladi. Adabiyotlar taxlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi. Xozirgi kungacha ishlatilib kelinayotgan adsorbentlarning aksaryat qismi xorijiy davlatlardan milliy valyuta evaziga olib kelinayotgan adsorbentlar ekan. Tadqiqotlarda ishlatilgan adsorbentlarning ko’pchiligi Respublikamizdan tashqaridagi bentonit gil tuproqlari asosida olingan. Ushbu adbiyotlar taxlili asosida boshqa olim tomonidan qilinmagan maxalliy xom ashyolar Respublikamiz bentonit konlari gil tuproq asosida oqlovchi adsorbentlarni olishni bitiruv malakaviy ishimning maqsadi qilib oldik.
II. Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari
Respublikamizda haligacha yog’-moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun import o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonit, shuningdek neft va gaz sanoati uchun bentonitli gillar asosida tabiiy katalizatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan. Hozirgi kunda Respublikamizdagi yog’-moy korxonalarida paxta va boshqa o’simlik yog’larini oqlash, rafinastiya qilish maqsadida chetdan qattiq valyuta hisobiga tashib keltiriladigan qimmatbaxo adsorbentlar ishlatilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, o’simlik moylarini oqlash maqsadida mahalliy Navbahor koni bentonitli gilini aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish va shu asosda import o’rnini bosuvchi adsorbent olish bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Ishning maqsadi: Mazkur ishlanmaning maqsadi maxalliy xom-ashyo Navbahor koni bentonitli gili asosida asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatishga mo’ljallangan import o’rnini bosuvchi adsorbent olish texnologiyasini yaratishdan iborat bo’lib, tadqiqotlar natijasida Navbahor koni bentonitli gili asosida importga nisbatan arzon adsorbent olishga erishiladi. Taklif qilinayotgan texnologiya asosida olingan adsorbent chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladi. Ishning vazifasi: Mazkur loyihaning vazifasi Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularni har biri uchun mos aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish va ularni o’simlik moylarini oqlashda sinab ko’rishdan iborat bo’lib, buni amalga oshirish uchun quyidagi masalalar yechiladi: - Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish; - Asosiy texnologik faktorlarni aktivlashtirilgan bentonitni adsorbstion xossalariga tasirini o’rganish; - Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini aktivlashtirish usulini yaratish; - Olingan adsorbentlar yordamida o’simlik moylarini oqlash va ularni sifat ko’rsatkichlarini aniqlash.
Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini qo’shimcha o’rganish asosida, ularni aktivlashtirishni maqbul rejimlari o’rganildi va shular asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatish mumkin bo’lgan adsorbent olishga erishildi. Olingan adsorbent yordamida laboratoriya va korxona sharoitida oqlangan paxta yog’i ko’rsatkichlari GOST talablariga javob berishi aniqlandi. Shuningdek, ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gillari asosida sanoat sharoitida adsorbent olishni texnologik reglamenti yaratildi. Yaratilgan texnologiya asosida olingan adsorbent chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladi. Navbahor ishqoriy-yer bentoniti asosida olingan adsorbentni Respublikamiz yog’-moy korxonalariga tadbiq etish natijasida hozirgi kunda chetdan tashib keltirilayotgan adsorbentning tonnasi bir ming besh yuz (1500) AQSh dollari, taklif qilinayotgan adsorbentning tonnasi esa taxminan besh yuz (500) AQSh dollari atrofida bo’lishini hamda Respublikamiz yog’-moy korxonalari ehtiyoji uchun yiliga bir ming tonnadan ortiq adsorbent import qilinishi hisobga olinsa, yiliga (1000 t x 1000 AQSh dollari = 1000 000 AQSh dollari) 1 mln AQSh dollari atrofidagi mablag’ni iqtisod qilishga erishish mumkin bo’ladi. Bundan tashqari adsorbent importi to’xtatilishi natijasida yiliga 1 mln AQSh dollaridan ortiq mablag’, ya’ni qattiq valyuta tejalishi hisobiga mamlakatimiz qattiq valyuta zahirasi mustahkamlanadi. Olingan adsorbentni qo’shni davlatlarga eksport qilish natijasida qo’shimcha iqtisodiy samara olishga hamda mamlakatimiz qattiq valyuta zahirasini mustahkamlashga erishiladi.
III. TAJRIBA-TATQIQOTLAR QISMI
3.1. Tajriba o’tkazish uchun uslub tanlash va uni asoslash Bentonitli gil tuproq – Respublikamiz bentonitli konlaridan;
Hozir yer ostidan burg’ilash orqali olinayotgan ushbu kimyoviy unsur tarkibida 70 foizgacha minerallar mavjud. E’tiborlisi, bentonit kukuni nafaqat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, balki neft-gaz, tibbiyot, kimyo, qurilish, oziq-ovqat, kosmetika kabi sohalarda ham
samarali qo’llanilmoqda. Rafinatsiyalangan oqlanadigan moy– Urganch yog’-moy korxonasi mahsuloti; 3.1.1. Bentonitli gil tuproqlarni aktivlashtirish uslublari Aktivlashtirishni barcha usullarida sorbentlarni fizik-kimyoviy va adsorbtsion xususiyatlari keskin o’zgaradi. Quyida tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishni asosiy usullari va ularni mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
a) termik aktivlashtirish usuli. Bu usulda tabiiy sorbentlarni ma’lum (maqbul) temteraturada quritish natijasida aktivligi oshiriladi. Bunda taxminan 200-300 0 C atrofida bentonit tarkibidagi “adsorbsion suv” kuydirib yubormasdan chiqarib yuboriladi. Sorbentni aktivlashtirishda yuqori oqlash samarasini beruvchi maqbul temteratura har xil sorbent va tozalanadigan moylar uchun turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir sorbentni termik aktivlashtirishni maqbul temperaturasi tajriba yo’li bilan topiladi [10,20].
b) kation almashtirish usuli. Ma’lumki, sorbentlarni fizik-kimyoviy xossalari ma’lum darajada ularni tabiati va kompleks almashinuvchi ionlar zaryadiga bog’liqdir. Shuning uchun sorbentlarni ularni kationlarini almashtirish yordamida aktivlashtirish mumkin [21-22]. Bularga natriy, kalsiy, magniy, vodorod va boshqa bir qator kationlar kiradi [23]. v) kislota yordamida aktivlashtirish usuli. Bu usulda aktivlashtirishda bentonitli gil tarkibidagi ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, temir va alyuminiy ajralib chiqadi. Bunda Al 2
3 , CaO, MgO va boshqalar kislotali eritmaga o’tadi [24-26]. Bulardan tashqari bentonitli gillar asosida olingan adsorbentlarning disperslik darajasini ularni adsorbstion qobiliyatiga tasiri F.D.Ovcharenko [17] tomonidan o’rganilgan bo’lib, unga ko’ra 0,001 mm dan kichik frakstiya yuqori adsorbstion qobiliyatga ega bo’lishi aniqlangan.
Yuqoridagi adabiyotlar sharhida bayon qilingan fikrlar mahalliy bentonitli gillarni tabiati, kolloid-kimyoviy hususiyatlarini e’tiborga olgan holda ulardan yuqori sifatli adsorbent olishni samarador texnologiyasini yaratish nihoyatda zarurligini ko’rsatadi.
3.1.2. Xom Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling