„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi.
- Tayanch so‘zlar
- 1.Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi
Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish. Milliy g‗oyaning xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‗nalishlariga mos ravishda turkumlashtirish mumkin. Ya‘ni: birinchidan milliy g‗oyaning ishonch va e‘tiqodga aylanishi, oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‗ladi. Xususan o‗zbek xalqining oilaviy munosabatlari nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman mehr-muruvvatning ko‗rsatish xususiyatlari bilan bog‗liqdir. Bu sifatlarning ko‗proq oilada namoyon bo‗lishi - millatning mentalitetini, tarixiy an‘analarga sodiqligini ko‗rsatuvchi mezonlardir. Mahalla milliy ijtimoiy fenomen sifatida milliy va umuminsoniy g‗oyalarning xalq ishonchi e‘tiqodiga aylanishida muhim institutlardan biri hisoblanadi. Negaki, insonlarning yashash muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy muhiti barqarorligi milliy g‗oyani xalq ishonch e‘tiqodiga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan alohida boshqa ijtimoiy institutlardan ajralib turadi. Mahalla birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda «demokratiya darsxona»si funksiyasi sifatida milliy g‗oyani xalq ishonchi e‘tiqodiga aylantirishda, bir tomondan, imkoniyat, vosita rolini bajarsa, ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g‗oyasining xalq e‘tiqodiga, ishonchiga aylanish darajasini ko‗rsatuvchi dastlabki ijtimoiy makon hisoblanadi. Ana shu makonni vujudga keltirishda – «…uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‗or vakillari, kerak bo‗lsa, mutafakkirlarni, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag‗ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim» 1 . Milliy istiqlol g‗oyasining xalq ishonchi, e‘tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta‘lim- tarbiya tizimi o‗ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari yoki ta‘lim tarbiya muassasalari kishilarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma‘lum g‗oyaga nisbatan munosabatini muvofiqlashtirish imkoniyati katta. Shu bilan birgalikda bu omillar ularni uyushtirish va safarbar qilish imkoniyatini kengaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g‗oyani xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishning tashkillashtirish funksiyalariga katta imkoniyat tug‗diradi. Shu bilan birgalikda, ularning barchasi uchun xos bo‗lgan umumiy qonuniyatlar, talablar ham mavjud. Ya‘ni: - Jamiyat ma‘naviy-madaniyatini rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini, vazifalarini amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta‘minlaydigan milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi; - Insonlarning millatidan, irqidan, diniy e‘tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy partiyalarga mansubligidan, madaniy saviyasi darajasidan qat‘iy nazar, huquqi va ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi; - Umuminsoniyat sivilizatsiyasining ahloqiy, huquqiy, siyosiy, ma‘naviy qadriyatlar va tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an‘analarini rivojlantirishi; - Millat tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga, mentalitet xususiyatlariga mos tarzda madaniy sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o‗zgarishi; 1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‗zbekiston», 2000. 501-b. - Mavjud tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarida keskin ziddiyatga bormaslik, g‗oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlari; - g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish - jamiyat ma‘naviy-madaniy hayotining dinamik o‗zgarishlarini demokratik tamoyillarga, umuminsoniy axloqiy normalarga muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan siyosiy kuch va imkoniyatlarni topish jarayonlariga ham xosdir. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatda g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirishning muhim demokratik tamoyillaridan biri fikrlar va mafkuralar xilma-xilligini ta‘minlashdir. Zero, demokratik jamiyat fikr, so‗z, matbuot, e‘tiqod sohalarida amaliy faoliyat erkinligi uchun shart-sharoit hamda imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning demokratik tamoyillari: bir tomondan, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini e‘tirof etishi; ikkinchi tomondan, millatning tarixiy shakllangan ma‘naviy-ahloqiy meyorlari va qadriyatlariga asoslanishi, milliy g‗oyani xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishi bilan umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi. Jamiyat rivojlanishi bilan barcha sohalarni mutanosib erkinlashtirishning ijtimoiy makon hamda tarixiy zamondagi xususiyatlari o‗zgarib, ularning maqsadlarida va vazifalarida ichki birlik vujudga kelayotir. Xususan, respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‗tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o‗zgarishlar - g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga umuminsoniy demokratik tamoyillar va andozalarni kengroq qo‗llash bilan xarakterlanadi. Bu jarayonning samaradorligi, davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‗zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, ularning mustaqilligini ta‘minlash, har qaysi tarmoq o‗z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish» 1 bilan bog‗liq. Hozirgi davrda ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari va tamoyillari, uning an‘anaviy shakllangan tarixiy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo‗lib, demokratik huquqiy davlatning tub siyosiy maqsadlarini ifodalaydi. Ya‘ni, shaxs va jamiyat erkinliklarini kengaytirish; davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vaqolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimlarga, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish tuzilmalariga o‗tkazish; nodavlat, jamoat tashkilotlari – fuqarolik institutlarining g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat. Jamiyat ma‘naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning demokratik xususiyatlari, milliy g‗oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e‘tiqodiga aylantirish davlat siyosiy funksiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga bog‗liq bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan, «davlatning kuch qudrati – avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro‗yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‗lchanadi» 2 . Zero, jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan shu vazifalarni qanday uddalashi bilan belgilanadi. O‗zbekistonda milliy g‗oyani xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishning asoslarini yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‗lmoqda: - Ma‘naviy-madaniy hayotni, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish, va nazorat qilishning siyosiy instito‗tlari tizimini, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda; - Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarining umuman ma‘naviy-madaniy hayotni, xususan milliy g‗oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezon mezonlardan biri bo‗lib hisoblanadi; 1 Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoº kerak. T.10. –T.: «¡zbekiston», 2002, 322-b. 2 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard mag‗oyasadimiz. –T.: «O‗zbekiston» 2000, 13-b. - Davlatning xalqaro ma‘naviy-madaniy, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga, tendensiyalarga mos kelmoqda; - g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta‘minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo‗lmoqda. Lekin, shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, ma‘naviy-madaniy sohani, g‗oyaviy- mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish jarayoniga keng xalq ommasini jalb qilish, uning intellektual salohiyatini, siyosiy ongi va faolligini oshirish bilan, davlat funksiyalari ustidan nazorat qilishni kuchaytirish mumkinligini, xalqaro miqyosda erishilgan amaliy tajribalar ko‗rsatib bermoqda. Chunki, «har qanday davlat tizimi, uning apparati va ma‘muriy organlari demokratik andozalarga qanchalik javob bermasin - baribir o‗z kuchini, qolaversa o‗z zo‗ravonligini o‗tkazishga harakat qiladigan tizim bo‗lib qolaveradi» 1 . Xulosa qilib aytganda, umuman ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimiga, xususan g‗oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi: - jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini keskinlashtiruvchi inqilobiy o‗zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustuvorligini e‘tirof qilish orqali; - g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta‘minlash, xalqaro insonparvar huquq meyorlariga qat‘iy rioya etish tufayli; - millatlararo ma‘naviy-madaniy g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruhlar va millatlarning mas‘uliyat va imkoniyatlari tengligini ta‘minlash natijasida; -g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g‗oyalarning mavqelarini e‘tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‗unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo‗ladi. O‗zbekistonda bozor munosabatlariga o‗tish davrida bu vazifalarning izchil amalga oshirilishi tarixiy taraqqiyotning taqozosi bo‗lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlar samarasini va jamiyatni erkinlashtirishning mazmunini belgilaydi. Zero, insonning, jamiyatning ma‘naviy erkinligi, ishonch va e‘tiqod erkinligi milliy istiqlol g‗oyasi uning demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko‗rsatuvchi mezondir. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi. Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv omillarini, chuqur o‗rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab chiqish g‗oyat dolzarb ilmiy muammodir. O‗zbekiston xalqining milliy g‗oyasi va mustaqillik falsafasining asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovdir. Xususan, ilmiy-konsetstual jihatdan mamlakatimiz milliy taraqqiyot yo‗lini, ozod va obod yurt tinchligining istiqbollari strategiyasi hamda taktikasini asoslab berish, mustaqillik yillarida qo‗lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlarning amaliy tajribalari bevosita Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‗liq bo‗lib, Vatan va millat oldidagi buyuk xizmatlaridir. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasi mamlakatimizning har bir fuqarosi taqdirida o‗z ifodasini topmoqda. Kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish masuliyati 1 Karimov. I.A. Yangilanish va o‗zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 2002 yil 5 aprel.. esa, hammaga birdek majburiyat yuklaydi. Uni anglash esa, inson barkamolligining muhim mezonidir. Zero, bu g‗oya «har bir yurtdoshimizni o‗zining ma‘naviy kamoloti uchun yuksak mas‘uliyatini his etishga, o‗z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‗unlashtirib yashashga da‘vat etadi». 42 Insoniyat tarixining har qanday bosqichida, har bir sof vijdonli kishi o‗z vatani ravnaqini oliy maqsad deb bilgan va o‗zicha tasavvur qilgan. Masalan, jazirama sahroda yashovchi ko‗chmanchi badaviy, abadiy muzliklar bilan qoplangan yurtlardagi evenklar, inson o‗tib bo‗lmaydigan tuqaylarda yashayotgan aborigenlar va boshqa xalqlar uchun ajdodlari o‗tgan hamda o‗zlari yashayotgan tabiiy muhit, ijtimoiy makon Vatan hisoblanadi. Uning ravnaqini o‗z o‗tovi, chaylasi, yerto‗lasida yashayotgan oilasi, qondosh urug‗lari, xalqi hayot tarzi, e‘tiqodi, orzu-umidlari timsolida tasavvur qiladi. Bu tasavvurlardagi umumiylik ma‘naviyatdagi umuminsoniylikning namoyon bo‗lishidir. Biroq, o‗z vatani ravnaqini mutlaqlashtirib, boshqa mamlakatlar manfaatlariga qarama-qarshi qo‗yish, hech qachon tom ma‘nodagi yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasining mazmunini ifodalamaydi. Agar biz, ularni oliy baxt deb hisoblaydigan bo‗lsak, buyuk faylasuflardan biri aytganidek, «birovlarning ko‗z yoshlari evaziga erishilgan baxt - eng buyuk baxtsizlikdir». Umumlashtirib aytadigan bo‗lsak, erkin bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda, jamiyatning umuminsoniy demokratik tamoyillarga asosan ijtimoiy tabaqalanishi jarayonida, nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan, balki ma‘naviy-ma‘rifiy, psixologik-ruhiy jihatlardan ham qatlamlashish hodisasi sodir bo‗lmoqda. Har bir ijtimoiy guruhning siyosiy qiyofasi, eng avvalo uning mafkurasida namoyon bo‗ladi. Chunki, mafkura - yagona Vatan hududida yashayotgan millatga, xalqqa mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhlar g‘oyasi va falsafiy dunyoqarashlari, orzu-istaklarining siyosiy jihatdan manfaatlashgan hamda ularni amalga oshirish usullari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Shuning uchun ham jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalarga ajralishi murakkab mafkuraviy tizimni vujudga keltirishi bilan birgalikda, ular tarixiy zaruriyatga ko‗ra, har bir millat, elat, ijtimoiy qatlamning yurti tinchligi, Vatani ravnaqi, xalqi farovonligi g‗oyasi doirasida tutashadi va mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar hamda ijtimoiy tabaqalar uchun umummilliy g‗oya sifatida e‘tirof etiladi. Jamiyatning ma‘naviy-mafkuraviy rivojlanish xususiyatlari va darajasi yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasida namoyon bo‗lib, mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy barqaror taraqqiyotining zaruriy sharti hamda kafolatidir. Bu vazifani bajarish mamlakatimizda ma‘naviy-mafkuraviy sohani rivojlantirishning muhim omili bo‗lgan milliy ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishning tarixiy zaruriyatini va amaliy yo‗nalishlarini belgilab berdi. Shunga ko‗ra, mamlakatimiz aholisining yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‗lida ijtimoiy-siyosiy mas‘uliyatini va faolligini oshirish maqsadida yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan, demokratik tamoyillar va fuqarolik jamiyati asoslarini har tomonlama o‗zlashtirgan, shaxsiy va umummilliy manfaatlarni o‗zaro uyg‗unlashtiradigan erkin shaxs va komil inson tarbiyasidagi ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‗nalishi, deb belgilanishi tasodifiy emas. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 3. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. –T.: «O‗zbekiston», 2002. 42 Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001. –B. 51-52. 4. Karimov. I.A. Yangilanish va o‗zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 2002 yil 5 aprel.. 5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‗g‗risida‖gi Qarori.-«Xalq so‗zi». 2006 yil, 26 avgust. 6. G‗oyalar falsafasi. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Akademiya‖, 2011. 7. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001. 7- Мa‟ruza. Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari Reja: 1. Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. 3. ―Ommaviy madaniyat‖ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati. 4. ―Mafkuraviy poligon‖ tushunchasi, uning namoyon bo‗lish xususiyatlari. 5. Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Tayanch so‘zlar Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Mafkuraviy munosabatlarning texnologik va intellektual asoslari. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. “Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari. Mafkuraviy poligonlarning zahirasi, ta‟sir ko„rsatish usullari va vositalari. Mafkuraviy poligon va mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy jarayonlarning millat mentalitetiga, siyosiy ongiga, diniy e‟tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma‟naviy-madaniy saviyasiga ta‟siri. 1.Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, odamlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda, qanday kechayotgani, bu yо‗lda qaysi joyda qanday usul va vositalar qо‗llanilayotganini, qaysi hududning qanday g‗oya va mafkuraviy poligon ta‘sirida ekanligi tushuniladi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta‘sir о‗tkazuvchi turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq kо‗zga tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovor qurollar bilan emas, balki, avvalo, inson qalbi va ongiga ta‘sir о‗tkazuvchi g‗oyaviy qurollar bilan kurashish jarayoni kuchayib ketishi natijasida paydo bо‗lmoqda. XXI asrning barqarorligiga xavf solayotgan, XX asrdan keraksiz meros bо‗lib qolgan muammolardan biri – eng murakkabi va serqirralisi bu mafkuraviy kurashdir. Ma‘lumki, har qanday kurashdan, u qanday bо‗lmasin, ma‘lum bir mafkura kо‗zda tutiladi. Mafkuraviy kurashdan kо‗zlangan asosiy maqsad – insonlarning avvalambor, yoshlarning qalbini va ongini egallash, zabt etish, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millatning milliy tuyg‗ulariga ta‘sir о‗tkazish, uni о‗z dunyoqarashiga tortish va tobe qilishdir. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham dahshatliroqdir. Axborot asri, elektronika asri deb atalgan XX asrning nihoyasida mafkuraviy ta‘sirlar nihoyatda kuchayib ketdi. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi ham bir talay muammolarni yuzaga keltirmoqda. Dunyo miqyosida kishilarni doimo ogoh bо‗lishga undashning ahamiyatli jihati shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо‗lsa, buni kо‗rish, sezish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni tezda ilg‗ab olish qiyin. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor millatchilik va shovinistik asosdagi mojarolar, ekologik falokatlar, ma‘naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi chegara bilmas muammolarning yuzaga kelishining asosiy sabablari ham mafkuraviy ta‘sirlarni tezlikda ilg‗ab olish mumkin emasligidadir. Birinchi Prezidentimiz aytganidek, «bugungi kunda odamzot ma‘lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma‘no mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‘sirini doimo sezib yashamoqda». XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to`la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a`zo bo`lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi. Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisani chuqur o`rganmay turib unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma`naviyatini tog`dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo`yish bilan baravar bo`ladi. O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni tutashtirgan karvon yo`llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G`arb madaniyatidan bahramand bo`lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G`arb va Sharq ma`naviyatidan bahramand bo`lib ularning ijobiy tomonlarini o`zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho`qqilarga ko`tarildi. Globallashuv jarayoni va mafkura maydonidagi kurashlarning yangilanib, takomillashib borishi imkoniyatlarining ortib borayotganligi – haqida gapirganda, globallashuv fenomeni bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini hamda yangilanib, takomillashib borayotganligini ta‘kidlash lozim. Umumiy nuqtai-nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy- biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqiyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. Globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi ko‘rinishlari, uning vositalari va mexanizmlari ham o‘zgarib borishi tabiiy holdir. Albatta, globallashtirishning boshlang‘ich ildizlari davrida mafkura maydonlaridagi kurashlar uncha sezilarli bo‘lmagan bo‘lsada, lekin insoniyat taraqqiyotining bu jarayoni qaysi davrlardan boshlanadi degan savolga aniq javob izlash va uni boshqa ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy fenomen sifatida bosqichlarga ajratish borasidagi barcha izlanishlarda ma‘lum bir nisbiylik, aniq bir ilmiy haqiqat hali topilganicha yo‘q. Shuning uchun ham bo‘lsa kerakki, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir davrni o‘z boshidan kechirmoqda. Keyingi vaqtlarda globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi ko‘rinishlari sifatida bir qator fikrlar ham bildirilmoqda. Ulardan, Birinchisi, globallashuv jarayonida ana shu kurashlarning asosiy maqsadi inson va uning qadriyatlariga turli – xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, globallashtirish jarayonlari jamiyat va inson faoliyatining barcha tomonini qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilm sohalari vakillari o‘rganaveradi. Axborot olamidagi globallashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini – axborot va texnologiya inqilobi tufayli dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo‘lib bormoqda. Shu ma‘noda globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling