„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
2. Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil. Darhaqiqat, tarix - millatning tarbiyachisidir, o'zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi, - isbot talab qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozim. Alohida inson xotirasida o'zining hayotida nimalar qilganligi, uning aql-zakovati va irodasi nimalarga sarflanganligi qay darajada o'rnashib qolsa, millat uchun ham u tomondan amalga oshirilgan narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi, uning o'z-o'zini bilishi va anglashidir: voqelikda yo'qolgan narsalar ongda, xotirada yashaydi. O'tmishni bilish hozirgini yaratish uchun beqiyos ahamiyatga molik. Ijtimoiy hayotni tushunishdagi birinchi qadam hozirning o'tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan bog'liqdir. Milliy g'oya xalqimiz tarixiga, uning tarixiy xotirasiga tayanadi. Tarixiy xotirasidan judo bo'lgan xalq o'zini millat sifatida anglay olmaydi, millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban xis qila olmaydi. Binobarin milliy g'oya ham ratsional, ham irratsional mohiyatga ega bo'lib, u milliy ruhiyat, kayfiyat, ichki uyushtiruvchi, yo'naltiruvchi, harakatga keltiruvchi, etaklovchi milliy xis-tuyg'u hisoblanadi. Istiqbolning yaratuvchisi hisoblangan milliy mafkura - muayyan jamiyatning tarkibidagi millatlarning o'z mustaqilligini, mustaqillik manfaatlarini himoya qilish, rivojlantirish yo'nalishidagi ichki intilishlari natijasida vujudga keluvchi tuyg'ulari, maqsadlari, hoxish- irodalarini ifodalovchi g'oyalar majmuasidir. Milliy mafkuraning o'zagini milliy g'oya tashkil etadi, u jamiyatda barqarorlik, tinchlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta'minlaydi. Milliy g'oyaning asosiy tayanchi nuqtasi ham, harakatga keltiruvchi, uyg'otuvchi kuchi ham milliy o'zlikni anglashdir. Millat o'zini xalq sifatida, millat sifatida, el sifatida anglamaguncha uning obro'yi, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg'urishi, milliy faxr va g'ururi uchun kurashishi mumkin emas. O'zlikni anglash xalqni g'aflatdan uyg'otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuchdir. Milliy his-tuyg'u va mustahkam e'tiqod - insoniy va milliy kamolotning ikki qanotidir. To'maris momomiz va Alp Erto'nga bobomizdan to Abdulla Qodiriy va Ozod Sharafiddinovgacha engilmas kuch-qudrat ato etgan narsa milliy his-tuyg'u va e'tiqodiy ruhdir, desak xato qilmaymiz. Mustaqillik - o'zlikni tanimoqdir; o'zlikni tanishning, milliy g'urur va iftixorni shakllantirishning asosiy vositasi xalqning tarixiy xotirasining tiklanishidir. Dastavval zardo'shtiylikning tarmog'i sanalgan moniylik ta'sirida bo'lgan, keyinchalik xristianlikning mashhur ilohiyotchisi sifatida tanilgan episkop Avreliy Avgustin ―g'aflatda yotgan xalqni uyg'otmoqchi bo'lsang, uning tarixini uyg'ot‖ degan ekan. bizning jismiy va ruhiy vujudimiz, til va tafakkurimiz, ma'naviy-axloqiy dunyomiz, milliy-etnik qiyofamiz, e'tiqod va marosimchiligimiz, udum va an'analarimiz, elu-yurt kabi muqaddas tuyg'ularimiz - bularning barchasi Turon-Turkiston-O'zbekiston nomi bilan bog'liq. 3. Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi. Mafkurasiz siyosiy hokimiyat bo'lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz mafkura ham bo'lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va muayyan maqsad sari yo'naltiruvchi dastur, ta'limot bo'lib xizmat qiladi. Mafkura asos e'tiboriga ko'ra siyosat bilan uzviy bog'liqdir. Siyosatning o'zgarishi mafkuraga ham ta'sir ko'rsatadi. «Mafkura» arabcha so'zdan olingan bo'lib, tor ma'noda qarashlar va e'tiqodlar tizimi, majmui degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda mafkura- jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g'oyalar majmuidir. G'arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya» atamasi vositasida qo'llaniladi. «Ideologiya» yunoncha «ideya» va «logos» so'zlarining birikmasidan tashkil topgan bo'lib, g'oyalar haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz inqilobi davrida Destut de Tressi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Mafkura, xususan, siyosiy mafkura masalalari tahlili XIX asr oxiri XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M. Veber tadqiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko'tarildi. Mafkuraviy siyosat – muayyan g'oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma'naviy- mafkuraviy ta'sirlar, turli ko'rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan bog'liq faoliyat majmui. Mafkuraviy siyosatni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bo'lgan harakat tarzida ham tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan o'rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi bir qator ko'rsatkichlardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi davrda milliy mafkuramiz mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, erkin va yorug' hayot sari olg'a yurishga yo'naltirishi zarur. Odatda ichki hamda tashqi mafkuraviy siyosat bir-biridan farqlanadi. Ichki mafkuraviy siyosat mamlakat, xalqning o'z oldiga qo'ygan strategik maqsadlaridan kelib chiqib, taraqqiyotning yangi bir bosqichga ko'tarilishi uchun fuqarolarni safarbar qilish vazifasini o'taydi. Tashqi mafkuraviy siyosat, o'z xalqi va mamlakatining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, mustaqil taraqqiyotning xalqaro munosabatlar bilan bog'liq jihatlarini ta'minlash hamda begona mafkuralarning ta'siridan himoya qilishga qaratilgan bo'ladi. Mafkuraviy siyosatning samaradorligi uning qanday vositalar, usullar va shakllarda yuritilishiga bog'liq. Bu o'rinda ijtimoiy taraqqiyotdagi turli guruhlar, sinflar va qatlamlar manfaatlarining hisobga olinishi muhim ahamiyatga egadir. Mafkuraviy ta'sir o'tkazish yo'llari omma uchun qanchalik yaqin, tushunarli va tabiiy bo'lsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlariga tayangan holda tashkil etilsa, mafkuraviy siyosat shunchalik samarali bo'ladi. Shuni ta'kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o'ta mutlaqlashtirildi. Mafkura va siyosat o'rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida sinfiy dushmanga qarshi kurash niqobi ostida nafaqat kommunistik mafkuraga zid g'oyaviy unsurlar, balki har qanday hurfikrlilik ta'qib ostiga olindi. Troskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy inqilob, stalincha qatag'onlar o'z qamroviga ko'ra fashizm mafkurasidan qolishmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin NATO va Varshava Shartnomasi davlatlari o'rtasida vujudga kelgan «sovuq urush» siyosati ham asos e'tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Har qanday ilmiy va madaniy hurfikrlilikka, agar u kommunistik mafkura qoliplariga to'g'ri kelmasa, g'ayriinsoniy, zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko'rdi. Sovet mafkurasining tub xususiyatlaridan biri shunda ediki, u xalqlarning milliy o'zligini, madaniyati, axloqi va ma'naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, «sovet xalqi» degan mavhum tushuncha ostida barcha millatlarni birlashtirishga urinar edi. Natijada, ayrim kam sonli xalqlar o'z tili, milliy madaniyatini yo'qotishgacha etib bordilar. Aslida mafkura siyosatga oqilona yo'nalish berishi, uni jamiyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi lozim. Siyosatning mafkuraga tayanishining sababi — mafkuranidg jamiyat ma'naviy kayfiyatini, orzu-umidlarini, maqsad va manfaatlarini ifodalovchi g'oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada siyosiy mafkura alohida o'rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura kabi demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda etakchi omillardan biri hisoblanadi. Siyosiy mafkurasiz biror-bir siyosiy harakat bo'lmaydi. Siyosiy mafkura o'z tarkibiga ko'ra mavjud ijtimoiy voqelik, uning kelajagi to'g'risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi. 4. Milliy g‟oyada mentalitetning namoyon bo‟lishi. Hozirgi paytda ijtimoiy jarayonlar tahlilidan kelib chiquvchi muhim saboqlardan biri ham mentalitet orqali o‗zgarishlarga erishish, uning mazmun-mohiyatiga ta‘sir ko‗rsatishdan iboratdir. ―Agar mentalitetni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati shundaki‖, hayotning o‗zi ham, uning o‗zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‗zgarishi bilan chambarchas bog‗liq‖. Milliy mentalitet fenomeni bo‗linish emas birlashishni, birdamlik va hamkorlikni taqozo etadi. Dunyoda hech bir natijaga aql-zakovatni, kuch-harakatni, vaqt va imkoniyatlarni bir nuqtaga jamlamasdan turib erishib bo‗lmaydi. Birlashish butunlikka erishish, bunyodkorlik ishlarining debochasidir, chunki bunyodkorlikka intilish, bu yo‗lda umumxalq safarbarligi holatini tarkib toptirish, eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish – ruhiy birdamlik kayfiyatiga erishish muhimdir. Agar an‘anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi asosiy vositalar rolini o‗ynab kelgan bo‗lsa, bugun biz yashayotgan postindustrial jamiyatda shaxs qadriyatini belgilovchi asosiy tamoyillar sifatida informatsion bazis, intellektual tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi. Shu boisdan ham yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuch – bilim va tafakkurda» shiori postindustrial jamiyatning shiddatkor, jo‗shqin xususiyati tempi to‗lqinlarida odamlarimizning erkin suzishlari, bu jarayonlarda o‗zligini yo‗qotib qo‗ymasligi, aksincha o‗z ovozi, so‗zi, fikri va salohiyatlari bilan faol uyg‗unlashuviga yo‗l ochuvchi bir mayoq vazifasini o‗taydi. O‗zgarayotgan ijtimoiy makon va zamon ruhida odamlarimizning doimiy aktualligini ta‘minlovchi qudratli kuch ham tafakkur omilidir. Milliy mentalitet omili davrning jo‗shqin ruhi, tez o‗zgarayotgan muhit ta‘sirida yemirilib ketmasligi xususida fikr yuritib, bunday inqirozlardan saqlovchi kuch insoniylik ekanini asoslab beradi. Insoniylik mohiyati sifatida shaxs va jamiyatning barcha jihatlariga ruh bag‗ishlaydi, unga jonlilik, tiriklik, yaratuvchanlik ruhini singdirib turadi. Insoniylik omilining real zohir bo‗lish belgilari esa, komil shaxsga xos bo‗lgan fayz, tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‗zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni chog‗da ta‘kidlash joizki, xalqimiz nazdida komillik tushunchasi rahbar siymosida ayniqsa yorqin namoyon bo‗ladi. Shu boisdan ham, komillikning eng avvalo yetakchilarda, rahbar shaxslarda yorqin ko‗rinishi kerak. ―Istarasi issiq degani, bu odamlarga ko‗ngli ochiq bo‗lish demakdir. Ya‘ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‗lmasligi, bag‗rikeng va kechirimli bo‗lishi lozim. Va kerak bo‗lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‗lishi zarur. Bu fikrga qo‗shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‗zi yonib qolmay, unga ko‗z tikib, undan ko‗p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni yuksak maqsadlar sari safarbar etishni nazarda tutaman» . Demak, milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya‘ni bir tomondan o‗zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‗llay olish salohiyati bo‗lsa, ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish orqali namoyon bo‗ladi. Milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‗p o‗qigan, ko‗p bilgan, ko‗p ko‗rgan yoki tajribasi katta odam bo‗lib cheklanmasdan, o‗zidagi bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‗lida foydalana oluvchi, voqelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‗zgarishlarini anglashga erishgan, nafsini jilovlab, meyorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «tavba» tushunchalariga mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‗z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan, faol, harakatchan, tinib-tinchimas, o‗zi yonib o‗zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‗lida uyushtirish, ularni o‗zaro murosa, madora, ittifoqqa keltirish yo‗liga olib chiqadi. Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan borlig‗imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono, yaratuvchan, bunyodkor, bag‗rikeng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‗yadi. Milliy mentalitet Vatanni sevish omiliga ko‗p jihatlarga ko‗ra bog‗liqdir. Vatanni sevish ulug‗ Navoiy ta‘kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‗lgan muhabbat Vatan sevgisining debochasi va o‗zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat, ya‘ni ilohiy ishq va majoziy ishqqa bo‗lib talqin etadi hamda insonlarga bo‗lgan mexr-oqibat, hurmat, sadoqatdan iborat ko‗ngil bog‗liqligi, ya‘ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq ekanligini o‗z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‗lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan «insonning insonligini o‗ziga anglatish va shu maqsadni ro‗yobga chiqarish» g‗oyasi zamirida ham Vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da‘vati mujassamdir. Odamlarni sevish va Vatan sevgisi o‗zaro uyg‗un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois Vatanga muhabbat tuyg‗usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‗z-o‗ziga bo‗lgan mas‘uliyati, talabchanligi o‗zidan qoniqmaslik, o‗z-o‗zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani e‘tirof etish kerakki, xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai nazaridan baholash ijtimoiy nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan. Milliy g‗oyaning ma‘naviy-madaniy tomonlari milliy manfaatlar-ning uyg‗unligini aniq va ravshan ifodalaydi. Chunki unda til, milliy ruhiyat, milliy o‗ziga xoslik, milliy mentalitet jozibador tarzda aks etadi. Shuning uchun ham milliy g‗oyani targ‗ib va tashviqot etishda o‗zbeklarga xos mentalitet, uyat, or-nomus, vijdon, adolat, haqiqat, odillik, andisha, sharm-hayo, qadr-kimmat kabi tushunchalar milliy, madaniy, ma‘naviy hayotimizning tarkibiy qismi sifatida baholan-moqsa. Ushbu tushunchalar mazmun-mohiyatida xalqimizga xos his-tuyg‗u, o‗zga millatlarga nisbatan odamiylik, insoniylik singari ezgu niyat-lar yotadi. Uzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hayotimizdagi, hatto tariximizdagi nihoyatda katta voqea bo‗ldi. O‗zbekiston tilga oid har qanday masalani mustaqil hal qilish huquqiga ega. Konstitutsiyamizda mustahkamlanganidek, "O‘zbekistan Respublikasining davlat tili uzbek tilidir". Milliy g‗oya o‗zbek tilining davlat maqomini to‗la ro‗yobga chiqarish, uning qo‗llanilishi va muhofazasini ta‘minlashga ko‗maklashadi. Ayni paytda, u respublikamiz hududida yashovchi millatlar va elatlar til-larining taraqqiyoti uchun imkoniyat hozirlashga yordam beradi. Milliy g‗oya ma‘naviyatimizning asosi hisoblangan madaniy merosimizga munosabat masalasida ham katta o‗rin tutadi. Madaniy, ma‘naviy meros avlod-ajdodlarimiz tomonidan necha-necha asrlar davomida yarati-lib, asrab-avaylab kelinayotgan buyuk xazinadir. "Ota- bobolarimiz-dan bizga boy ma‘naviy meros qolgan. Endi bizning qonimizga ko‗chgan, bizning nasl-nasabimizga xos o‗sha ulkan ma‘naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, uni farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak". Madaniy merosga bunday hurmat, birinchi navbatda, uning yaratuvchisi, avaylab-asraguvchisi va rivoj- lantiruvchisi hisoblangan xalq ommasiga, millatga, uning o‗tmishiga cheksiz ehtirom, mehr- oqibat mahsulidir. Madaniy merosini chuqur o‗rganmagan va e‘zozlamagan kishi o‗zining shajarasi, avlod-ajdod-lari bosib o‗tgan yo‗l, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz uchun jasorat ko‗rsatgan ulug‗ zotlar haqida tasavvurga ega bo‗lmaydi. O‘zbek mentaliteti, tafakkur tarzi, ma‘naviyati rivoji asrlar osha sayqal topgan go‗zal axloqiy fazilatlar va milliy kadriyatlar mevasidir. Istibdod yillarida mustamlakachilar xalkimizning bu be-nazir o‗ziga xosligini yo‗qotishga urindilar. Uning tarixiy xotirasi milliy ma‘naviy merosga nisbatan bo‗lgan bunday tajovuzdan jiddiy talofat ko‗rgan bo‗lsa-da, o‗zak tomirlarini shikastlardan saklay oldi, teranligini yo‗qotmadi. Xalq bunday xurujlar chog‗ida dushmanlarga qarshi gohida ochiqdan-ochiq mardonavor kurashdi, zulm haddan oshgan murakkab kezlarda esa bu bebaho qadriyatlarni yuragining to‗rida avay-lab asradi. Tarixning guvohlik berishicha, ishlab chiqarish muttasil o‗sib, rivojlanib boradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi esa, avvalo, uni amalga oshiruvchi insonning ma‘naviy-axlokiy kamol topishi bilan bog‗liq. Agar texnika va texnologiyaning o‗sishi insoniyat taraqqiyoti-dan ilgarilab ketsa, unda bu rivojlanish nomutanosib bo‗ladi va uzoq davom etmaydi. Ma‘naviy jihatdan ildamroq taraqqiy etmas ekan, moddiy va iqtisodiy jihatdan ham tez rivojlanmaydi. Bundan tashqari, texnika va texnologiyaning takomillashishiga ham inson ongi, bilimi va aqli rivojining natijasi sifatida qarash lozim. Binoba-rin, "davlatimizning eng muhim vazifalari dan biri — ma‘naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy uyg‘onish g‗oyasi asosida ma‘naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazishdir". 5. O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‟lishi. Dunyoda yangi jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu borada hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‗xshamaydi. Ba‘zi mamlakatlarda yaxshigina samara beradigan g‗oyaviy tamoyillar o‗zga davlatlarda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin. Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari, mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi. Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz tabiati va dunyoqarashiga yot bo‗lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‗z umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor ta‘limot milliy istiqlol g‗oyasi shakllandi. Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu yo‗nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Birinchi Prezident Islom Karimovning asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ushbu savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor ko‗pdan ko‗p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Insoniyat tarixida ro‗y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir. Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mam- lakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib turadi: 1) tarixiylik, ya‘ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrgacha bo‗lgan yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqimizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma‘naviy boyliklari va an‘analaridan unumli foydalanish; tizimlilik - jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqti-sodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalarida amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash; ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmish-dan bugun orqali kelajak tomon uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tan-lash va ularni hayotga tadbiq etish; umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim o‗rin tutadi. Jamiyatimizni yangi-lashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an‘analar va xalqimizning o‗tmishda to‗plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‗y berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, avvalo, O‗zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqa-ro munosabatlarning teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mav-qeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda; yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi ko‗pmillatlilik va ko‗p konfessiyalik sharoitida jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik tamoyili- ga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlarida-noq mamlakat hayotini demokratlashtirish va liberallashtirish-ning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas; an‘anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‗zbekistonda yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya‘ni, O‗zbekiston misolida yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‗rganish, uning bir-biri bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik" bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiqlolning dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‗zgarish va yangilanishlar jarayonining asosiy tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‗tmishni yozg‗irishdan ko‗ra ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‗lidan og‗ishmasdan borish» to‗g‗risidagi xulosalar asos qilib olingani bejiz emas. Mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimini shakllantirishning strategik maqsadlari jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bo‗lgan bir qator tamoyillarni amalga oshirish bilan bog‗liq Jamiyat hayotini yangilash jarayonini izchilligi va samaradorligini ta‘minlash bu boradagi eng asosiy yo‗nalishdir. Mazkur yo‗na-lishda hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy ma-daniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bu taraqqiyotimiz g‗oyaviy tamoyillarining siyosiy sohadagi namoyon bo‗lish xususiyat- larini belgilaydi. Binobarin, siyosiy hayotni yangilashning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o‗stirish, unga demok-ratik erkinliklarning ma‘no-mohiyatini to‗g‗ri tushunib olish va o‗zlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Bu, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‗jalik yurituvchi subyektlarning qonunga so‗zsiz bo‗ysunishini taqozo qiladi. Demak, bunda nafakdt aholi huquqiy bilimlarining oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyat-ning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat samaradorligi ortishi ham jiddiy e‘tiborni talab qiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling