Fayzullayev sindorning
Oltingugurtning aylanma harakati
Download 1.35 Mb.
|
sindor tabiat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglerodning aylanma harakati.
Oltingugurtning aylanma harakati. Oqsilning zaruriy komponenti bo`lgan olyingugurt biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oltingugurtning global aylanishi gazsimon, suyuq va quyuq holatdagi komponentlar ishtirok etadiganturli biotik va abiotik jarayonlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa quruqlik yuzasining okean va atmosfera bilan oltingugurt birikmalari almashuv jarayonlari juda muhim. Asosiy biogen elementlar(С, О, S, Р, Б)ning barcha global biogeokimyoviy aylanishlaridan oltingugurt aylanishi inson faoliyati tufayli ayniqsa kuchli buzilgan. Yoqilg`I qazilmalar, birinchi navbatda ko`mirning yo`qilishi tufayli hosil bo`ladigan oltingugur oksidining emissiyasi (SO2 ) eng muhim antropoghen ta’sirdir. Bu gazning jahon bo`yicha emissiyasing 90 % ga yaqini Shimoliy yarim shar uchun xos. Oltingugurtning antropogen hajmi tabiiy hajmiga nisbatan ikki baravar ko`p.
Uglerodning aylanma harakati. Jonli substansiyaning asosiy kimyoviy elementi bo`lgan uglerod geografik qobiq (biosfera)ning eng muhim kimyoviy elementi hisoblanadi. Chunki u: a) Yerdagi barcha jonli organizmlarni tashkil etuvchi asosiy elementdir; b) biosferada uglerod birikmalarining oksidlanish va tiklanish reaksiyalari nafaqat uglerodni, balki kislorodni ham, shuningdek boshqa ko`pgina kimyiviy elementlarning ham mavjud bo`lishini taqoza etadi; c) uglerpd atomining zanjir va halqalarni yarata olish qobiliyati organik birikmalarning xilma-xilligini ta’minlaydi; d) uglerodli gazlar – uglerod gazi (CO2) va metan (CH4) – antropogen issiqxona samarasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uglerodning manbalari ko`p bo`lsada, atmosferadagi gaz holatidagi va suvda erigan karbonat kislota jonli organizmlarning organik moddasiga qayta ishhlanadi. Fotosintez jarayonida karbonat kislota shakarga, so`ngra proteidlar, lipidlar va boshqa organik birikmalarga aylanadi.Fotosintez jarayonida assimilyatsiya qilingan barcha uglerod jonli organizmlarning oziqa manbasi bo`lgan uglevodlarga qo`siladi. Nafas olish jarayonida bu uglerodning 1/3 qismiga yaqini uglerod qo`sh oksidiga aylanadi va atmosferaga qaytadi. Geografik qobiqning uglerodli “rezervuarlari” hidrosfera, biosfera va atmosferada turadi. Ular orasida har yili o`nlab milliard tonnalar niqdorida uglerod almashuvi bo`ladi. Bu almashuvda uglerodni asosiy singdiruvchi okean bo`ladi. Okeanga uglerod ham organik moddalarning buzilishi natijasida daryolar oqimi bilan quruqlikdan, ham barcha jonli organizmlar (biota)ning nafas chiqarishi natijasida tushadigan atmosferadan tushadi. Quyosh energiyasi ishtirokida noorganik moddadadan organik moddavivi shakllanishi (fotosintez), biotaning hayotiy faoliyatining aerob va anaerob jarayonlarida organik moddaning sarflanishi va organik moddaning buzilishi geografik qobiqdagi eng muhim jarayonlardir. Biologik aylanma harakatda ishtirok etadigan uglerod atmosferadan yoki suvdan yashil o`simliklar tomonidan oziqa manbalaridan biri sifatida singdiriladi hamda o`simliklar va hayvonlarning nafas olish va, shuningdek, ularning qoldiqlarining bakteriyalar tomonidan parchalanish jarayonida ajralib chiqadi. Uglerodning aylanma harakati to`liq qaytmaydi. Uglerodning organik (gumus, torf, sapropel) va noorganik (kalsiy karbonati va b.) birikmalari cho`kindilarda ko`milib qoladi.Agar cho`kindilar Yer po`stining chuqur qatlamlariga tushib qolsa, ulardagi uglerod millionlab yillarga aylanma harakatdan chiqadi. Ko`mir, neft, ahaktosh va boshqa jinslarda 1016 t ga yaqin uglerod to`plangan.Bu ko`rsatkich okean va dengiz suvlaridagi, atmosfera va jonli organizmlaridagi uglerod miqdoridan ancha ko`p. Vulkanlarning otilishida va tog` hosil bo`lishi jarayolarida ko`milib qolgan uglerod geografik qobiqqa qaytadi va biologik aylanma harakatga qo`shiladi. Biogeokimyoviy siklda faol ishtirok etadigan uglerodning katta zahirasi Dunyo okeanida bo`1ib, u yerda noorganik uglerodli moddalarning zarralari, organik erimaydigan uglerod, erigan organik uglerod va jonli shakllarning zarralari shakllarida bo`ladi. Pirovardida okeandagi uglerodning katta qismi uning tubida yotqiziladi, keyingi yotqiziqlar bilan qoplanib boraveradi va kichik aylanma harakatdan chiqib, litosfera moddalarining katta aylanma harakatiga qo`shiladi. Uglerodning global aylanishida asosiy antropogen oqim yoqilg`i qazilmalarning energiya ishlab chiqarish jarayonida yoqish natijasida hosil bo`ladi. Insonning xo`jalik faoliyati natijasida har yili 15-25x109 t uglerodning qo`sh oksidi hosil qilinadi (tabiiiy manbalardan esa har yili 0,15x109 t tushadi). Bundan tashqari, inson faoliyati (o`rmonli maydonlarning qisqarishi, dengiz va okeanlarning ifloslanishi) natijasida fotosintez jarayonlari susayadi. Bu esa atmosferada uglerod gazi miqdorining ko`payishiga olib keladi. Quruqlik ekosistemalarining antopogen o`zgarishida vujudga keladigan boshqa bir oqim biota va tuproq moddalari buzilishining har xil turlaridir. Bu antropogen oqimlar uncha katta emas, ammo ular uzluksiz ko`payib bormoqda. Atmosferadagi gazlarning miqdori XIX asrning o`rtalaridan boshlab kuzatilmoqda. Kuzatishlar bu gaz miqdorining atmosferada ko`payib borayotganligidan dalolat beradi. Uglerodning nihoyat muvozanatlashgan aylanishida antropogen ta’sir hozirdayoq hayot muhiti uchun jiddiy oqibatlari bo`lgan issiqxona samarasini sezilarli darajada kuchayishiga olib kelmoqda. Chunki, bu gaz Yer yuzasidan kelayotgan uzun to`lqinli issiq nurlarni tutib qoladi. Buning natijasida havo haroratining ko`tarilishi, muzliklarning erishi, Dunyo okeanining sathi ko`tarilishi mumkin. Sayyoramizda iqlimning o`zgarishiga karbonat angidtid miqdorining ko`payishi bilan birgalikda atmosferaning ifloslanishi va va unda chang zarrachalarining ko`payishi (Yer yuzasiga keladigan Quyosh radiatsiyasi miqdorini kamaytiradi), o`rmonlarning qirqilishi va Dunyo okeani yuzasining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, atmosferaga albedoni o`zgartiradigan ishlab chiqarish issiqligiining tashlanishi va boshqa omillar ta’sir ko`rsatadi. XULOSA Xulosa o`rnida quyidagilarni aytish joizki Modda va energiyaning aylanma harakati -geografik qobiq va ayrim landshaftlardagi komponentlararo aloqalarni ifodalovchi qonuniyat. Aylanma harakatlar turlituman -okean suvlari, atmosfera, suvning aylanma harakati, biologik, litologik aylanma harakat va boshqa shular jumlasidandir. Ma'lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh organizmlarning bo'lishi shart. Produsentlar (hosil qiluvchilar). Konsumentlar (iste'molchilar). Redusentlar (parchalovchilar). Hayotni produsentlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular birlamchi biomahsulotlarni hosil qiladi. Konsumentlar birlamchi va ikkilamchi biomahsulotlarni iste'mol qilgan holda, organik moddalarni bir holdan ikkinchi holga o'tkazadi va hayot xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu o'z navbatida turlarning evolyusiyasiga olib keladi. Redusentlar organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayyoramizni o'lik qoldiqlardan iborat bo'lgan katta "mozor" ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. Yerda boradigan har kanday jarayonlarning manbai va boshlanishi quyosh nuri energiyasi hisoblanadi. Yorug'lik ta'sirida boradigan yashil o'simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida organik modda to'planadi. Fotosintezning foydali ish koeffisenti nihoyatda past. Yer yuziga tushadigan quyosh nurlarini atigi 1% idan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshko'mir, neft, torf, gaz) quyosh energiyasi konservalangan holda saqlanadi. Ba'zi bir organizmlar organik moddalarning oksidlanishi natijasida ajralib chikadigan energiyadan foydalanadi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi. Biosferada modda va energiya almashinuvi. Ma'lumki, Yerga keladigan energiyaning 99%ini Quyosh nurlari tashkil etadi. Bu energiya atmosfera, gidrosfera va litosferada bo'lib o'tadigan turli fizik kimyoviy jarayonlarga sarf qilinadi, ya'ni: havo va suv to'lqinlari, tog'-toshlarning emirilishi, bug'lanishi, tirik moddalarning hosil bo'lishi va taqsimlanishi, minerallarning erishi, gazlarning yutilishi va ajralishi kabi holatlarga sarflanadi. Biosferada turli mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va tiklanish kabi kimyoviy jarayonlar bo'ladi. V.R. Vilyams fikricha, Quyosh energiyasi Yer yuzida ikki xil moddalar almashinuvini ta'minlaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling