«fizikа» fаnidаn o’quv uslubiy majmua


O`rta asrdagi O`rta Osiyolik astronomlar


Download 1.9 Mb.
bet53/71
Sana13.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1354618
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Информатика учун УМК

O`rta asrdagi O`rta Osiyolik astronomlar




Al Xorazmiy. Muhammad al Xorazmiy (783-850) hayotining davri Sharqda astronomiyaning tiklanishi boshiga to`g`ri keldi. Bu vaqtga kelib al Ma`munning I akademiyasi tashkil etiladi, u yerda Xorazmiy asosan astronomiya bilan shug`ullanadi. Bu yerda u o`zining mashhur "Ziji Xorazmiy"ni yozadi, bu asar 37 bobdan iborat bo`lib, nafaqat o`zining zamonasida, balki keyingi asrlarda ham ajoyib astronomik asar deb topilgan. Undan tashqari, Xorazmiy astronomiyaga oid kitoblardan "Astrolabiya haqida kitob" va "Sinus-kvadrant haqida" asarlarini yozgan.
Abul - Abbos Ahmad al Farg`oniy. (to`liq ismi-Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al Farg`oniy, tug`ilgan yili noaniq bo`lib, 798 yil deb taxmin qilinadi, 860 yillar o`rtalarida vafot etgan). Eng yirik astronomik asari "Koinotdagi harakat haqidagi kitob va yulduzlar haqidagi fan majmuasi"dir. Undan tashqari, astronomiyaga oid juda ko`p risolalarni ham yozgan. K.Brokelman o`zining "Arab adabiyoti tarixi"da dunyoning turli shaharlaridagi kutubxonalarida saqlanayotgan o`ntacha asarlarining nomlarini qayd etgan. Farg`oniy Quyosh tutilishi sodir bo`ladigan momentini avvaldan hisoblab bashorat etgan, ilmiy jihatdan Yer sharsimonligini isbotlab bergan, meridian uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o`rganish uchun asbob (nilomer nomi bilan ma`lum) yaratgan.
Al Battoniy (858 - 929). Abu Abdullox Muhammad ibn Jobir Battoniy - Yaqin va O`rta Sharqning mashhur arab astronomi va matematigi. Bizgacha 60 bobdan iborat "Az zij as Sabi`" asari yetib kelgan. Battoniy katta aniqlikda Yer orbitasining ekssentrisitetini, perigeliy uzunligining asriy o`zgarishlarini hisoblab chiqargan.
Al Farobiy (870 - 950) - mashhur ensiklopediyachi alloma. Qiziqish doirasi juda keng. Astronomiya, matematika, falsafa bilan shug`ullangan. Birinchilardan bo`lib Almagestni o`rganib chiqib, sharh yozgan. Sferik astronomiyaga doir uning ishlari hanuzgacha yuqori baholanadi.
Ibn Iroq (961 - 1036) - Abu Mansur Beruniyning ustozi, astronomiyaga oid yigirmatacha asarning muallifi.
Abu Hamid ibn Hizr Xo`jandiy - o`rtaosiyolik astronom. U davr astronomik asboblar (astrolyabiya va b.) bo`yicha eng yaxshi hunarmand usta hisoblangan. 992 yilda "Faxr sekstanti" asbobini ixtiro qiladi (bizning davrimizda uni noto`g`ri "fahriy sekstant" deb nomlashadi).
Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) - ensiklopediyachi alloma, o`zidan keyin boy ilmiy meros qoldirgan. Tarix, tilshunoslik, astronomiya, falsafa bilan shug`ullangan. Astronomiya mavzusida ellikka yaqin asarlar qoldirgan.
Abu Ali ibn Sino (980 - 1037). Tabiiy fanlar (tibbiyot, falsafa, tabiyotshunoslik)dan tashqari astronomiya bilan ham shug`ullangan, zij shaklida yozilgan "Astronomiya bo`yicha to`plam" ("Mulahhas fil - hayat") ning muallifidir.
Ahmad ibn Abdulloh Al Marvoziy IX asrda yashagan. "Damashq ziji", "Tekshirilgan zij" asarlarining muallifi.
Umar Hayyom (1048 - 1122). To`liq ismi G`iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim al Hayyomiy al Naysaburiy (Nishopuriy). Mashhur shoir, faylasuf, matematik va astronom. Juda ko`pchilik uning falsafiy fikrlar bilan to`la ruboyilarini o`qigan. Matematikada ham "Yevklidning qiyin postulatlariga sharhlar", "Algebraik masalalar yechimlarining isbotlari haqida" va boshqa asarlari bilan o`chmas iz qoldirgan. Astronomiyada taqvimni qayta ko`rib chiqqan. U taklif qilgan taqvim hanuzgacha eng aniq deb hisoblanadi. Marv va Isfaxon rasadxonalarida o`zi o`tkazgan kuzatuvlar natijalari asosida "Malikshohning astronomik jadvallari", "Malikshoh ziji" va boshqa asarlarini yaratgan.
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chag`moniy al Xorazmiy (? - 1221) mashhur "Kompendiya"ning muallifi ("Elementar astronomiya haqida xulosa"). Bu asarni keyinchalik o`z davrining ko`zga ko`ringan ko`pgina olim-astronomlari sharhladilar (Qozizoda Rumiy, Shamsiddin al Buxoriy, Kamoliddin at Turkmaniy, Ali ibn Muhammad as Sayid ash Sharif al Jurjoniy (1340-1413), Abdulvohid ibn Muhammad).
Nosiriddin Tusiy (1201 - 1274). Abu Ja`oror Muhammad ibn Muhammad at - Tusiy Xurosonda tug`ilgan. U taxminan 76 asar muallifi. VIII asrdan boshlab yirik ilmiy markazga aylangan Marog`a rasadxonasida ko`p yillar mobaynida ishlab kelgan. Uning eng yirik asari Parijda saqlanayotgan "Ziji Elxoniy"dir.
At Taftazoniy (1322 - 1390) - ensiklopediyachi olim, temuriylar saroyida xizmat qilgan. Uning "Quyosh haqida risola", "Ulug`bek burchaklari haqida risola" va boshqa asarlari ma`lum.
Qozizoda Rumiy (1360 - 1437) - mashhur matematik va astronom. To`liq ismi - Salohitdin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda ar-Rumiy. Ulug`bekning ustozi. Astronomiyaga oid bir qancha asarlarning muallifi ("Sharh al Chag`moniy", "Almagest bayoniga sharhlar", "Astronomiya haqida risola" va boshqalar).
Ulug`bek (Muhammad Tarag`ay ibn Shohruh (1394 - 1449) - buyuk Amir Temurning nabirasi, o`rta asrning mashhur astronomi. Samarqand yaqinida rasadxona qurdirgan, u yerda 30 yil mobaynida muntazam ravishda yulduz va sayyoralar kuzatilgan. Rasadxona o`z zamonasiga nisbatan ajoyib asboblar bilan ta`minlangan. Uning "teleskopi" XVII asrda optik teleskoplar ixtiro qilingunga qadar eng katta aniqlikga ega bo`lgan. O`ttiz yillik sistematik kuzatuvlar natijasi "Ko`ragon jadvallari" ("Ziji Ko`ragoniy") asari bo`ldi.
G`iyosiddin Jamshid Qoshiy ibn Ma`sud ibn Mahmud - o`rta asr davridagi Sharqning mashhur matematik va astronomi. Ulug`bek rasadxonasida ishlagan. "Ziji Hoqoniy", "Ziji Elxoniy", "Ziji Ko`ragoniy"larga sharhlardan tashqari, astronomiya va matematikaga doir 19 asarning muallifi ("Arifmetikaga kalit", "Bir daraja sinusini aniqlanishi haqida risola", "Qoshiy ziji" va boshqalar).
Abdal Ali ibn Muhammad al Husayn al Birjandiy (Nizomiddin al Birjandiy) - ko`pgina astronomik asarlarning muallifi ("Astronomiya haqida risola", "Taqvim haqida yigirmata bob", "Taqvim va yulduzlar haqida risola", "Kuzatuv asboblar haqida risola" va boshqalar).
Mirim Chalabiy (Mahmud ibn Muhammad ibn Qozizoda Rumiy) - Ulug`bek maktabining so`nggi allomalaridan, ko`pgina astronomik asarlarning muallifidir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling