Sizga ma’lummi, ya’ni:
– tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqaroga 16 yoshga to‘lganida
beriladigan pasport fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
– turmushdoshlardan birining fuqaroligini o‘zgartirishi boshqa turmush-
doshning fuqaroligi o‘zgarishiga olib kelmaydi;
– chet ellik erkak yoki ayol bilan nikoh tuzish turmushdoshlarning
fuqaroligini o‘zgartirish majburiyatini yuklamaydi;
– fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududida tug‘ilgan
bolasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi;
– ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola farzand-
likka olingan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi;
– 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning fuqaroligini ularning
ota-onalari fuqaroligi o‘zgargan hollarda, shuningdek, farzandlikka olish
hollarida o‘zgartirish faqat bolalarning roziligi bilan bo‘lishi mumkin;
– agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan “O‘z-
be
kiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonundan farqli qoidalar
joriy etiladigan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligi
insonning davlat bilan huquqiy aloqalari, inson va
fuqarolarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi;
fuqarolarning qonunlarga rioya qilish burchi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar: davlat hokimiyati organlariga
saylanmaydilar, saylovlarda ishtirok etmaydilar, armiyada
xizmat qilmaydilar, siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydilar;
pasport – 16 yoshdan;
fuqarolikka ega bo‘lish:
•
tug‘ilgan zahoti;
•
qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga ko‘ra;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida” Qonun
(2004-yil 3-dekabrdagi tahriri).
∑
∑
Yakunlarni chiqaramiz
54
Do'stlaringiz bilan baham: |