Gavharjon Eshchonova "Adabiyot o‘qitish metodikasi"


GLОSSARIY    Adabiyot


Download 366.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/51
Sana14.11.2021
Hajmi366.13 Kb.
#174203
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi

GLОSSARIY 

 

Adabiyot – bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va bosh-

qa asarlari majmuyi. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yara-

tuvchi  sohasi  va  shu  sohada  yaratilgan  asarlar  majmuyi.  Muayyan  bir 

fan  yoki  sohada,  masalaga  oid  asarlar,  kitoblar  ya’ni  mavzu  yuzasidan 

tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati. 



Metod – biror ishni bajarish, ado etish, amalga oshirish usuli yoki 

usullari tizimi ya’ni dars berish metodi. 

Metod tushunchasi haqidagi dastlabki qarashlar XIX asr boshlarida 

yashab  o‘tgan  rus  pedagogi  F.I.Buslayevga  mansub  bo‘lib,  u  adabiyot 

o‘qitish metodlarini geyristik va tarixiy-dogmatik tarzda ikkiga bo‘ladi. 

Metodika – biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish usulla-

rining yig‘indisi.  

Metodika  o‘qitish  usullari  haqidagi  ta’limot-adabiyot  o‘qitish  me-

todikasi,  ona  tili  o‘qitish  metodikasi.  Bu  vaqtni  tejash malakasi,  o‘quv-

chi kuchlarini oqilona sarflash,  o‘quv  materialidagi asosiy va bosh nar-

sani  topish  malakasi,  jamoa  mehnatini  tashkil  qilish  san’ati,  bu  o‘quv-

chilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir.  

Barcha metodikalar, ularning qaysi bir fanga aloqadorligidan qat’-

iy nazar, o‘qituvchining ish prinsiplari, material va metodlarini muayyan 

ketma-ketlikda,  izchillikda  ko‘rib  chiqishiga  hamda  uchta  eng  asosiy, 

yani nima uchun? nimani? va qanday? degan savollarga javob berishiga 

ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi. (V. V Golubkov) 




Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling