Geografiya va geoaxborot tizimlari


Download 112.78 Kb.
bet26/29
Sana09.04.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1343590
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2-Mustaqil ish (1)

Jizzax shahri Yunon solnomachilari Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo shahrining oʻrnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oraligʻida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimiy Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sugʻdiycha „Dizak“ („qalʼacha“) soʻzi bilan bogʻlaydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.
Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qadimiy karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.
Jizzax 9-10-asrlarda Somoniylar, 11-13-asr boshida Qoraxoniylar,
Xorazmshohlardavlati, 14-15-asrlarda Temuriylar davlati, 16-18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866-yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan.
Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. 16-17-asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. 19-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. 19-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar 16-19-asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571-yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866-yil 12-18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916-yildagi Jizzax isyonida shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi beshafqat qirilgan.
Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949-yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960-yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971-yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi.
Chirchiq - Toshkentviloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, 
Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015).Maydoni 100 km.kv. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932-yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939-yil — 15 ming kishi, 1959-yil — 65 ming kishi, 1970-yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40-yil larda Industrial texnikumi binosi, 50-yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling