Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


Zararkunanda hasharotlarga bardoshli transgen o‘simliklar yaratish


Download 150.81 Kb.
bet8/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

Zararkunanda hasharotlarga bardoshli transgen o‘simliklar yaratish
Gen muhandisligi usullarini qo‘llab, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda chidamliligi yuqori bo‘lgan o‘simliklarni konstruksiya qilish mumkin. Ma’lumki, Bacillus thuringiensis bakteriyasi insektitsid oqsil – protoktoksinni ekspressiyalaydi, bu oqsil hasharotlarning ichagiga tushgandan so‘ng proteaza fermenti ta’sirida zararkunandalarni nobud qiluvchi faol toksinga qadar parchalanadi.
Ushbu toksin asosida olingan preparatlar dalalarda o‘simliklarga ishlov berishda foydalaniladi. Olingan preparatlar turg‘un bo‘lmasdan, hasharotlarda mazkur insektitsidga chidamlilik paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Uning kamchiligi tez parchalanib ketadi, shu bilan bir vaqtda oqsil mahsulotlari o‘simlik hujayralarida hasharotlarga nisbatan mo‘‘tadil chidamlilikni hosil qilishi mumkin.
YUqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun B. thuringiensis genomidan bt2 toksini geni ajratib olinib, gul karam mozaikasi virusi SAMV 35 S promotori nazorati ostiga qo‘yilgan bt-geni agrobakterial transformatsiya usuli yordamida tamaki o‘simligiga ko‘chirib o‘tkazilgan. bt2 genining o‘simlik hujayrasidagi ekspressiyasi o‘ziga xos mRNK ning ishtiroki hisobiga transkripsiya darajasida ham, translyasiya darajasida ham toksin-oqsil sinteziga ko‘ra ham aniqlangan. Olingan transgen tamaki o‘simliklari zararkunanda hasharotlarga chidamli bo‘lib chiqqan. Bu usul bilan qishloq ho‘jalik ekinlarini zararkunandalardan himoya qilishning samaradorligini endotoksin genlari bilan transformatsiyalangan pomidor misolida ham ko‘rish mumkin, o‘simlik hujayrasida sintezlangan bakteriya oqsili o‘simlikni insektitsid preparatlar qo‘llanilgandagi kabi samarali himoya bilan ta’minlaydi.
SHuningdek, tamaki va pomidordan tashqari ko‘pgina qishloq ho‘jalik ekinlari kartoshka, makkajo‘xori, g‘o‘za, sholi, soya, brokkoli o‘simliklari genomiga ham bt2 geni kiritilgan. Genomida bt2 genini ekspressiyalovchi bir qancha o‘simliklarning transgen navlari olingan. 1944 –1945 yillar mobaynida pomidor, kartoshka va g‘o‘zaning (“Monsanto” firmasi), makkajo‘xori (“Novartis” firmasi), 1998 yilda esa kartoshkaning bt2 genidan tashqari, barglarni buralishi viruslari va glifosat gerbitsidiga bardoshlilik genlari kiritilgan yangi navlari olingan va dala sinovlaridan o‘tkazilgan.
2000 yilda transgen o‘simliklar navlarining genetik modifikatsiyalangan mahsulotlaridan foydalanish ruxsat etilgan mamlakatlarda zararkunanda hasharotlarga bardoshli ekinlar 380 ming ga. maydonga ekilgan bo‘lib, bundan 230 ming gektariga transgen g‘o‘za, 144 ming gektariga makkajo‘xori va 5 ming gektariga transgen kartoshka ekilgan.
Transgen o‘simliklardan foydalanish natijasida insektitsidlarni qo‘llanishini kamayishiga va o‘simliklarda hosildorlikni oshishiga erishildi.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling