Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet17/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й

Mamlakat (Country)– siyosiy – geografik termin bo`lib, muayyan chegaralarga va davlat suverenitetiga ega bo`lgan yoki boshqa bir davlat hukmronligi ostida bo`lgan xudud (mustamlaka, boshqaruv ostidagi hudud) ni anglatadi.
Markaziy bankMamlakatning pul belgilarini, emissiya qilish pul bosib chiqarish va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki.
Markaziy Osiyo- Ushbu atama Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston respublikalari uchun 1992 yilda 5 ta davlat prezidentlari tomonidan qabul qilingandan so’ng qo’llanilmoqda. Hozirda bu atama xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Ammo geografik nuqtai nazardan yondoshilganda Markaziy Osiyoga Afg’oniston, Mo’g’uliston, Xitoyning Uyg’ur – Sintszyan rayoni ham kiradi. Bundan tashqari “Keng ma’nodagi Markaziy Osiyo” atamasi ham mavjud bo’lib, bu hududlardan tashqari Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning ma’lum qismlari ham kiradi.
MASOFAVIY O’QITISh – o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri, shaxsiy aloqasiz «masofadan o’qitish» imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan o’qitish jarayonini amalga oshirishning yangi uslubi
Mahorat – kasbiy individuallikning yorqin ko’rinishi.
Mahsulot – iktisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi.
MDH- Mustaqil davlatlar hamdO’stligi davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorligi. 1992 yil dekabr oyida Minsk shahrida tashkil topgan. Sobiq SSSR davlatining BoltiqbO’yi mamlakatlaridan tashqari barcha davlatlar a’zo. MDH ustavi tashkiliy organlarga ega, Koordinatlashtirilgan konsultativ qO’mita Minsk shahrida joylashgan
Megalopolis (Megapolis)- Ikki yoki undan ortiq aglomeratsiyalarning xududiy jihatdan qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan urbanizatsiyalashgan hudud. Qadimgi Gretsiyadagi Arkadiylarning bosh shahri Megapol nomidan olingan. U 35 ta qishloqni qo’shilishidan hosil bo’lgan. Dunyodagi yirik megalopolislar BosVash, Tokaydo, Chippits, San-San va hk. Bu terminni birinchi bo’lib J.Gottman qo’llagan.
Megapolis- yirik shaharning o’z ma’muriy hududiy doirasidan atrofga chiqishi va kengayib borishi. BMT ko’rsatmasiga binoan aholi soni 8 mln.dan ortgan shahar, ayrim hollarda aholi soni kam bo’lsa ham, mamlakatning bosh shahri shu nom bilan yuritiladi. M: Toshkent shahri.
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli, harakat qilish tarzi; 2) maqsadga eltuvchi yo’l, ya’ni, maqsadga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarning o’ziga xosligidir.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling