GLOSSARIY
Informatika – kompyuterlar yordami va ularni
qo‘llash muhiti vositasida axborotlarni
yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.
Kibernetika – texnik, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning
umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun
axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foyda-
langan holda qulay sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtiso-diy va ilmiy-texnikaviy
jarayonidir.