Gumanitar fanlar


Download 0.66 Mb.
bet4/10
Sana12.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1701101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
105 KURS ISHI

Inflyatsiya bozor xo'jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.

Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o'zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog'liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o'sishi inflyatsiyani anglatmaydi.

B
u narxlar ma’lum muddat o'tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin.

Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog'oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog'oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o'zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o'zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya - tovarlar narxining o'sishidir, degan ta’rifning to'liq va yetarli emasligini ko'rsatadi.

Qog'oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:

1) oltinga nisbatan - bu oltinning qog'oz pullarda bozor narxining oshishida o'z ifodasini topadi;

2) tovarlarga nisbatan - bu tovarlar narxining oshishida o'z ifodasini topadi;

3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan - bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o'z ifodasini topadi.

Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar sotib olinayotganligi uchun qog‘oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi narxlarning o‘zgarishiga qarab o‘lchanadi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling