Guruh talabasi karimovNuralining Kompyterni tashkil etish fanidan mustaqil ishi
Download 95.84 Kb.
|
Karimov Nurali Kampiyuterni tashkil etish amaliyot № 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 640х200, 2 MCGA Rangli 80х25, 16
- 720х348, 2 EGA Rangli 80х25,16 80х25, 16
- 80х25, 16 80х25, 16 640х480, 16
- Foydalanilgan adabiyotlar
KLAVIATURA. KLAVIATURANING ASOSIY TUGMALAR GURUHI VA ULARNING VAZIFALARI 1. Klaviaturadagi tugmalarning turli soni ba’zi bir boshqaruv tugmalarning takrorlanishi va yangi tugmalar qo’shish hisobiga bo’ladi. Masalan: ENTER, SHIFT, ALT va boshqa tugmalar yoki WINDOWS maxsus tugmalari. 2. Asosiy gurux tugmalarning ta’rifi va ularning vazifalari. Bajaradigan vazifalariga qarab, klaviaturada to’rt gurux tugmalar mavjud: 3. Ushbu mashg’ulot poyonida 2-3 gapdan ortiq bo’lmagan oddiy matn misolida asosiy ko’nikmalarni mashq qilishni tavsiya qilamiz. Tarbiyaviyligi: o’quvchilarda informatika darsiga qiziqtira olishni hosil qilish. 1. “Sichqoncha” ni qanday qilib to’g’ri ushlashi ko’rsatiladi. 2. “Sichqoncha” ko’rsatkichini ekranning o’ng yuqori, keyin chap pastki burchagiga olib borishga harakat qilinadi, ekran o’rtasiga qo’yiladi. 3. “Sichqoncha”ning ko’rsatkichini “Ishga tushirish” tugmasiga qo’yiladi. 4. “Sichqoncha”ning ko’rsatkichini dasturlarga qo’yiladi. 5. Ko’rsatkichni “Standartli”ga olib boriladi. 6. Ko’rsatkichni “RAINT GRAFIKLI MUHARRIRI”ga olib boriladi. 7. “Sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi. Muharrirda ishlashning eng oson usullarini tushunib olish kerak (uskunalarni tanlash, rang tanlash). Oddiy rasm chizishni o’rganish. Ushbu mashg’ulot poyonida ham klaviatura bilan ishlashni davom ettirish foydali, masalan: 1. Turli matnlarni aytib kiritish. Matnlarni mustaqil ravishda tuzatish. 2. Klaviatura trenajeri dasturini mashq qilish. Klaviatura - axborotni kompyuterga kiritishning standartli universal qurilmasidir. Tugmalar soniga qarab uch tur klaviaturalar farqlanadi: 1) PS/AT klaviaturasi (84-86 tugma). 2) WINDOWS klaviaturasi (105 tugma). 3) Standart (101. 102) kengaytirilgan AT klaviaturasi. u boshqaruv tugmalari; u tahrir qilish tugmalari; u alfavit – raqamli tugmalar; u funksional tugmalar. Boshqaruv tugmalariga quyidagilar kiradi: ENTER - kiritish tugmasi; ESCAP (ESC) - bekor qilish tugmasi; CTRL, ALT - maxsus boshqaruv tugmasi, u odatda boshqa tugmalar bilan birgalikda turli buyruqlarni bajarish uchun foydalaniladi. Caps Lock - klaviatura registrlari orasidagi uzoq vaqtli o’tkazishlarni boshqaradi. Num Lock - klaviatura alohida qismini raqamlar va strelkalar yordamida boshqaradi. SHIFT - tugmasi registrlar orasidagi qiska vaqtli o’tkazishlarni boshqaradi. Strelkalar tugmasi yordamida ham kursorni boshqarish mumkin. Tahrir qilish tugmalari: DELETE - kursorning o’ng tomonidagi belgilarni yo’qotish; Back Spase - kursorning chap tomonidagi belgilarni yo’qotish; INSERT - belgi joylashtirish; HOME - kursorni satr boshiga keltirish; END - kursorni satr oxiriga keltirish; PAGE UR - kursorni sahifaning yuqori qismiga keltirish; PAGE Down - kursorni sahifaning pastki qismiga keltirish. Klaviaturadagi F1 - F12 funksional tugmalar turli dasturlarda maxsus vazifalarni bajaradi. Masalan, F1 tugmasi ko’pgina dasturlarda bajarilayotgan ish xaqida yordam chaqiruvchi maxsus vazifani bajaradi. Klaviaturaning eng katta va keng qismi alfavit raqamli qismi bo’lib, tashqi ko’rinishdan u yozuv mashinkasini eslatadi. U matn va buyruqlar kiritish uchun ishlatiladi. u belgilarni yo’qotish; u belgilarni qo’yish; u noto’g’ri kiritilgan belgilarni tuzatish; u bo’sh satr qo’yish; u satr yo’qotish; u kichik matnlarni kiritish va tuzatish. 2. “Sichqoncha” - kompyuterga axborot kiritish qurilmasidir. Kompyuterga ulanuvchi simi bilan birgalikda xaqiqatdan ham “Sichqoncha”ni eslatuvchi bu kulrang qutichaning ikki yoki uch tugmasi mavjud. Bundan tashqari, uning ostiga zo’ldir - sharcha o’rnatilgan bo’lib, tekis yuza ustida “Sichqoncha”ning surilishi natijasida ana shu zo’ldir aylanadi, bu esa o’z navbatida ekrandagi kursorni harakatlantiradi. “Sichqoncha” bilan kursorni harakatlantirishdan tashqari, undagi tugmalar yordamida dastur ishini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Albatta, barcha dasturlar “sichqoncha” bilan ishlashga mo’ljallangan emas, ammo shunday dasturlar mavjudki, ularning ishini “Sichqoncha”siz boshqarish juda qiyin (masalan, tasvir muharrirlari bilan ishlaganda). “Sichqoncha” tugmasining soniga qarab, ikki va uch tugmalikka bo’linadi. Ikki tugmalilarda “Sichqoncha”ning o’ng tugmasi ENTER tugmasi vazifasini bajaradi, chap tugmasi esa Escare tugmacha vazifasini bajaradi. Uch tugmalilarda chetdagi o’ng va chap tugmalar xuddi ikki tugmalilardagi kabi vazifalarni bajaradi, o’rtasidagi esa odatda to’ldiruvchi ENTER tugmasiday ishlaydi. Saqlanayotgan matnga nom berilib (fayl nomi) «enter» klavishi bosiladi.. 3. TIZIMLI BLOK. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Tizimli plata; 2. Diskyurituvchi; 3. Qattiq disk (vinchestr); 4. Tok manbai bloki. Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi. IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi. Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda. Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element -tezkor xotira mikrosxemalaridir. Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan. Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki doimiy xotira (DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish mumkin emas. DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema. Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi. Tizimli platada yana boshqa ko’plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular to’g’risida ma’lumot kompyuter ishini chuqur o’rganishni hohlagan foydalanuvchi uchun muhim bo’lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: S.A. Aripov “Kompyuter savodxonligi” Abduqodirov A., Xaitov A., Shodiev R. Axborot texnologiyalari – T.: O’zbekiston, 2002 y. Aripov M. va boshqalar Informatika va informasion texnologiyalar. Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik T. 2005 y. F.I.Xaydarov va boshqalar. Kompyuter savodxonligi va internetni qo’llash. TDPU – 2011. Download 95.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling