Халқали чувалчанглар типи. Umumiy tavsifi va klassifikasiyasi


Tibbiyot zulugini anatomiyasi


Download 1.89 Mb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1606632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-МаърузаХалкали чувал

Tibbiyot zulugini anatomiyasi


1 – serebral nerv tuguni,
2 – halqum, 3 – jig’ildon,
4 – oshqozon, 5 – oshqozon-ning orqa o’simtasi, 6 – o’rta ichak, 7 – orqa ichak, 8 – anal teshigi, 9 – keyingi so’rg’ichi, 10 – qorin nerv zanjirining gangliyalari,
11 – metanefridiylar,
12 – siydik pufagi, 13 – urug’ xaltalari, 14 – urug’ yo’li,
15 – metanefridiylarning kiprikli voronkasi, 16 – qin,
17 – tuxum xaltasi tuxumdon bilan, 18 – urug’don o’simtasi,
19 – erkak ko’yikish organi (penis), 20 – urug’don bezi, 21 – yon lakuna.

Tibbiyot zulugi tanasining ko’ndalang kesimi.


1 – teri epiteliysi, 2 – halqasimon muskullar, 3 – diagonal muskullar, 4 – bo’ylama muskullar, 5 - orqa-qorin muskul tutamlari, 6 – yon lakunar kanallari, 7 – oshqozonning yon cho’ntakchasi, 8 – nefridii, 9 – urug’ pufagi, 10 – urug’ yo’li, 11 – qorin lakunalar kanali, 12 – oshqozon, 13 – lakunar kanal, 14 – siydik pufagi, 15 – botrioid to’qima (parenxima nerv zanjiri bilan) , 16 – yelka lakunar kanali.

Halqali chuvalchanglarning filogeniyasi

Halqali chuvalchanglarning filogeniyasi

Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi masalasi bo’yicha ancha keng tarqalgan fikrlarning biriga binoan, ular gavdasi segmentlarga bo’linmagan tuban taraqqiy etgan chuvalchanglardan rivojlangan. Tuban chuvalchanglarni ayrim guruhlarida masalan ba’zi turbellariya va nemertinalarda gavdaning bo’ylama o’qi atrofida ba’zi ichki organlarini metameriyalanish alomatlarini ko’rish mumkin. Shuningdek ichagi ko’p shoxchali turbellariyalarning myuller va nemertinalarning pilidiy lichinkalari halqalilarning troxofora lichinkasiga o’xshashdir. Shu bilan birga halqalilarni ancha yuqori taraqqiy etganligi ulardagi selom va yopiq qon aylanish sistemasining mavjudligidir.

Halqali chuvalchanglarning turli guruh va sinflari orasida ko’p qilli halqalilar markaziy guruhni egallaydi, chunki ulardan bir tomondan chuchuk suvda va quruqlikda yashovchi kam qilli halqalilar kelib chiqqan bo’lsa, bu chuvalchanglar o’z navbatida zuluklarni kelib chiqishi uchun asos bo’lgan. Dengizdan chuchuk suv muhitiga o’tishda metamorfozdan o’zgarishsiz rivojlanish usul namoyon bo’ladi. Zuluklarning yarim parazitlik va parazitlik bilan hayot kechirishga o’tishi jarayonida esa selom siqib chiqariladi va o’rnini parenxima egallaydi hamda yassi chuvalchanglarning birqator xususiyatlariga xos bo’lgan konvergent belgilar ham yuzaga keladi.

Polixetalarning kam qilli va boshqa sinf halqalilariga o’tish evolyusiyasi jarayonida segmentlar, parapodiylar va ichki metamer organlar tobora ixtisoslashib, ularning soni kamayib boradi. Shuningdek selom to’sig’i, metanefridiylar va selomoduktlarning oligomerizasiyasi (kamayishi) tufayli segmentlar geteronomligi rivojlanadi va ayrim ichki organlar qisqarib ketadi.

Etiboringiz uchun rahmat

Etiboringiz uchun rahmat


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling