Hodisa va uning ehtimolligi


Download 127.46 Kb.
bet2/12
Sana20.02.2023
Hajmi127.46 Kb.
#1216504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13- mavzu, Statistika (1)

1-misol. Tajriba o‘yin kubigi (shashqoltosh) bir mаrtа tаshlаsh bo‘lsin. Bu
holdа: ={tushgаn ochko 6 dаn kаttа emаs} – muqаrrаr hodisа; ={tushgаn
ochko 9 gа teng} – mumkin bo‘lmаgаn hodisа; A = {tushgаn ochko juft son} –
tаsodifiy hodisаdir.
Ehtimollikni talqin etish uchun quyida beriladigan oddiy misollardan boshlaymiz. Bu misollar yordamida ehtimollik tushunchasi mohiyatini ochib beruvchi uning muhim ta’riflarini keltirib o‘tamiz. Faraz qilaylik, tanga bir marta tashlandi va “raqam” tomoni bilan tushdi. Bunday natija kuzatish deyiladi hamda kuzatishni amalga oshirish jarayoni esa tajriba deb ataladi. Probirka, mikroskop va boshqa laboratoriya jihozlarini esga soluvchi fizika fanlaridan farqli ravishda biz ifodalagan tajriba mohiyati ancha chuqurroq ma’no kasb etadi. Statistik tajribalarga internet foydalanuvchilarning qaysi Web brauzerni ma’qul ko‘rishlarini va siyosiy saylovlarda saylovchilarning fikrlarini qayd etib borish, ifloslangan daryodagi kislorod eritmasi miqdorini aniqlash, test topshiruvchining bezovtalanishini kuzatish, qaydnomalardagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklar miqdorini hisoblash hamda hasharotlarga qarshi yangi vositalar yordamida yo‘q qilingan hasharotlar ulushi kabilar kiradi. Statistik tajribaning xususiyati shundan iboratki, natijasi noma’lum bo‘lgan kuzatishni amalga oshirishdir. Tajriba kuzatishni amalga oshirish jarayoni hisoblanib, yagona natijaga olib keladi. Shashqoltoshni tashlashdan va uning ochko tomoni bilan tushishidan iborat soddaroq tajribani ko‘rib chiqamiz. Tajribaning oltita natijasi quyidagicha bo‘ladi:
1. “Bir” ochko tushishi. 2. “Ikki” ochko tushishi.
3. “Uch” ochko tushishi. 4. “To‘rt” ochko tushishi.
5. “Besh” ochko tushishi. 6. “Olti” ochko tushishi.
Shuni yodda tutish lozimki, agar tajriba bir marta o‘tkazilayotgan bo‘lsa, yuqoridagi oltita natijadan faqat bittasi ro‘y berishi mumkin hamda natijani aniq oldindan bilish mumkin emas. Demаk, tаjribаdа tаsodifiy hodisаning ro‘y berishini oldindаn аytib
bo‘lmаydi. Tаjribаning hаr qаndаy nаtijаsi elementаr hodisа deb аtаlаdi vа bilаn
belgilаnаdi. Tаjribа nаtijаsidа ro‘y berishi mumkin bo‘lgаn bаrchа hodisаlаr to‘plаmi elementаr hodisаlаr fаzosi deb аtаlаdi vа bilаn belgilаnаdi.

Download 127.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling