Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
42
Yomg‘ir chuvalchanglari ustidagi tadqiqotlar, 1996-2022 yillar davomida Toshkent, Sirdaryo, 
Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Xorazm 
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlarining turli biotop tuproqlarida yil fasllari 
davomida olib borildi.
Tadqiqot natijalari. Hozirgi kunda yer yuzida yomg‘ir chuvalchanglarining 1500 dan ortiq 
turlari qayd etilgan bolib, O‘zbekistonda ularning 21 turi uchraydi [2, 7]. Bu tarqalgan barcha turlar 
Lumbricidae oilasiga mansub holda, 6 urug‘ (Aporrectodea, Eisenia, Eisenilla, Dendrobaena, 
Dendrodrilus, Octolasion) va 1 kenja urug‘ Perelia (Svetlovia) ga taqsimlanadi [4, 10]. Biz olib 
borgan izlanishlarimizga ko‘ra, ular ichidan Aporrectodea urug‘ vakillaridan 4 (Aporrectodea 
caliginosa trapezoides, Aporrectodea caliginosa caliginosa, Aporrectodea rosea, Aporrectodea 
jassyensis) turi O‘zbekistonning deyarli barcha hudud tuproqlarida uchrab, boshqa turlar ustidan 
dominantlik qilishi aniqlandi.
Aporrectodea urug‘i Orley, 1885 
Sinonim: Nicodrilus Bouche, 1972 emend. Perel, 1976; Vsevolodova-Perel, 1997. 
Nefridiylari ilmoqsimon yoki U- shaklda bo‘lib, bukilgan qismi asosan keyingi tomonida 
joylashgan. Tuklari o‘zaro yaqin o‘rnashgan. Teri ranglari qo‘ng‘ir, qirmizi yoki rangsiz bo‘lishi 
mumkin. Erkaklik jinsiy teshigi 15 nchi halqada bo‘ladi. Urug‘ qabul qilgichlari cd tuklar yo‘nalishi 
orqali tashqariga ochiladi. Urug‘donlari va urug‘ yo‘llari erkin holatda. Urug‘ xaltalari 4 juft, ba’zan 
2 yoki 3 juft bo‘ladi. Urug‘ qabul qilgichlari ikki juft yoki undan ortiq bo‘lib, 10 va 11 – nchi halqalar 
oralig‘idagi dissepimentlar bilan o‘zaro bog‘langan. Muskul to‘qimasi patsimon yoki bog‘lam 
shaklda bo‘lishi mumkin. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling