Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet274/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

3248-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, apellatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida;
2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;
3) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to‘g‘risida;
4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya ish yuritishini tugatish to‘g‘risida.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
3249-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasini yuborish (topshirish)
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasi o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga o‘z so‘roviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki yuboriladi.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.
(XXIV1 bobning 1-paragrafi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling