Hujjatlarning ekspertizasi


Aniqlik bo‘yicha o‘lchash vositalarini tanlashning to‘g‘riligini baholash


Download 1.11 Mb.
bet33/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.3. Aniqlik bo‘yicha o‘lchash vositalarini tanlashning to‘g‘riligini baholash
O‘lchash vositalarini tanlashning to‘g‘riligini baholash metrologik ekspertizaning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotlarning parametrlari, texnologik jarayonlarning rejimlarini nazorat qilish uchun o‘lchash vositalarini tanlashda ularning metrologik, ekspluatatsion va iqtisodiy ko‘rsatkichlari jamlanmasini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bunda, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘lchash vositasining aniqligi nazorat qilinadigan parametrlar va rejimlarning yo‘l qo‘yiladigan eng chekka qiymatlarining talablariga mos kelishi lozim (tanlangan o‘lchash vositasi yordamida olinadigan o‘lchashlar natijalarining xatoligi nazorat qilinadigan parametrga beriladigan yo‘l qo‘yilishdan anchagina kichik bo‘lishi lozim). O‘lchash vositasining etarlicha bo‘lmagan aniqligi nazorat qilishda soxta va aniqlanmagan yaroqsizlikka, aniqlikning oshiqchaligi esa – nazorat qilish operatsiyalarining mehnat sig‘imi va narxining ortishiga, shundan kelib chiqqan holda, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarning ortishiga olib keladi.
O‘lchash vositasini tanlash shuningdek nazorat qilishning tashkiliy-texnik shakllari, ishlab chiqarish ko‘lamlari, mahsulotning konstruksiyasi, nazorat qilinadigan parametrlarning soni va hokazolarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Boshdan-oyoq nazorat qilishga chiqish parametrlari va mahsulotning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini belgilaydigan funksional parametrlar bo‘yicha mahsulotning detallari, qismlari va yig‘ish birliklari tortiladi. Selektiv yig‘ish uslubi bilan yig‘iladigan detallar ham boshdan-oyoq nazorat qilishga va guruhlarga ajratishga tortiladi.
Barqaror texnologik jarayonda tanlanma nazoratni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tayyor mahsulotlarni qabul qilish uchun (qabul qilish nazorati) ko‘pincha tanlanma nazoratning statistik uslublaridan foydalaniladi.
Individual va kichik seriyali ishlab chiqarishda mahsulotning nomenklaturasi tez-tez o‘zgarib turadi, sifat ishchilarning malakasiga bog‘liq bo‘ladi va shu sababli bu erda operatsion nazorat, mos keluvchi universal o‘lchash vositalari va yuqori malakali nazoratchilar zarur bo‘ladi. Individual ishlab chiqarishda, qoidaga ko‘ra, maxsus nazorat qilish uskunalari loyihalanmaydi, bu faqatgina iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiqlik bilan emas, balki mahsulotni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishning qisqa muddatlari bilan ham izohlanadi.
Seriyali ishlab chiqarishda mahsulotlarning nomenklaturasi uzoq muddat davomida o‘zgarmaydi, sifat operatsion texnologiya bo‘yicha sinovlardan o‘tgan ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar va jihozlarni qo‘llash bilan ta’minlanadi, shu sababli operatsion nazorat texnologik jarayonning aniqligini baholashga qaratiladi. Mahsulotlarni nazorat qilish mahsulotlar to‘liq tayyor bo‘lgandan keyin universal o‘lchash vositalari, kalibrlar va shablonlar, standart namunalar yordamida amalga oshiriladi.
Yuzalarning o‘zaro joylashuvini nazorat qilishda (o‘qlarning mos kelishidan chetlashishlar, yuzalarning radial va yon tomonlama urilishlari va hokazolar) bazaviy yuzaning shaklining o‘lchashlar xatoligtga ta’sirini hisobga olish zarur bo‘ladi.
O‘lchash vositasini tanlash o‘lchashlarning talab qilinadigan aniqligini o‘lchashlarning yo‘l qo‘yiladigan eng chekka xatoliklarini ta’minlashdan tashqari, nazorat qilishning minimal narxini ham ta’minlashi lozim, bunga qo‘l ostida mavjud bo‘lgan bir xil aniqlikdagi o‘lchash vositalaridan ko‘proq unumdor bo‘lganini tanlash yo‘li bilan erishiladi. Tanlangan o‘lchash vositalarini normal yoki ishchi sharoitlarda qo‘llash lozim bo‘ladi.
Chiziqli - burchakli o‘lchashlarni bajarishda Davlatlararo standart ГОСТ 8.050 bo‘yicha normal shart-sharoitlarga rioya qilish lozim bo‘ladi.
Tayyorlama va qoralama operatsiyalar uchun o‘lchash vositalarini tanlash o‘lchashlarning xatoliklari bilan bog‘lanadigan pripusklarning (yo‘l qo‘yiladigan oraliqlarning) qisqarishi (yoki ortishi) mumkinligining keyingi ishlov berishlarga ta’sirini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.
Uning eng chekka yo‘l qo‘yiladigan xatoligini hisobga olish bilan o‘lchash vositasini tanlash yo‘li bilan talab qilinadigan aniqlikni ta’minlashning iloji bo‘lmagan hollarda o‘lchash vositasini individual attestatsiyadan o‘tkazish uslubi qo‘llaniladi, ya’ni namunaviy o‘lchash vositasining xatoligiga tuzatmalarni hisobga olish bilan o‘lchash vositasining konkret nusxasining xatoligi aniqlanadi, chunki o‘lchash vositasining konkret nusxasining (soz holatda bo‘lgan va qiyoslashdan o‘tgan) xatoligi har doim o‘lchash vositalarining berilgan tipi uchun me’yoriy-texnik hujjatlarda reglamentlangan eng chekka yo‘l qo‘yiladigan xatolikdan kichik bo‘ladi.
Mahsulotlarning parametrlarini nazorat qilish uchun, nazorat qilishning ishonchlilik talablarini hisobga olish bilan, aniqlik bo‘yicha o‘lchash vositasini texnik asoslangan holda tanlash quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlar bor bo‘lganda amalga oshiriladi.

  • mahsulotlarning nazorat qilinadigan parametrlarining ro‘yxati (optimal);

  • har bir nazorat qilinadigan parametr uchun yo‘l qo‘yiladigan chetlashishlarning qiymatlari;

  • nazorat qilinadigan parametrlarning har biriga yoki teng qiymatli parametrlar guruhiga soxta va aniqlanmagan ishdan chiqishlar (nazorat qilishdagi yaroqsizlik) ehtimolliklarining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari;

  • mahsulotlarning butun jamlanmasi uchun nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishlarining taqsimlanish qonunlari va parametrlarni nazorat qilish uchun o‘lchash vositalaridan foydalanishda vujudga keladigan o‘lchashlar xatoliklarining taqsimlanish qonunlari;

  • o‘lchash shart-sharoitlari: mexanik yuklamalar (vibratsiya, zarbalar, chiziqli tezlanishlar), iqlimning ta’siri (harorat, namlik, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi), o‘lchash vositalari yoki ularning elementlari unda ekspluatatsiya qilinadigan faol emiruvchi muhitning bor-yo‘qligi (tajovuzkor gazlar va suyuqliklar, yuqori harorat, yuqori kuchlanish, zamburug‘lar), elektr va magnit maydonlari (xalaqit beruvchilar).

Boshlang‘ich ma’lumotlar va chegaralaydigan tavsiflarga (massa, gabarit o‘lchamlar, tezkor harakat qilish va hokazolar) asosan tanlanadigan o‘lchash vositasiga qo‘yiladigan ularni qanoatlantirishi lozim bo‘ladigan talablar aniqlangandan keyin o‘lchash vositasining aniqligi (asosiy va qo‘shimcha xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarining chegaralari) hisoblanadi.
O‘lchash vositasini tanlash o‘lchashlar natijalarining yig‘indi xatoligining yo‘l qo‘yiladigan (talab qilinadigan) qiymatini hisoblashdan boshlanadi: = , bu yerda - nazorat qilinadigan parametrning yo‘l qo‘yiladigan chetlashishi, R – o‘lchashlarning yig‘indi xatoligi bilan nazorat qilinadigan parametrning yo‘l qo‘yiladigan chetlashishlari o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan o‘zaro nisbat, u Rsoxta soxta va Raniqlanmagan aniqlanmagan ishdan chiqishlar (nazorat qilishdagi yaroqsizlik) ehtimolining berilgan yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari, nazorat qilinadigan parametrning berilgan yo‘l qo‘yiladigan chetlashishining qiymati va nazorat qilinadigan parametrning σtex berilgan o‘rtacha kvadratik chetlashishining qiymati bo‘yicha, nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishlarining taqsimlanish qonunlari va o‘lchashlar xatoliklarining taqsimlanish qonunlarini hisobga olish bilan nomogramma bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi.
Agar soxta va aniqlanmagan ishdan chiqishlar ehtimolliklarining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari teng qiymatli parametrlar guruhiga berilgan bo‘lsa (Rsoxta Σ va Raniqlanmagan Σ), u holda bu ehtimolliklarning bitta parametr uchun yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarini (Rsoxta i va Raniqlanmagan i) quyidagi munosabatlar orqali hisoblash mumkin:
Rsoxta i = 1 –
Raniqlanmagan i = 1 –
Bunda n – guruhdagi ularga Rsoxta Σ va Raniqlanmagan Σ berilgan parametrlarning soni. R ni hisoblash nazorat qilinadigan parametrning yo‘l qo‘yiladigan chetlashishining hisoblashning bir nechta variantlarini belgilaydigan berilish turiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling